O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Murabbiyning shaxsiy sifatlari va qobiliyatlari



Download 3,65 Mb.
bet15/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Murabbiyning shaxsiy sifatlari va qobiliyatlari


Bevosita kasbiy majburiyatlarni samarali bajarish uchun murabbiy keng ko‘lamdagi shaxsiy sifat va qobiliyatlarga ega bo‘lishi, o‘z shaxsining rivojlanish darajasiga qo‘yiladigan ko‘plab talablarni qoniqtirishi zarur.


Yaxshi murabbiy birinchi navbatda madaniyatli shaxs bo‘lishi lozim. Kuchli, ko‘p qirrali axloqiy, tarbiyalanuvchilar uchun qiziqarli, shogirdlari ergashadigan xislatlarga ega bo‘lishi o‘quvchilar shaxsini shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Murabbiy shaxsi qanchalik yorqin, miqyosli, kuchli va hurmatli bo‘lsa, u tarbiyalanuvchilarga shunchalik ko‘p ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Faqatgina murabbiyning obro‘si tarbiyalanuvchilarga ortiqcha zararli ta’siridan ehtiyot bo‘lish zarur. Bunday hollarda o‘qituvchilar tashabbussiz va ijodiy yaratuvchilik qobiliyatlari rivojlanmasdan qotib
qolishlari mumkin.
Murabbiy shaxsi barcha sohalarda ideal bo‘lishi lozim. Murabbiy o‘zini ideal sifatida namoyon eta olishi kerak. Murabbiy o‘z tarbiyalanuvchilari uchun ideal bo‘la olishi kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatlariga bog‘liq bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida, ko‘p jihatdan murabbiyning shaxsiy sifatlari bilan belgilanadi.
Murabbiyning eng muhim shaxsiy sifatlari va qobiliyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Murabbiy shaxsining yetukligi. Har qanday odamning yetukligi uning eng muhim psixologik xarakteristikasi hisoblanadi. Psixologik yetuklik ushbu holatda shaxsning barcha jihatlari yuqori darajada rivojlanganligi, ularning uyg‘un tarzda birlashganligi bilan belgilanadi. Jumladan, xarakterdagi ijobiy belgilar: axloqiy mavjudlik, sog‘lom xulq- atvorning mavjudligi, insonparvarlik yo‘nalishidagi qadriyatli maqsadlar hamda unga mos ravishda o‘zini tutish, hayotdan qoniqish sezish va boshqalar bilan belgilanadi.
Shaxsning psixologik yetuk emasligi insonning psixologik yoshi biologik yoshidan ortda qolganligini bildiradi. Yetuklik ta’rifining rivojlanib borish nuqtai nazaridan qaralganda, odamning shaxsiy salbiy tomonlari ham ko‘rinadi. Masalan, axloqsizligi yoki boshqa bir qator kamchiliklari bilan insonni to‘la yetuk deb hisoblash mumkin emas. Shaxsning psixologik yetukligi kamchiliklardan holi bo‘lishni nazarda tutadi, ular asosan oila va ta’lim muassasalarida tarbiyalashning ma’muriy usullari ustun bo‘lishi natijasida yuzaga keladi. Kamchiliklar yo‘qligining birinchi belgilari sifatida ichki erkinlik (shu jumladan, obro‘-e’tibor ta’siridan), boshqalarning kamchiliklariga chidamlilik, yaxshi niyatlilik, xafa bo‘lmaslik, hurmat va shuhratga xayrixohlik kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Shaxsning ijobiy sifatlari ijodiy mehnat jarayonidagi pedagogik hamkorlik va har bir inson uchun muhim bo‘lgan dilemma: “bo‘lmoq yoki bo‘lmaslik”, “ega bo‘lmoq yoki bo‘lmaslik” iboralarida, bo‘lmoq foydasiga masalani hal etish jarayonida shakllanadi. Bo‘lmoq, ya’ni insonga tabiatdan berilgan salohiyatning ro‘yobga chiqarilishi, tashqi sharoitlar hisobidan amal va boylik to‘plashga intilmaslikdir.
O‘z salohiyatini amalga oshirish imkoniyatining muhim sharti murabbiy shaxsining mahsuldorligi yetakchi sifatida bo‘lishi hisoblanadi. Ichki nazorat darajasida (“hammasi faqat menga bog‘liq” deb bilish) o‘z kuchi, tabiiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish vositasida sermahsul faoliyatga yo‘nalish yuqori kasbiy natijalarga erishishga yordam beradi.
Maqsadning boshqa tiplari shaxsdagi o‘zgarishlar bo‘lib, tarbiya jarayonida uning eng maqbul shakllanish sharoitlari bilan bog‘liqdir.
E.Fromm inson xarakteridagi maqsadlarning mahsulsiz tiplariga bozor, hukmronlik, andozaviylik va jamg‘aruvchilik masalalarini kiritadi.
Shaxsning mahsuldor maqsadlariga misol sifatida sevgi va bilim kabilarni keltirish mumkin.
E.Fromm fikricha, sevgi – bu odamlarga va o‘ziga nisbatan mahsuldor munosabatdir. Bilishda mahsuldorlikning muhim belgisi insonning nima haqiqiyligi, nima haqiqiy emasligi, nimalar aynanligi masalalarini hal etish mas’uliyatini zimmasiga yuklashdir. U o‘zi uchun olam manzarasini yaratishga intiladi, unda bu holat mustaqil harakat kabi tushunarli kechadi. O‘rganiladigan faktlar, hodisalar, nazariyalar qat’iy, o‘zaro bog‘liq holatda o‘z joylarini egallaydi, mavjud olamni aks ettiradi. Bilimlarning bunday tizimidan samarali foydalanish lozim, ma’lumotlar qandaydir majmua sifatida va hodisalarni “yana bitta dalil” sifatida qabul qilmasligi kerak.
Mahsulsiz maqsadlar sifatida avtoritar tarbiya tizimida uchrab turadigan, murabbiy shaxsining hukmronlik yoki ekspluatatorlik maqsadlarini ko‘rish mumkin. Hukmronlik tipidagi maqsadli odam “yuqori” kuchlarga bo‘ysunish va bo‘ysunuvchilar foydalanish zaruriyatidan kelib chiqadi, buni muvaffaqiyatga erishishning, xavfsizlik va barcha ezguliklarning yagona ishonchli yo‘li deb hisoblaydi.
Kuch va qobiliyati tufayli o‘z faoliyatini amalga oshiradigan mahsuldor maqsaddan farqli ravishda, shaxsning foydalanish maqsadida hayotiy vazifalar kuch va hukmronlik vositasida hal etiladi.
Insonning hukmronligi uning qobiliyatidan ustunlik qilib, ishdan chiqaradi, boshqa odamlar ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi.
Sevgida hukmronlik maqsadi mulkdorchilik bilan qorishib ketadi. Sevgi obyektini o‘ziga bo‘ysundirishga intilish, bo‘ysunishga majburlash, qaram qilib olish yuz beradi. Bo‘ysundirishga intilish, atrofdagilarni nazorat qilish shakli sifatida, hukmronlik maqsadli inson shaxsida vaqtincha xavfsizlik hissini uyg‘otadi.
Bilishda bu xildagi maqsad mashhur kishilarga ta’zim qilishga, bilimga, ular mashhur kishilar tomonidan qanchalik yaratilganligiga qarab hurmat bildirishga olib keladi. Bunday yondashuvda bilimlarning haqiqiyligi ularning mashhurlar doirasida tan olinishi bilan o‘lchanadi. Ushbu usulda haqiqatning aniqlanishi shubhali, chunki mashhur konsepsiyalar, farazlar, faktlar bir-birini inkor etadi. Mashhur kishilardan haqiqatni izlash, ularning fikrlarini kelishtirishga urinish boshi berk ko‘chaga yetaklaydi.
Shaxs yetukligi belgilariga murabbiyning kuchi, e’tiqodi, o‘z nuqtai nazarini himoya qila olishi ham kiradi, murabbiy turli darajadagi boshliqlar manfaatlari o‘rtasida arosatda qolmasligi va amalga erishish uchun ustuvor yo‘nalishlar yo‘liga og‘masligi kerak.
Tez-tez e’tiqodini o‘zgartirib turuvchi shaxsni yetuk inson deb hisoblab bo‘lmaydi. lekin o‘zi uchun barcha masalalarni darhol va tamomila hal etish ham g‘o‘rlik va nomuvofiqlik belgisidir.
Insonning yoshi ulg‘ayishi va ma’naviy rivojlanishi vaqt o‘tishi bilan, olamni anglash, shaxs qadriyatlari o‘zgarib boradi va bu tabiiy jarayondir. Shaxsiy foyda va amal yo‘lida axloqiy qonunlar buzilmasligi juda muhim.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish