Murabbiyning zakovati, aqli va donoliligi. Oqilona asosga ega bo‘lgan aksariyat qobiliyatlar murabbiy bilimi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik oshishiga imkon beradi. Ularga tashkilotchilik, bilimlilik, ijodiylik, psixoanalitik, tarbiyaviy, didaktik va boshqa qobiliyatlarni kiritish mumkin.
Zakovat ko‘p narsalar yaxshi tushunishda va voqealarni ishonchliroq baholashda, vujudga kelgan vaziyatlarda muvofiq xulosa chiqarishda,
qiyin vaziyatlardan chiqish yo‘lini tezroq topishda, barcha kasbiy muammolarni samaraliroq hal etishda qo‘l keladi.
Murabbiyning keng dunyoqarashi bilim olish va samarali faoliyatida ijodiy izlanishlar olib borish, uning axloqiy hayoti natijasida donolikka ega bo‘lishda yordam beradi. Bilishda o‘zini aldamaslik, xomxayollar tuzmaslik, cheksiz aldov va boshi berk ko‘chalarga olib boruvchi konformizmga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim hisoblanadi. Bu faqat dono odamlargagina xos xususiyatdir.
Zakovatning quyi darajasi ko‘plab kasbiy muammolarni samarali yechish imkonini bermaydi, murabbiy va uning tarbiyalanuvchilari muvaffaqiyatlarini chegaralab qo‘yadi.
Murabbiyning madaniyati va ziyoliligi. Murabbiyning madaniyati o‘yinchilarni tarbiyalash ishida katta ahamiyatga ega. Faqatgina “maxsus tadbirlar” emas, balki murabbiy shaxsi, uning ishlari shug‘ullanuvchilar xulq-atvorini tarbiyalaydi. Bu madaniyatli ziyoli insonning xulq-atvorida bo‘lishi kerak. Murabbiy axloqiy me’yorlarni ro‘yobga chiqarishning asosidir. Madaniyatli – ziyoli murabbiy uchun tarbiyalanuvchilarning qalbiga yo‘l izlash, ular bilan hamfikr bo‘lish, eng asosiysi, kelajakda ular yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishiga harakat qilishi zarur.
Ziyoli murabbiy shaxslararo kelishmovchiliklarni osonlik bilan hal etadi, jamoada samarali va ijodiy muhit yaratishda, har bir tarbiyalanuvchining salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratishda qiynalmaydi.
Murabbiylarni madaniy saviyasining pastligi o‘z tarbiyalanuvchilariga ta’sir o‘tkaza olmaslik darajasigacha olib boradi, bu esa shug‘ullanuvchilarning sport natijalarini pasaytiradi. Madaniyatining pastligi tufayli natijasida inson o‘zini yoki yot kishilarni ham hurmat qilmaslik darajasigacha boradi.
Murabbiy madaniyati va ziyoliligi o‘z xatolari va nohaqligini tan olishi, bunday hollarda tarbiyalanuvchilardan kechirim so‘ray olishi, adolat va haqiqatni inkor etmaslik tasdiqlay olishi kabi xususiyatlarida ko‘rinadi. Bunday hollarda murabbiyning obro‘si tushmaydi, balki aksincha, ba’zi hollarda tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada ko‘tariladi. Murabbiy obro‘si. Shug‘ullanuvchilarni o‘qitish yoki tarbiyalashda ishonch masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu vaziyatda murabbiy obro‘si alohida muhim masala. O‘qitish va tarbiyalashda obro‘li murabbiylarga ishonch yuqori darajada bo‘lib, samarali natijalarga
erishish ham osonroq bo‘ladi.
Murabbiyning keng dunyoqarashi bilim olish va samarali faoliyatida ijodiy izlanishlar olib borish, uning axloqiy hayoti natijasida donolikka ega bo‘lishida yordam beradi. Bilishda o‘zini aldamaslik, xomxayollar tuzmaslik, cheksiz aldov va boshi berk ko‘chalarga olib boruvchi konformizmga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim hisoblanadi. Bu faqat dono odamlargagina xos xususiyatdir.
Zakovatning quyi darajasi ko‘plab kasbiy muammolarni samarali yechish imkonini bermaydi, murabbiy va uning tarbiyalanuvchilari muvaffaqiyatlarini chegaralab qo‘yadi.
Agar murabbiyning obro‘si bo‘lmasa, u o‘z o‘quvchi va talabalarini yaxshi tarbiyalay olmaydi. Haqiqiy tarbiyani o‘ziga ishontirish bilan almashtirish, hamma joyda ustunlik qilish va doimiy nazoratda tutish kabi sifatlar mutlaqo besamardir. Nufuz ham turlicha bo‘lishini tushunish lozim.
Ba’zi hollarda murabbiy obro‘si uning ijtimoiy ahvoli, amaliy tajribasi, yoshi, bilimi va oldingi xizmatlari bilan belgilanadi. Shubhasizki, murabbiyning bunday ko‘rinishdagi obro‘si tartib va jamoa tashkilotchiligi oshishida yordam beradi, biroq, odatda murabbiy o‘qitish va tarbiyalash jarayonida o‘zgarmaydigan uslublardan foydalanishi tarbiyalanuvchilarning tabiiy salohiyati, ularning ijodiy qobiliyatlari ochilishida yordam bermaydi. Ma’lum ma’noda bunday obro‘ “soxta” va besamardir, chunki u mazmuniy omillar bilan emas, balki rasmiy omillar bilan belgilangan.
Boshqa hollarda murabbiy obro‘si uning mahorati va shaxsiy sifatlariga, jumladan, yaxshi xulq-atvor, tarbiyalanuvchilar shaxsiga hurmat, chuqur mulohazalar va bilim asosida ishontira olish kabi sifatlarga tayanadi. Murabbiyning bunday obro‘si haqiqiy hisoblanadi, sport vazifalari va o‘quvchilarni katta hayot qiyinchiliklariga tayyorlash muammolarini hal etishda ijodiy hamkorlik jarayonida qo‘lga kiritiladi.
Shu tariqa, murabbiyning obro‘si asoslash mahorati va yaxshi xulq- atvori bilan tasdiqlanishi lozim. Aks holda, murabbiyning obro‘si avtoritar so‘zsiz bo‘ysunishga aylanadi. Murabbiy obro‘sining mutlaq ta’siri avtoritar (yakka hokimlik) pedagogika namunasidir. Bunday yakka hokimlik va majburiylik uslubi tarbiyalanuvchilar shaxsini buzadi, ularning qalbini jarohatlaydi.
Har qanday tashkiliy ishlarni amalga oshirishda rahbarning so‘zsiz nufuziga tayanish qandaydir sababga ko‘ra nufuzning yo‘qolishi sabab halokatga uchraydi. Bunday yondashuvda tarbiyalanuvchilarning
barqaror axloqiy o‘zagi shakllanmaydi, ular mustaqil fikrlash va axloqiy xulq-atvorga ega bo‘lishmaydi.
Guruh tarbiyalanuvchilari shaxsi to‘g‘ri tarbiyalanganda erkin va mos rivojlanishi qonun, haqiqat va adolat hukmronligi ostida amalga oshishi lozim.
Murabbiyning obro‘si, qanchalik yuqori va ijobiy bo‘lmasin, agar tarbiyalanuvchilar ma’naviy takomili, boshqalar bilan solishtirilganda, o‘z fikriga ega bo‘lmas ekan, u hech qachon ish bermaydi va jonsiz buyumga aylanib qolishi mumkin. Hamkorlikda tarbiyalanuvchilarning o‘ziga, turli o‘yinli va hayotiy vaziyatlarda mustaqil fikrlash, baholash, qaror qabul qilish imkonini berib, o‘z aqli va qobiliyatiga tayanishga o‘rgatish kerak. Asosiy savol “Qanday bo‘lish kerak?”, deyilganda tarbiyalanuvchi, oxir-oqibatda mustaqil va to‘liq mas’uliyat bilan javob berishni o‘rganishi lozim.
Shu tarzda, o‘quvchi uchun har qanday nufuz o‘tkinchi, vaqtinchalik suyanchiq bo‘lishi lozim. Ayniqsa, bilish va tarbiyalanuvchilarni o‘qitishning dastlabki bosqichlarida maqsadga muvofiq bo‘ladi, bunda o‘zining dunyoqarashini shakllantirishda foydali bo‘ladi, obrazli qilib aytganda, vaqtinchalik tayanch sifatida begona “qurilmadan” foydalanish mumkin.
Tarbiyalanuvchi nufuzning salobatli ta’sirini anglamasa, o‘ta ta’sirchan kishiga aylanadi, ko‘ngilli ravishda uning ma’naviy qulligiga tushib qoladilar.
Murabbiyning nufuzi yakka hokimlik darajasiga ko‘tarilmasligi kerak. Tayyorgarlik mashg‘ulotlarida majburlashdan foydalanish yakka hokimlikka olib boradi. Murabbiy o‘quvchilar bilan o‘z munosabatlarini tashkil etishda ushbu xavfni ham hisobga olishi lozim. Eng ma’qul yo‘l – hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |