O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Murabbiy  shaxsining  yetukligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Murabbiy  shaxsining  yetukligi
.  Har  qanday  odamning  yetukligi 
uning  eng  muhim  psixologik  xarakteristikasi  hisoblanadi.  Psixologik 
yetuklik  ushbu  holatda  shaxsning  barcha  jihatlari  yuqori  darajada 
rivojlanganligi,  ularning  uyg‘un  tarzda  birlashganligi  bilan  belgilanadi. 
Jumladan, xarakterdagi ijobiy belgilar: axloqiy mavjudlik, sog‘lom xulq-
atvorning mavjudligi, insonparvarlik yo‘nalishidagi qadriyatli maqsadlar 
hamda  unga  mos  ravishda  o‘zini  tutish,  hayotdan  qoniqish  sezish  va 
boshqalar bilan belgilanadi. 
Shaxsning  psixologik  yetuk  emasligi  insonning  psixologik  yoshi 
biologik  yoshidan  ortda  qolganligini  bildiradi.  Yetuklik  ta’rifining 
rivojlanib  borish  nuqtai  nazaridan  qaralganda,  odamning  shaxsiy  salbiy 
tomonlari  ham  ko‘rinadi.  Masalan,  axloqsizligi  yoki  boshqa  bir  qator 
kamchiliklari  bilan  insonni  to‘la  yetuk  deb  hisoblash  mumkin  emas. 
Shaxsning  psixologik  yetukligi  kamchiliklardan  holi  bo‘lishni  nazarda 
tutadi,  ular  asosan  oila  va  ta’lim  muassasalarida  tarbiyalashning 
ma’muriy  usullari  ustun bo‘lishi  natijasida  yuzaga  keladi.  Kamchiliklar 
yo‘qligining  birinchi  belgilari  sifatida  ichki  erkinlik  (shu  jumladan, 
obro‘-e’tibor  ta’siridan),  boshqalarning  kamchiliklariga  chidamlilik, 
yaxshi  niyatlilik,  xafa  bo‘lmaslik,  hurmat  va  shuhratga  xayrixohlik 
kabilarni ko‘rsatish mumkin. 
Shaxsning  ijobiy  sifatlari  ijodiy  mehnat  jarayonidagi  pedagogik 
hamkorlik  va  har  bir  inson  uchun  muhim  bo‘lgan  dilemma:  “bo‘lmoq 
yoki  bo‘lmaslik”,  “ega  bo‘lmoq  yoki  bo‘lmaslik”  iboralarida,  bo‘lmoq 
foydasiga  masalani  hal  etish  jarayonida  shakllanadi.  Bo‘lmoq,  ya’ni 
insonga  tabiatdan  berilgan  salohiyatning  ro‘yobga  chiqarilishi,  tashqi 
sharoitlar hisobidan amal va boylik to‘plashga intilmaslikdir. 


26 
O‘z  salohiyatini  amalga  oshirish  imkoniyatining  muhim  sharti 
murabbiy 
shaxsining 
mahsuldorligi 
yetakchi 
sifatida 
bo‘lishi 
hisoblanadi.  Ichki  nazorat  darajasida  (“hammasi  faqat  menga  bog‘liq” 
deb  bilish)  o‘z  kuchi,  tabiiy  salohiyatini  ro‘yobga  chiqarish  vositasida 
sermahsul  faoliyatga  yo‘nalish  yuqori  kasbiy  natijalarga  erishishga 
yordam beradi. 
Maqsadning  boshqa  tiplari  shaxsdagi  o‘zgarishlar  bo‘lib,  tarbiya 
jarayonida uning eng maqbul shakllanish sharoitlari bilan bog‘liqdir. 
E.Fromm  inson  xarakteridagi  maqsadlarning  mahsulsiz  tiplariga 
bozor,  hukmronlik,  andozaviylik  va  jamg‘aruvchilik  masalalarini 
kiritadi. 
Shaxsning  mahsuldor  maqsadlariga  misol  sifatida  sevgi  va  bilim 
kabilarni keltirish mumkin. 
E.Fromm  fikricha,  sevgi  –  bu  odamlarga  va  o‘ziga  nisbatan 
mahsuldor  munosabatdir.  Bilishda  mahsuldorlikning  muhim  belgisi 
insonning  nima  haqiqiyligi,  nima  haqiqiy  emasligi,  nimalar  aynanligi 
masalalarini hal etish mas’uliyatini zimmasiga yuklashdir. U o‘zi uchun 
olam manzarasini yaratishga intiladi, unda bu holat mustaqil harakat kabi 
tushunarli  kechadi.  O‘rganiladigan  faktlar,  hodisalar,  nazariyalar  qat’iy, 
o‘zaro bog‘liq holatda o‘z joylarini egallaydi, mavjud olamni aks ettiradi. 
Bilimlarning bunday tizimidan samarali foydalanish lozim, ma’lumotlar 
qandaydir majmua sifatida va hodisalarni “yana bitta dalil” sifatida qabul 
qilmasligi kerak. 
Mahsulsiz  maqsadlar  sifatida  avtoritar  tarbiya  tizimida  uchrab 
turadigan,  murabbiy  shaxsining  hukmronlik  yoki  ekspluatatorlik 
maqsadlarini  ko‘rish  mumkin.  Hukmronlik  tipidagi  maqsadli  odam 
“yuqori”  kuchlarga  bo‘ysunish  va  bo‘ysunuvchilar  foydalanish 
zaruriyatidan kelib chiqadi, buni muvaffaqiyatga erishishning, xavfsizlik 
va barcha ezguliklarning yagona ishonchli yo‘li deb hisoblaydi. 
Kuch  va  qobiliyati  tufayli  o‘z  faoliyatini  amalga  oshiradigan 
mahsuldor maqsaddan farqli ravishda, shaxsning foydalanish maqsadida 
hayotiy vazifalar kuch va hukmronlik vositasida hal etiladi. 
Insonning  hukmronligi  uning  qobiliyatidan  ustunlik  qilib,  ishdan 
chiqaradi, boshqa odamlar ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. 
Sevgida  hukmronlik  maqsadi  mulkdorchilik  bilan  qorishib  ketadi. 
Sevgi 
obyektini 
o‘ziga  bo‘ysundirishga  intilish,  bo‘ysunishga 
majburlash,  qaram  qilib  olish  yuz  beradi.  Bo‘ysundirishga  intilish, 
atrofdagilarni  nazorat  qilish  shakli  sifatida,  hukmronlik  maqsadli  inson 
shaxsida vaqtincha xavfsizlik hissini uyg‘otadi. 


27 
Bilishda  bu  xildagi  maqsad  mashhur  kishilarga  ta’zim  qilishga, 
bilimga,  ular  mashhur  kishilar  tomonidan  qanchalik  yaratilganligiga 
qarab  hurmat  bildirishga  olib  keladi.  Bunday  yondashuvda  bilimlarning 
haqiqiyligi  ularning  mashhurlar  doirasida  tan  olinishi  bilan  o‘lchanadi. 
Ushbu  usulda  haqiqatning  aniqlanishi  shubhali,  chunki  mashhur 
konsepsiyalar, farazlar, faktlar bir-birini inkor etadi. Mashhur kishilardan 
haqiqatni  izlash,  ularning  fikrlarini  kelishtirishga  urinish  boshi  berk 
ko‘chaga yetaklaydi. 
Shaxs yetukligi belgilariga murabbiyning kuchi, e’tiqodi, o‘z nuqtai 
nazarini  himoya  qila  olishi  ham  kiradi,  murabbiy  turli  darajadagi 
boshliqlar  manfaatlari  o‘rtasida  arosatda  qolmasligi  va  amalga  erishish 
uchun ustuvor yo‘nalishlar yo‘liga og‘masligi kerak. 
Tez-tez  e’tiqodini  o‘zgartirib  turuvchi  shaxsni  yetuk  inson  deb 
hisoblab  bo‘lmaydi.  lekin  o‘zi  uchun  barcha  masalalarni  darhol  va 
tamomila hal etish ham g‘o‘rlik va nomuvofiqlik belgisidir. 
Insonning  yoshi  ulg‘ayishi  va  ma’naviy  rivojlanishi  vaqt  o‘tishi 
bilan,  olamni  anglash,  shaxs  qadriyatlari  o‘zgarib  boradi  va  bu  tabiiy 
jarayondir. Shaxsiy foyda va amal yo‘lida axloqiy qonunlar buzilmasligi 
juda muhim. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish