Murabbiyning
kommunikativlik
(muloqotga
kirishish)
qobiliyati.
Bu muloqot qila olish qobiliyatidir. Muloqotga kirishish –
insonning eng asosiy ehtiyojlaridan biri bo‘lib, shaxs shakllanishining
ko‘plab tomonlari uning qanday qondirilishiga bog‘liq.
Murabbiyning muloqotga kirishish qobiliyati jamoada qulay muhit
yaratishga, qo‘l ostidagilari, hamkasblari, shogirdlari va yuqori
tashkilotlar bilan samarali munosabatlar o‘rnatishga imkon yaratadi.
Muloqot san’atining eng muhim omili, ayniqsa, muhokamali
vaziyatlarda suhbatdoshni eshita olishdir. Muloqot ikki va ko‘p
tomonlama jarayondir. Murabbiyning bir tomonlama so‘zlashlari
muloqotga o‘xshamaydi. Muloqotdagi barcha tomonlar o‘z fikrini ayta
olishi, hech bir salbiy oqibatlarsiz muammolar yoki hodisalarni
muhokama qilishda erkin qatnasha olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |