O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


-variant. To‘siqni aralash himoyalash (straxovka) bilan himoya



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

7-variant. To‘siqni aralash himoyalash (straxovka) bilan himoya 
qilish  tizimi. 
Bir  so‘z  bilan  aytganda,  guruhli  to‘siqni  aralash 
himoyalash variantlari bir qancha. Aralash himoyalash – bu har xil o‘yin 
harakatlarida  himoyalashning  har  xil  tizimlaridan  foydalanishdir. 
Masalan, 
5:1 
formula 
bo‘yicha 
jamoaning 
o‘yin  tarkibini 
shakllantirishda,  agar  bog‘lovchi  o‘yinchi  joylashuv  bo‘yicha  orqa 
qatorda  o‘ynaydigan  bo‘lsa,  bunday  hollarda  “burchak  bilan  orqaga” 
himoya tizimini qo‘llagan yaxshiroq. 
Boshqa  varianti.  Ikkinchi  zonadagi  guruhli  to‘siqda  (bog‘lovchi 
oldingi  qator  o‘yinchisi)  himoyalash  chekka  himoyachi  tomonidan 
amalga oshiriladi. To‘rtinchi zonadagi to‘siqda esa to‘siqdan holi bo‘lgan 
bog‘lovchi  o‘yinchi  tomonidan  bajariladi,  u  odatda  yaxshiroq 
himoyalaydi  va  zonada  ikkinchi  uzatishni  amalga  oshirish  uchun 
qulayroq joylashgan ham bo‘ladi. 
Aralash himoyalash variantlari ham kam emas. Ularni tanlash raqib 
jamoa  xususiyatlariga,  vujudga  keladigan  o‘yin  vaziyatiga,  shu 
jumladan,  o‘yin  hisobiga,  o‘yinchilar  mahorati  va  xususiyatlariga, 
ularning jismoniy ko‘rsatkichlari va jamoa  o‘yin tarkibining shakllanish 
tamoyillariga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda voleybolchilarning turlicha taktik 
tuzilmalar  doirasida  o‘ynash  ko‘nikmalari  va  o‘yinchilarning  turli 
raqiblari  hamda  o‘yinlarda  bir  tizimdan  ikkinchi  tizimga  o‘ta  olish 
qobiliyatlari eng muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq himoyada o‘ynashda 
taktik  tizimlarni  har  qanday  maqsadga  muvofiq  almashtirishning 
samaradorligiga  faqat  jamoa 
o‘yinchilarining  ularni  yetarlicha 
egallaganda erishiladi. Yakka holda to‘siqlash odatda, boshqa o‘yinchilar 
guruhli  to‘siqni  tashkil  qilish  uchun  hujum  zonasiga  siljishga 
ulgurmagan hollarda, majburiy chora sifatida qo‘llaniladi. Chunki yaxshi 
hujumchilar  uchun  ko‘pchilik  hollarda  yakka  to‘siqchining  “zonani” 
himoyalash  tartiblarini  bartaraf  etish  unchalik  qiyinchilik  tug‘dirmaydi 
yoki o‘yinchi qo‘llarini to‘p yo‘lini to‘sish tomonga o‘tkazib “ovlovchi” 
to‘siqdan  foydalanadi.  Hujum  joyiga  yaqin  bo‘lgan,  biroq  to‘siq 
qo‘yishga  ulgurmagan  oldingi  qator  o‘yinchisi  himoyalashga  o‘tadi, 
uzoqdagisi  esa  orqa  qator  himoyachilari  bilan  birgalikda  maydonchani 
himoyalaydi va to‘p qabul qilingan bo‘lsa, qarshi hujumda qatnashadi. 


319 
O‘yinchilarning saflanishi va ularning funksiyalari hujum zonasi va 
to‘pga  zarba  berish  joyiga  nisbatan  to‘siqning  joylashuviga  bog‘liq 
ravishda  biroz  o‘zgaradi.  To‘r  chetidan  va  o‘rtasidan  to‘siq  qo‘yishda 
o‘yinchilar  joylashuvining  ayrim  variantlari  44-rasmda  keltirilgan.  To‘r 
o‘rtasida  yakka  to‘siqda  ko‘pincha,  o‘z-o‘zidan,  to‘siqga  va  himoyaga 
ulgurmagan  oldingi  qator  o‘yinchilari  hisobidan  ikkita  himoyalovchi 
paydo  bo‘ladi  (44-rasm,  G).  Yakka  to‘siqni  raqib  hujumchilar  odatda 
hujumkor  zarba  bilan  bartaraf  etishga  urinsa-da,  himoyalashda  ikki 
o‘yinchining  bo‘lishi  to‘p  to‘siqqa  tegib,  o‘z  uchish  trayektoriyasini 
o‘zgartirgan  va  hujum  zonasiga  tushgan  hollarda  foydali  bo‘ladi. 
Maydonchaning  orqa  qismini  yakka  to‘siqda  doimo  uchta  o‘yinchi 
mudofaalaydi,  yakka  to‘siq  maydonchaning  xuddi  shunday  qismini 
guruhli  to‘siq  kabi  yopa  olmaydi,  shuning  uchun  himoyachilar  oldida 
ancha  qiyinroq  vazifa  paydo  bo‘ladi.  Uni  o‘yinchilarning  zarba 
yo‘nalishini bilib olish va qaytaruvchi platformani to‘p bilan uchrashish 
joyiga tezda o‘tkaza olish qobilyatlarisiz hal etib bo‘lmaydi.  

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish