O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Voleybol murabbiylarining



Download 3,65 Mb.
bet13/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Voleybol murabbiylarining yangi kelgan bolalarda o‘sish istiqbollarini aniqlash qobiliyati: Vaqt o‘tgani sayin u yoki bu o‘yinchining kelajagi qanday bo‘lishini bilish muhimdir.
Malakali voleybolchilar bilan ishlaydigan murabbiylar uchun jamoaga nomzodlarni tanlashda ularning o‘sish imkoniyatlari va sport mahoratlarining alohida tomonlarini ko‘ra bilish kerak. Murabbiyning u yoki bu o‘yinchi jamoa uchun to‘g‘ri kelish-kelmasligini, ularning psixologik muhitni salbiy tomonga o‘zgartirib qo‘ymasligini aniqlash qobiliyati keyingi o‘sish va ularning jamoadagi bo‘lg‘usi yutuqlaridagi hissasini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Murabbiy o‘yinchilar tayyorlashning butun mexanizmini baholash, rejalashtirish, reja va dasturlarni belgilangan vaqt davomida amalga oshirish, shuningdek, joriy mashq jarayonini aniq va samarali to‘g‘rilab borishi kabilardan iborat jadvallar ko‘rinishida tasavvur eta olishi lozim.
Murabbiyning yaratuvchilik va oldindan ko‘ra bilish qobiliyatlari o‘yinchilar tayyorlashning har bir bosqichida zarur, ular qanchalik yuqori bo‘lsa, ish shunchalik sifatli bajariladi, natijalar shunchalik ahamiyatli bo‘ladi.
Murabbiyda muhokama etilayotgan qobiliyatlarning yetishmasligi uning mahoratidagi katta yo‘qotishdir. Ayrim hollarda tasodiflarga tayanishga ham to‘g‘ri keladi. Ba’zan amalda foydalanilayotgan takomillashtirish yo‘llarining maqbulligi bilan tasodifan mos kelishi yaxshi natija ko‘rsatishi mumkin.
Murabbiyning gnostik (bilish) qobiliyati. “Nimaki rivojlanmasa, u yo‘qoladi”, degan ibratli iboraning haqqoniyligini hayot ko‘rsatadi. Har qanday mutaxassisning rivojlanishida, birinchi navbatda, bilish yordam beradi. Bilmaydigan va izlanmaydigan murabbiy asta-sekin obro‘sizlanib boradi. Bilish va izlanish – bu maxsus va badiiy adabiyotni o‘qish degani emas. Qobiliyatli murabbiyga hayotning o‘zi ko‘p narsalar o‘rgatishi mumkin. Biroq tajriba ham, ko‘pincha, hech narsaga o‘rgatmaydi, u kasbiy o‘sish uchun yetarli emas, adabiyotlarni o‘qishning o‘zi ham kamlik qiladi. Idealdagi murabbiy tadqiqotchi bo‘lishi lozim. Murabbiylik faoliyati davomida tadqiqotchilik yondashuvi namoyon bo‘lishi kerak. Yuz berayotgan voqeaning mohiyatiga etish uchun nima bo‘ladi va nima bo‘lishi mumkin, nima bo‘lmasligi va uning sababini tushuna olish muhimdir. Chunki busiz o‘yinchilar mahoratini o‘stirishning samarali yo‘llarini tanlash qiyin.
Bilish jarayoni samarali bo‘lishi, shu jumladan, kasbiy o‘sishga yordam berishi uchun murabbiyga bilishning ishonchli yo‘nalishini va
ko‘rilgan, o‘qilgan yoki yaratilgan obyektning haqiqiyligini baholash imkonini beruvchi ishonchli metodologik asos zarur. Bilish va har qanday kasbiy vazifani hal etish yo‘llarini izlashda haqiqiy ilmiy yondashuv kerak bo‘ladi.
Murabbiy uchun bilishda borliq tushunchasi bo‘yicha mahsulli yondashuv zarur bo‘lib, u oddiy faktlar, fikrlar, farazlar, nazariyalarni jamlashni emas, balki ularni tanqidiy tahlil qilish va keyinchalik eng yaxshilarini o‘zaro bog‘liq butunlik sifatida sintezlash, olam manzarasini tuzishga intilish, unda berilgan faktlar va nazariyalar o‘zlarining “qonuniy” joylarini egallashi nazarda tutiladi. Olinadigan bilimlarni o‘z faoliyati va hayotida mazmunli hamda samarali foydalanishda, “Qanday bo‘lish kerak?” degan asosiy savolga javob topishda faqat shunday yondashuv qo‘l keladi.
Murabbiyga uning tarbiyalanuvchilari ko‘p narsalarni o‘rgatishlari mumkin. Buning uchun faqat o‘rganish qobiliyatiga ega bo‘lish lozim. Oliy o‘quv yurtidan keyingi barcha hayot universitetlarida foydali hisoblanadigan kuzatuvchanlik, e’tiborlilik, “emotsional xatoliklarni” hisobga olgan holda oqilona tahlil, ishni yaxshi bajarish usullarini izlash kabi yaxshi sifatlarni egallash zarur. Faqat shundagina murabbiyning kasbiy mahoratini muntazam o‘stirish va faoliyatida yuqori natijalarga erishilishni ta’minlash mumkin.
Psixologik-terapevtik qobiliyat murabbiy kasbiy mahoratining juda muhim qismidir. Bunda murabbiyning jamoada psixolog funksiyasini bajarish qobiliyati nazarda tutiladi. Hayotda har bir ishlovchi murabbiy pedagog darajasida bo‘lgani kabi psixolog ham bo‘lishi zarur. Psixologiya asoslarini bilmasdan, tarbiyalanuvchilar shaxsi va jamoaning psixologik xususiyatlarini aniqlamasdan, bilimlardan foydalanmasdan turib samarali o‘qitish va tarbiyalashning imkoni yo‘q, ularni bilmagan holda natijalarni yuqori darajada ko‘rsatish qiyin bo‘ladi.
Murabbiyning kasbiy mahoratidagi ushbu qobiliyatlar psixolog shtati bo‘lmagan ish sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning amalga oshirilishi murabbiyning turli vazifalarni bajarishda psixologiya yutuqlaridan faoydalana olishini, ya’ni psixologiya fani nuqtai nazaridan ham mahorat bilan harakat qila olishini nazarda tutadi.
Barcha tarbiyaviy vazifalar o‘yinchilar e’tiborini, o‘yinchilar va jamoaning shaxsiy tuzilishi xususiyatlarini hisobga olgan holda hal etilishi lozim. Yaxshi murabbiyda pedagogik yondashuvlar, tarbiya vositalari va usullarini tanlashdagi farqlar tarbiyalanuvchilarning
psixologik fe’l-atvori bilan aniqlanadi. Bunda murabbiy ularning eng yaxshilarini biriktirgan nozik psixolog ham bo‘lishi zarur.
Murabbiyning psixologik-terapevtik qobiliyatlari ko‘p jihatdan uning kasbiy faoliyati natijalarini belgilaydi, chunki sportdagi raqobat tobora ko‘proq psixologik qarama-qarshiliklar sohasiga ko‘chmoqda. Bu o‘yinchilar holatini, o‘yinga jangovar holda kirishish kayfiyatiga moslashishini talab etadi. Bu borada murabbiy sportchilarga zaruriy yordam ko‘rsatishi kerak.
Psixologik muammolar samarali hal etilgan sport jamoalari, o‘zlariga teng toifadagilarga nisbatan o‘yin va musobaqalarda ustunlikka ega bo‘ladilar. Ular ko‘pincha yuqori safarbarlik darajasi, iroda va o‘zini fido qilish kayfiyati kabilar hisobidan, ancha kuchli raqiblarni yengadilar, bu sifatlar o‘z xatolari sonini kamaytiradi va raqibga qarshi tura olish samaradorligini oshiradi. Ijtimoiy psixologik jihatdan yaxshi jamoa o‘yinchilari (jamoada yaxshi psixologik muhit bo‘lganda) sport mahorati oshadi, shuningdek, uning mutlaq yakuniy ko‘rsatkichlari darajasi bo‘yicha ustuvorlikka ega bo‘ladilar.
Murabbiyning psixolog sifatidagi faoliyatini shartli ravishda to‘rt asosiy funksiyalarga ajratish mumkin:

  • mashqlar va musobaqa jarayonida o‘yinchilarning psixologik holatini muvofiqlashtirish;

  • o‘yinchilar shaxsi psixologik strukturasi, xususiyatlari, shuningdek, jamoa ishtirokchilari o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini hisobga olgan holda tarbiyaviy jarayonni olib borish;

  • jamoada samarali va qulay muhitni shakllantirish, bunda har bir o‘yinchini psixologik jihatdan quvvatlash maqsadida ijodiy mehnat sharoitlarida sport va ma’naviy o‘sish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari;

  • musobaqalar vaqtida jamoani psixologiya qonunlari nuqtai nazaridan savodli darajada boshqarish.

Psixoanalitik funksiyasida murabbiyning shaxs va jamoa muammolari psixoanalizini amalga oshirish qobiliyati unga jamoadagi noxush vaziyatlar va ayrim o‘yinchilar bilan ishlashda ishonchli tashxizlash imkonini beradi. U psixologik muammolarning turli ko‘rinishlari vujudga kelish sabablarini aniqlashda va ularni hal etishda samarali yo‘llarni tanlash imkonini yaratadi. O‘yinchilar uchun mos keluvchi sharoitlarni tanlashni yengillashtiradi.
Psixoterapevtik funksiyasi bu murabbiyning o‘yinchilarda psixologik jihatdan vujudga keluvchi har qanday og‘ishlarni me’yorga keltira olishni nazarda tutadi. Bular:

    • o‘yinchilar uchun qiyin bo‘lgan vaqtlarda psixologik yordam ko‘rsatish, asabiylashish, muammolarni bartaraf etishda yordamlashish, ularning o‘z kuchiga ishonchlarini mustahkamlash;

    • munozarali uchrashuvlar, mag‘lubiyatlardan keyin va navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishda o‘yinchilar o‘z emotsional holatlarini tiklashlarida yordamlashish;

    • ayrim o‘yinchilarning shaxs strukturasidagi zaruriy tuzatishlarni ular bilan hamkorlikda amalga oshirish.

Murabbiyning jamoada vujudga keladigan psixologik muammolarni ko‘ra bilish va zudlik bilan hal eta olishi musobaqalarda sezilarli ustunlik beradi. Uchrashuv darajasi, sport kurashining mas’uliyati va psixologik zo‘riqish qancha yuqori bo‘lsa, o‘yin funksiyasini amalga oshiradigan o‘yinchilar psixologik barqarorligi, ishonchliligi va irodaliligiga ham shunchalik yuqori talablar qo‘yiladi. Bunday sharoitlarda jamoani samarali boshqarish uchun murabbiyning psixologik qobiliyatini ahamiyati juda yuqori bo‘ladi.
Jamoada professional psixologning bo‘lishi, u bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilishi o‘yinchilar hamda jamoadagi psixologik muammolarni samarali va sifatli hal etish imkoniyatlarini oshiradi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish