1.4.3. Sportning o‘yin turlarida muvaffaqiyatli zamonaviy
murabbiyning qisqacha tavsifi
Agar murabbiylarni mansab nuqtai nazaridan emas, balki mavjud
voqelikka e’tibor bergan holda qarasak, unda bir qator xususiyatlarni
eslatish lozim.
Odatda barcha muvaffaqiyatli murabbiylar – aqlli va yuqori bilimli
bo‘ladilar. Biroq, hamma narsani bilishni ta’kidlovchi (eng kamida kasbi
bo‘yicha) ayrim murabbiylar mavjud bo‘lib, ular siyosiy bilimlarga
yetarlicha ega bo‘lishmaydi.
Aksariyat murabbiylarda ishga, yangilikka va ixtirochilikka ijodiy
yondashuv yuqori bo‘lib, ular mashhur kishilar ta’siriga tushushmaydi.
Bu borada murabbiylarning yuqori darajaga da’vogarliklarini, shaxsini
tanitishga intilishlari va o‘zlariga yuqori baho berishlarini ham ta’kidlash
mumkin.
Dastlabki qarashda murabbiylarning yuqori darajaga intilishlarining
hech qanday salbiy jihati yo‘q, ular murabbiyning shaxsiy va kasbiy
o‘sishiga yordam beradi. Biroq, o‘z-o‘zini yuqori baholash haqiqatda o‘z
faoliyatidan kutilayotgan natijani murabbiyning da’vogarlik darajasiga
mos kelmay qolish holatlari shaxsni tushkunlik girdobida qoldirishi
mumkun.
Bunday o‘z-o‘zini yuqori baholashlar, murabbiyning o‘z kuchiga
ishonchini oshirsa-da, uning shaxsiga ko‘proq zarar keltiradi. U
muvaffaqiyatsizliklarda o‘zini emas, boshqa har qanday kishini ayblaydi.
36
Harakatlar va mulohazalarning o‘zaro mos emasligi, qadriyatlarning
xayoliyligi murabbiy shaxsiga, balki uning kasbiy jihatlariga ham ta’sir
ko‘rsatadi. Natijada murabbiyning yetuk emasligi oldindan ma’lum
bo‘lib qoladi.
O‘ylamay qilingan qiyosiy baholash asosida shakllangan xulq-atvor
modeli ham samarasiz bo‘lib, u “men sendan ko‘ra yaxshiroqman,
chunki mening jamoam g‘alaba qozonadi”, degan soxta formulada
ifodalanadi. Bu formula kuchli jamoalar murabbiylarining quyi
darajadagi jamoalar murabbiylariga mensimasdan va mag‘rurona bo‘lgan
munosabatlarini aks ettiradi. Buning uchun yetarli asoslar yo‘q, bolalar
jamoasi murabbiylarining ko‘pchiligi sport ustalari bo‘lib, ular ayrim
jamoalar murabbiylaridan ko‘ra yuksakroq mahoratga egadirlar.
Feliks Lebed o‘zining “o‘yin formulasi” asarida murabbiylar
shaxsiga tegishli o‘zlari anglamagan yana ikkita muhim xususiyat
borligini ta’kidlagan.
1. Ko‘p yillik tajribaga ega, yoshi ulug‘ murabbiylar xarakterida
yorqin ifodalanuvchi raqobatchilik belgilari: raqobat, musobaqalashish,
turmushning barcha sohalarida birinchilikka, muvaffaqiyatga, g‘alabaga
intilish kabilar xos. Ular uchun g‘alaba, birinchilik o‘z-o‘zini tasdiqlash
va o‘z-o‘zini baholash usulidir.
2.
Har
bir
murabbiy
va
o‘yinchilar beriluvchanlik va
tavakkalchilikka yo‘l qo‘yadi. Ular o‘yinga borini tikadilar. Yutuq, omad
chopishi va muvaffaqiyatni ular tavakkal va mahorat uchun berilgan
arzirli mukofot sifatida qabul qiladilar.
Murabbiylarning o‘z-o‘zlarini ko‘rsatishga, ko‘z-ko‘z qilishga
intilishlarini bir chetga surib qo‘yamiz va “bu yaxshimi?”, degan savolga
javob topishga kirishamiz.
Shubhasiz, ishda yuqori natijalarga erishishga kuchli kirishish
g‘alabaga o‘ta intilish “kasalligi”, ishga telbalarcha o‘zini bag‘ishlash va
kasbiy muvaffaqiyat uchun o‘zini qurbon qilishni talab qiladi.
Rahbariyat
murabbiydan
faqat
g‘alabani
kutganligi
sababli
o‘rganilayotgan sifatlar ijobiy deb tan olinishi mumkin. Biroq, ko‘pincha
insonlarni muvaffaqiyatning bahosi qiziqtiradi.
Agarda muvaffaqiyatga
erishish maqsadida o‘yinchilar bilan hamkorlik, har ikkala tomonlama
raqobatga aylansa, bu muvaffaqiyat vaqtinchalik bo‘ladi. Odamlar bilan
munosabatlardagi uyg‘unlik birinchilikka tinimsiz intilish, tengsizlikka,
ustunlikka, boshqalar ustidan g‘alabaga intilish har doim ham amalga
oshavermaydi. Ma’lumki, qadimgi Gretsiyadagi Olimpiya o‘yinlari o‘z
vaqtida, xudolarni sharaflovchi asosiy diniy bayram bo‘lgan. Olimp
37
xudolari – o‘z mohiyatiga ko‘ra, odamning ayrim sifatlari cheksiz
rivojlanishi ideali, uning o‘lmas ishtiyoqlari natijasi sifatida qaralgan.
Qanday bo‘lmasin, birinchilikka intilish qadriyatlar tizimidan tug‘iladi, u
g‘alabaga erishgan odamning jamiyatda mavjudlik usullari va hayotiy
muammolarni hal etish to‘g‘risidagi tasavvurlari bilan belgilanadi.
Mohiyatan qaraganda, qadimgidan farqli o‘laroq jamiyatimizdagi
model oddiyroq: odamlarda muammo paydo bo‘lsa, qahramon paydo
bo‘ladi. Qahramonga shon-sharaflar yog‘diriladi, hurmat va imtiyozlar
ko‘rsatiladi! Boshqalarni yengish uchun kuchli bo‘lish kerak. Biroq
g‘oliblarni doimiy izlash jarayoni doimo qarama-qarshilik va raqobat
sharoitlarida bo‘lib o‘tadi, bu ko‘pincha o‘zaro kurashadigan sportchilar
shaxsining buzilishiga olib keladi. Bu haqda Naum Korjavin “Uning
falokati g‘alaba edi – undan keyin esa bo‘m-bo‘shlik”, deb yozgan edi.
Kuchli emas, balki aqlli bo‘lish, barcha hayotiy muammolarni yecha
olish, uyg‘unlik dunyoning barqarorligini oshirar? Muammoning
yechimi faqat raqobatchilik maydonida emas, balki hamkorlik doirasida
ham bo‘lishi mumkin.
Gumanistik an’analarga ko‘ra eng muhim jihat o‘z-o‘zini
rivojlantirish, hamkorlik doirasida odamlarning bir-biri bilan kelishuvi
va o‘zaro yordami hisobidan olam uyg‘unligini oshirish, hayotning
mazmuni va baxtga erishishdir, bu esa, oxir-oqibatda, insonlarning
yashovchanligini belgilaydi. Ortiqcha raqobat odamlarni ajratuvchi,
dunyoviy aloqadorlik uyg‘unligini buzuvchi va ularning tizimliligini
pasaytiruvchi, salbiy omil deb baholanadi. Munosabatlar uyg‘unligi kasb
yoki arzigulik mashg‘ulot sifatida har qanday bahoda bo‘lsa ham
birinchilikka manmanlarcha intilishni taqozo etmaydi.
Axloq qoidalariga asoslanuvchi gumanistik an’analar nuqtai
nazaridan qaraganda yuqori natijalar o‘tmishning qadimiy an’anasi,
odamlarni, ularni ixtisoslashtirishi hisobidan ham, o‘ziga xos yemiruvchi
omil deb hisoblanadi. Jismoniy madaniyat haqida bunday fikr bildirib
bo‘lmaydi, bunda uyg‘unlik tamoyiliga: jismoniy madaniyat inson
uchun, odam jismoniy madaniyat uchun emas degan qoidaga amal
qilinadi.
Sportning “o‘ziga xos
odatlashtirilgan kurash shakli” sifatidagi
ijobiy ta’sirini ta’kidlab, K.Loreni shunday yozgan: “Genetik
beriluvchanlik asosida paydo bo‘lgan musobaqa janglariga o‘xshab, u
turlar uchun zarur bo‘lgan funksiyalarga tegmagan holda, jamiyat uchun
zararli ta’sirlarni bartaraf etadi. Bundan tashqari, ushbu madaniy
“marosim”ga o‘xshash kurash shakli o‘ta muhim vazifani: odamlar ongli
38
va mas’uliyatli holda kurashga bo‘lgan instintktiv harakatlarini
boshqarishni o‘rgatadi
.
Sport nafaqat ko‘proq individual va egoistik
ko‘rinishlardagi zo‘ravonlik uchun yo‘l ochadi, balki uning ancha
tabaqalashgan shakllarida o‘zini to‘liq tushunishga imkon beradi”.
Boshqa
tomondan,
sportchilarni
kasbiylashuvi
kuchayib,
ixtisoslashayotgani, bu esa ularning shaxsini u yoki bu darajada
o‘zgartirayotganini hisobga olish zarur. E’tiqodlarimizni o‘zgartirmaslik
uchun, shuni ham bilib qo‘yishimiz lozimki, ba’zida jinoiy guruh ham
sobiq sportchilar tomonidan tuziladi.
Mavjud voqelikda yuqori toifali jamoalar murabbiylarida – yuqori
darajaga ega bo‘lgan o‘yinchilarni samarali tayyorlash jarayonini
belgilovchi shaxsiy va kasbiy sifatlarning modellariga mos keluvchi
natijalar emas, balki rasmiyatchilik tizim qonunlari va qandaydir
holatlarda, bozor talablari bo‘yicha saralash
nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |