O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Murabbiyning gnostik (bilish) qobiliyati



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Murabbiyning gnostik (bilish) qobiliyati.
 “Nimaki rivojlanmasa, u 
yo‘qoladi”,  degan  ibratli  iboraning  haqqoniyligini  hayot  ko‘rsatadi.  Har 
qanday  mutaxassisning  rivojlanishida,  birinchi  navbatda,  bilish  yordam 
beradi. Bilmaydigan va izlanmaydigan murabbiy asta-sekin obro‘sizlanib 
boradi. Bilish va izlanish – bu maxsus va badiiy adabiyotni o‘qish degani 
emas.  Qobiliyatli  murabbiyga  hayotning  o‘zi  ko‘p  narsalar  o‘rgatishi 
mumkin.  Biroq  tajriba  ham,  ko‘pincha,  hech  narsaga  o‘rgatmaydi,  u 
kasbiy  o‘sish  uchun  yetarli  emas,  adabiyotlarni  o‘qishning  o‘zi  ham 
kamlik  qiladi.  Idealdagi  murabbiy  tadqiqotchi  bo‘lishi  lozim. 
Murabbiylik  faoliyati  davomida  tadqiqotchilik  yondashuvi  namoyon 
bo‘lishi kerak.  Yuz  berayotgan  voqeaning  mohiyatiga  etish  uchun  nima 
bo‘ladi  va  nima  bo‘lishi  mumkin,  nima  bo‘lmasligi  va  uning  sababini 
tushuna  olish  muhimdir.  Chunki  busiz  o‘yinchilar  mahoratini 
o‘stirishning samarali yo‘llarini tanlash qiyin. 
Bilish  jarayoni  samarali  bo‘lishi,  shu  jumladan,  kasbiy  o‘sishga 
yordam  berishi  uchun  murabbiyga  bilishning  ishonchli  yo‘nalishini  va 


21 
ko‘rilgan,  o‘qilgan  yoki  yaratilgan  obyektning  haqiqiyligini  baholash 
imkonini  beruvchi  ishonchli  metodologik  asos  zarur.  Bilish  va  har 
qanday  kasbiy  vazifani  hal  etish  yo‘llarini  izlashda  haqiqiy  ilmiy 
yondashuv kerak bo‘ladi. 
Murabbiy  uchun  bilishda  borliq  tushunchasi  bo‘yicha  mahsulli 
yondashuv  zarur  bo‘lib,  u  oddiy  faktlar,  fikrlar,  farazlar,  nazariyalarni 
jamlashni  emas,  balki  ularni  tanqidiy  tahlil  qilish  va  keyinchalik  eng 
yaxshilarini o‘zaro bog‘liq butunlik sifatida sintezlash, olam manzarasini 
tuzishga  intilish,  unda  berilgan  faktlar  va  nazariyalar  o‘zlarining 
“qonuniy” joylarini egallashi nazarda tutiladi. Olinadigan bilimlarni  o‘z 
faoliyati va hayotida mazmunli hamda samarali foydalanishda, “Qanday 
bo‘lish  kerak?”  degan  asosiy  savolga  javob  topishda  faqat  shunday 
yondashuv qo‘l keladi. 
Murabbiyga  uning  tarbiyalanuvchilari  ko‘p  narsalarni  o‘rgatishlari 
mumkin.  Buning  uchun  faqat  o‘rganish  qobiliyatiga  ega  bo‘lish  lozim. 
Oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  barcha  hayot  universitetlarida  foydali 
hisoblanadigan  kuzatuvchanlik,  e’tiborlilik,  “emotsional  xatoliklarni” 
hisobga olgan holda oqilona tahlil, ishni yaxshi bajarish usullarini izlash 
kabi  yaxshi  sifatlarni  egallash  zarur.  Faqat  shundagina  murabbiyning 
kasbiy  mahoratini  muntazam  o‘stirish  va  faoliyatida  yuqori  natijalarga 
erishilishni ta’minlash mumkin. 
Psixologik-terapevtik  qobiliyat  murabbiy  kasbiy  mahoratining  juda 
muhim  qismidir.  Bunda  murabbiyning  jamoada  psixolog  funksiyasini 
bajarish  qobiliyati  nazarda  tutiladi.  Hayotda  har  bir  ishlovchi  murabbiy 
pedagog  darajasida  bo‘lgani  kabi  psixolog  ham  bo‘lishi  zarur. 
Psixologiya asoslarini bilmasdan, tarbiyalanuvchilar shaxsi va jamoaning 
psixologik  xususiyatlarini  aniqlamasdan,  bilimlardan  foydalanmasdan 
turib  samarali  o‘qitish  va  tarbiyalashning  imkoni  yo‘q,  ularni  bilmagan 
holda natijalarni yuqori darajada ko‘rsatish qiyin bo‘ladi. 
Murabbiyning  kasbiy  mahoratidagi  ushbu  qobiliyatlar  psixolog 
shtati  bo‘lmagan  ish  sharoitlarida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Uning 
amalga  oshirilishi  murabbiyning  turli  vazifalarni  bajarishda  psixologiya 
yutuqlaridan faoydalana olishini, ya’ni psixologiya fani nuqtai nazaridan 
ham mahorat bilan harakat qila olishini nazarda tutadi. 
Barcha  tarbiyaviy  vazifalar  o‘yinchilar  e’tiborini,  o‘yinchilar  va 
jamoaning  shaxsiy  tuzilishi  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  hal 
etilishi  lozim.  Yaxshi  murabbiyda  pedagogik  yondashuvlar,  tarbiya 
vositalari  va  usullarini  tanlashdagi  farqlar  tarbiyalanuvchilarning 


22 
psixologik  fe’l-atvori  bilan  aniqlanadi.  Bunda  murabbiy  ularning  eng 
yaxshilarini biriktirgan nozik psixolog ham bo‘lishi zarur. 
Murabbiyning  psixologik-terapevtik  qobiliyatlari  ko‘p  jihatdan 
uning  kasbiy  faoliyati  natijalarini  belgilaydi,  chunki  sportdagi  raqobat 
tobora ko‘proq psixologik qarama-qarshiliklar sohasiga ko‘chmoqda. Bu 
o‘yinchilar  holatini,  o‘yinga  jangovar  holda  kirishish  kayfiyatiga 
moslashishini  talab  etadi.  Bu  borada  murabbiy  sportchilarga  zaruriy 
yordam ko‘rsatishi kerak. 
Psixologik  muammolar  samarali  hal  etilgan  sport  jamoalari, 
o‘zlariga teng toifadagilarga nisbatan o‘yin va musobaqalarda ustunlikka 
ega bo‘ladilar. Ular ko‘pincha yuqori safarbarlik darajasi, iroda va o‘zini 
fido  qilish  kayfiyati  kabilar  hisobidan,  ancha  kuchli  raqiblarni 
yengadilar,  bu  sifatlar  o‘z  xatolari  sonini  kamaytiradi  va  raqibga  qarshi 
tura  olish  samaradorligini  oshiradi.  Ijtimoiy  psixologik  jihatdan  yaxshi 
jamoa  o‘yinchilari  (jamoada  yaxshi  psixologik  muhit  bo‘lganda)  sport 
mahorati  oshadi,  shuningdek,  uning  mutlaq  yakuniy  ko‘rsatkichlari 
darajasi bo‘yicha ustuvorlikka ega bo‘ladilar. 
Murabbiyning  psixolog  sifatidagi  faoliyatini  shartli  ravishda  to‘rt 
asosiy funksiyalarga ajratish mumkin
:
 
-  mashqlar  va  musobaqa  jarayonida  o‘yinchilarning  psixologik 
holatini muvofiqlashtirish; 
- o‘yinchilar shaxsi psixologik strukturasi, xususiyatlari, shuningdek, 
jamoa ishtirokchilari o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini hisobga olgan 
holda tarbiyaviy jarayonni olib borish; 
-  jamoada  samarali  va  qulay  muhitni  shakllantirish,  bunda  har  bir 
o‘yinchini  psixologik  jihatdan  quvvatlash  maqsadida  ijodiy  mehnat 
sharoitlarida sport va ma’naviy o‘sish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari; 
-  musobaqalar  vaqtida  jamoani  psixologiya  qonunlari  nuqtai 
nazaridan savodli darajada boshqarish. 
Psixoanalitik 
funksiyasida 
murabbiyning 
shaxs 
va 
jamoa 
muammolari  psixoanalizini  amalga  oshirish  qobiliyati  unga  jamoadagi 
noxush  vaziyatlar  va  ayrim  o‘yinchilar  bilan  ishlashda  ishonchli 
tashxizlash  imkonini  beradi.  U  psixologik  muammolarning  turli 
ko‘rinishlari  vujudga  kelish  sabablarini  aniqlashda  va  ularni  hal  etishda 
samarali  yo‘llarni  tanlash  imkonini  yaratadi.  O‘yinchilar  uchun  mos 
keluvchi sharoitlarni tanlashni yengillashtiradi.  
Psixoterapevtik 
funksiyasi 
bu 
murabbiyning 
o‘yinchilarda 
psixologik  jihatdan  vujudga  keluvchi  har  qanday  og‘ishlarni  me’yorga 
keltira olishni nazarda tutadi. Bular: 


23 
-  o‘yinchilar  uchun  qiyin  bo‘lgan  vaqtlarda  psixologik  yordam 
ko‘rsatish,  asabiylashish,  muammolarni  bartaraf  etishda  yordamlashish, 
ularning o‘z kuchiga ishonchlarini mustahkamlash; 
-  munozarali  uchrashuvlar,  mag‘lubiyatlardan  keyin  va  navbatdagi 
o‘yinlarga  tayyorgarlik  ko‘rishda  o‘yinchilar  o‘z  emotsional  holatlarini 
tiklashlarida yordamlashish; 
-  ayrim  o‘yinchilarning  shaxs  strukturasidagi  zaruriy  tuzatishlarni 
ular bilan hamkorlikda amalga oshirish. 
Murabbiyning jamoada vujudga keladigan psixologik muammolarni 
ko‘ra bilish va zudlik bilan hal eta olishi musobaqalarda sezilarli ustunlik 
beradi.  Uchrashuv  darajasi,  sport  kurashining  mas’uliyati  va  psixologik 
zo‘riqish  qancha  yuqori  bo‘lsa,  o‘yin  funksiyasini  amalga  oshiradigan 
o‘yinchilar  psixologik  barqarorligi,  ishonchliligi  va  irodaliligiga  ham 
shunchalik  yuqori  talablar  qo‘yiladi.  Bunday  sharoitlarda  jamoani 
samarali  boshqarish  uchun  murabbiyning  psixologik  qobiliyatini 
ahamiyati juda yuqori bo‘ladi. 
Jamoada  professional  psixologning  bo‘lishi,  u  bilan  o‘zaro 
hamkorlik  o‘rnatilishi  o‘yinchilar  hamda  jamoadagi  psixologik 
muammolarni samarali va sifatli hal etish imkoniyatlarini oshiradi. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish