O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


 Yuqoridan to‘p uzatishni o‘rgatish metodikasi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

 
4.9. Yuqoridan to‘p uzatishni o‘rgatish metodikasi 
 
Yuqoridan  to‘p  uzatish  texnikasi  ba’zi  elementlarini  voleybol 
mashg‘ulotlarini boshlagan zahoti o‘rganish mumkin. Umuman olganda, 
o‘rganishning  har  bir  bosqichiga  mos  keladigan  texnik  elementlar 
mavjudligi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Inventar  ham  oddiy:  2 
kg
  og‘irlikdagi  to‘ldirilgan  to‘plar  (yoki 
yaxshisi  mayda  qipiqlar  bilan  to‘ldirilgan  voleybol  to‘plari).  Kichik 
basketbol  va  oddiy  mayda  qipiqlar  bilan  to‘ldirilgan  voleybol  to‘plari 
o‘yinchilar  ko‘ziga  to‘kilmasligi  uchun  yaxshi  yelimlangan  bo‘lishi 
kerak.  Ko‘krak  ustida  ilib  qo‘yilgan  “tebranuvchi  tosh”  bilan 
bajariladigan  mashqni  qayta  o‘rganishda  uni  maxsus  jismoniy 
tayyorgarlik vositasi sifatida qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Yuqorida to‘pni uzatish samaradorligi asosiy shartlari keltirilgan edi. 
Ular  “tayanch  modeli”ning  yuqoridan  uzatish  qismida  keltirilgan. 
Murabbiylar  muvaffaqiyatli  ta’lim  berishlari  uchun  yuqoridan  uzatish 
texnalogiyasi  “tayanch  model”ining  barcha  talablarini  yodlab  olishlari 
kerak bo‘ladi. Yuqoridan uzatish texnikasi talqini modelidan taklif qilgan 
modelning  farqi  qo‘l  barmoqlar  bilan  to‘pni  ushlash  va  ishlash, 
shuningdek,  qo‘l  va  oyoq  harakatlari  xarakterini  (tirsak  bo‘g‘inlarini 
bukmay,  oyoq  uchida  to‘pni  “egiluvchan  devor”ga  irg‘itishlar)  hisobga 
olish lozim.  
Yuqoridan uzatishning ushbu uslubini o‘rgatish jarayoni samaraliroq 
bo‘lishini  ta’minlash  maqsadida  avval  murabbiyning  o‘zi  shaxsan 
ko‘rsatib  berishi,  bu  boradagi  tajribasini  qo‘llashi  uchun  yana  qayta 
takrorlab  olishi  kerak.  Texnik  uslub  jismoniy  ko‘rinishlardan  yuqori 
darajasini talab qilmagani bois, uni  o‘rganib olish mumkin. Eng muhim 
qiyinchilik  qayta  o‘rganishda,  eskini  unutishda  va  yangi  ko‘nikma 
shakllanishida  uchraydi.  Yuqoridan  uzatishni  bajarish  uslubiga  bo‘lgan 
asosiy  talablar  “tayanch  modeli”  (33-rasm)da  keltirilgan.  Yosh 
o‘yinchilar uni o‘rganib olishlari lozim. Alohida e’tiborni quyidagilarga 
qaratish zarur: 
Yuqoridan  uzatish  texnikasini  o‘rgatishda  murabbiyning  to‘p  bilan 
ishlash  mexanizmlari  samaradorligini  obyektiv  baholay  olish,  xato  va 
sabablarni  ko‘rish,  ularni  keltirib  chiqaruvchi  omillarni  ko‘ra  bilish 


197 
qobiliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Odatda, bu “tayanch modeli”dan 
bir yoki bir nechta talablarning buzilishi natijasidir. 
O‘yinchilar va murabbiylar yuzma-yuz bo‘lganida to‘pni barmoqlar 
bilan  to‘g‘ri  ushlashga  o‘rgatish  qulayroqdir.  Murabbiy  o‘yinchining 
bilaklarini ushlab, barmoqlarini to‘p bo‘ylab to‘liq yozilishini o‘rgatadi. 
Bu  to‘g‘ri  ko‘nikmani  o‘rgatishda  eng  muhim  jihat  hisoblanadi. 
Avvaliga  to‘ldirilgan kichik basketbol,  keyin  esa  voleybol  to‘plari  bilan 
o‘rgatish mashqlarini bajarishda har bir o‘yinchining barmoq holatlarini 
o‘zlashtirib  olishmaguncha  to‘g‘rilash  kerak.  Keyinchalik  esa  bu 
texnikani to‘g‘ri bajara olmaydigan o‘yinchilar bilangina bajarish zarur. 
O‘rgatish vaqtida ikki tomonlama uzatishda “devor”da to‘pni yengil 
ushlash  lozim.  Yengil  mashqlarda  qo‘l  bosh  barmoqlari  ishi  katta 
ahamiyat kasb etadi. Quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozim: 
-  to‘p  uzatilguncha  va  uzatilgach,  bir-biriga  qaratilgan  qo‘l  bosh 
barmoqlari bir chiziqda bo‘lishi; 
-  to‘p  bilan  ishlashda  bosh  barmoqlar  joyini  o‘zgartirish  va  to‘p 
to‘xtaydigan  vaqtda    o‘yinchining  burni  balandligida,  ya’ni  ustida 
bo‘lishi; 
-  to‘p  bosh  barmoqlarning  butun  uzunligida  (barcha  bo‘g‘inlari 
bilan) joylashgan bo‘lishi kerak. 
Bir  vaziyatda  barmoqlar  bilan  to‘pni  qattiq  ushlash  uni  so‘nggi 
bo‘g‘in  bilan  teginish  imkonini  beradi  va  uzatish  aniqligini 
pasaytiradigan to‘pni yengil ushlash holatini istisno qiladi. 
To‘pni  qabul  qiluvchining  yonida  turib  nazorat  qilinsa,  to‘p  bilan 
ishlaganda  va  to‘p  uzatilgach  bosh  barmoqlar  oldinga  chiqqanligini, 
shuningdek,  ilgarilashda  tovonlar  ishtirok  etayaptimi,  qo‘l  va  bilak, 
bo‘ksa  va  tizza  bo‘g‘inlari  harakatlari  amplitudasi  qandayligini  aniq 
kuzatish mumkin. 
O‘rgatishning  oldingi  bosqichlari  mashqlari  keyingi  o‘rgatish 
bosqichlarini  egallashda  asos  bo‘lib  xizmat  qilishi  kerak.  Kelgusida 
aynan shu oddiy mashqlar texnikaning to‘g‘ri tuzilmasi va mexanizmlari 
saqlanishini ta’minlaydi. Vaqt o‘tishi bilan “tayanch modeli”da berilgan 
to‘p  uzatishlarni  bajarishda  harakatlar  tuzilmasiga  qo‘yilgan  talablarga 
binoan har bir  o‘yinchini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish uslublarini 
o‘rganish  lozim.  Bu  holat,  ayniqsa,  boshqa  murabbiy  qo‘l  ostiga 
o‘tganida  juda  muhim  hisoblanadi  (terma  jamoaga  yoki  boshqa  usta 
sportchilar  jamoasiga)  –  tajriba  va  o‘z-o‘zini  nazorat  qilishning 
bo‘lmasligi  natijasida  texnika  asta-sekin  buziladi,  sport  mahorati 
pasayadi,  bu  esa  nafaqat  yuqoridan  uzatish,  balki  barcha  texnik 


198 
elementlarga  tegishlidir.  Bunda  yakunlovchi  mashqlar  bajarish 
muntazamligi  va  xatolarni  aniqlay  olish  qobiliyati  juda  muhim 
hisoblanadi.  

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish