Xulosa
Umuman olganda, ideal murabbiy qiyofasi yaratildi, biroq buni real hayotda kamdan-kam hollardagina uchratish mumkun. Har bir murabbiy, ayniqsa, yosh murabbiylar yetishmayotgan sifat va qobiliyatlarini
rivojlantirgan holda, bunday modelga mos bo‘lishga intilishlari zarur. Murabbiyning qobiliyati qanchalik darajada idealga yaqinlashsa, uning salohiyati shunchalik yuqori bo‘ladi, u shunchalik muvaffaqiyatli ishlay oladi.
Qobiliyatlarning aksariyati individual rivojlanish va o‘z ustida ishlash jarayonida shakllanadi. Biroq murabbiyning ayrim qobiliyatlari asosini tug‘ma qobiliyatlar tashkil etib, ular maqsadli shakllantirishga bo‘ysunmaydi. Ularning o‘rnini ma’lum darajada boshqalari bilan to‘ldirilish mumkin, biroq, bunday to‘ldirish mexanizmlari ham cheklangan.
Murabbiyning kasbiy faoliyati uchun barcha qobiliyatlar va maxsus sifatlar bir xil ahamiyatga ega bo‘lmasa-da, kasbda e’tibor talab qilmaydigan jihatlar ham bo‘lmaydi. Kasbiy faoliyatda har bir qobiliyat muvaffaqiyatga erishishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Sportning o‘yin turlarida muvaffaqiyatli zamonaviy murabbiyning qisqacha tavsifi
Agar murabbiylarni mansab nuqtai nazaridan emas, balki mavjud voqelikka e’tibor bergan holda qarasak, unda bir qator xususiyatlarni eslatish lozim.
Odatda barcha muvaffaqiyatli murabbiylar – aqlli va yuqori bilimli bo‘ladilar. Biroq, hamma narsani bilishni ta’kidlovchi (eng kamida kasbi bo‘yicha) ayrim murabbiylar mavjud bo‘lib, ular siyosiy bilimlarga yetarlicha ega bo‘lishmaydi.
Aksariyat murabbiylarda ishga, yangilikka va ixtirochilikka ijodiy yondashuv yuqori bo‘lib, ular mashhur kishilar ta’siriga tushushmaydi. Bu borada murabbiylarning yuqori darajaga da’vogarliklarini, shaxsini tanitishga intilishlari va o‘zlariga yuqori baho berishlarini ham ta’kidlash mumkin.
Dastlabki qarashda murabbiylarning yuqori darajaga intilishlarining hech qanday salbiy jihati yo‘q, ular murabbiyning shaxsiy va kasbiy o‘sishiga yordam beradi. Biroq, o‘z-o‘zini yuqori baholash haqiqatda o‘z faoliyatidan kutilayotgan natijani murabbiyning da’vogarlik darajasiga mos kelmay qolish holatlari shaxsni tushkunlik girdobida qoldirishi mumkun.
Bunday o‘z-o‘zini yuqori baholashlar, murabbiyning o‘z kuchiga ishonchini oshirsa-da, uning shaxsiga ko‘proq zarar keltiradi. U muvaffaqiyatsizliklarda o‘zini emas, boshqa har qanday kishini ayblaydi.
Harakatlar va mulohazalarning o‘zaro mos emasligi, qadriyatlarning xayoliyligi murabbiy shaxsiga, balki uning kasbiy jihatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Natijada murabbiyning yetuk emasligi oldindan ma’lum bo‘lib qoladi.
O‘ylamay qilingan qiyosiy baholash asosida shakllangan xulq-atvor modeli ham samarasiz bo‘lib, u “men sendan ko‘ra yaxshiroqman, chunki mening jamoam g‘alaba qozonadi”, degan soxta formulada ifodalanadi. Bu formula kuchli jamoalar murabbiylarining quyi darajadagi jamoalar murabbiylariga mensimasdan va mag‘rurona bo‘lgan munosabatlarini aks ettiradi. Buning uchun yetarli asoslar yo‘q, bolalar jamoasi murabbiylarining ko‘pchiligi sport ustalari bo‘lib, ular ayrim jamoalar murabbiylaridan ko‘ra yuksakroq mahoratga egadirlar.
Feliks Lebed o‘zining “o‘yin formulasi” asarida murabbiylar shaxsiga tegishli o‘zlari anglamagan yana ikkita muhim xususiyat borligini ta’kidlagan.
Ko‘p yillik tajribaga ega, yoshi ulug‘ murabbiylar xarakterida yorqin ifodalanuvchi raqobatchilik belgilari: raqobat, musobaqalashish, turmushning barcha sohalarida birinchilikka, muvaffaqiyatga, g‘alabaga intilish kabilar xos. Ular uchun g‘alaba, birinchilik o‘z-o‘zini tasdiqlash va o‘z-o‘zini baholash usulidir.
Har bir murabbiy va o‘yinchilar beriluvchanlik va tavakkalchilikka yo‘l qo‘yadi. Ular o‘yinga borini tikadilar. Yutuq, omad chopishi va muvaffaqiyatni ular tavakkal va mahorat uchun berilgan arzirli mukofot sifatida qabul qiladilar.
Murabbiylarning o‘z-o‘zlarini ko‘rsatishga, ko‘z-ko‘z qilishga intilishlarini bir chetga surib qo‘yamiz va “bu yaxshimi?”, degan savolga javob topishga kirishamiz.
Shubhasiz, ishda yuqori natijalarga erishishga kuchli kirishish g‘alabaga o‘ta intilish “kasalligi”, ishga telbalarcha o‘zini bag‘ishlash va kasbiy muvaffaqiyat uchun o‘zini qurbon qilishni talab qiladi. Rahbariyat murabbiydan faqat g‘alabani kutganligi sababli o‘rganilayotgan sifatlar ijobiy deb tan olinishi mumkin. Biroq, ko‘pincha insonlarni muvaffaqiyatning bahosi qiziqtiradi. Agarda muvaffaqiyatga erishish maqsadida o‘yinchilar bilan hamkorlik, har ikkala tomonlama raqobatga aylansa, bu muvaffaqiyat vaqtinchalik bo‘ladi. Odamlar bilan munosabatlardagi uyg‘unlik birinchilikka tinimsiz intilish, tengsizlikka, ustunlikka, boshqalar ustidan g‘alabaga intilish har doim ham amalga oshavermaydi. Ma’lumki, qadimgi Gretsiyadagi Olimpiya o‘yinlari o‘z vaqtida, xudolarni sharaflovchi asosiy diniy bayram bo‘lgan. Olimp
xudolari – o‘z mohiyatiga ko‘ra, odamning ayrim sifatlari cheksiz rivojlanishi ideali, uning o‘lmas ishtiyoqlari natijasi sifatida qaralgan. Qanday bo‘lmasin, birinchilikka intilish qadriyatlar tizimidan tug‘iladi, u g‘alabaga erishgan odamning jamiyatda mavjudlik usullari va hayotiy muammolarni hal etish to‘g‘risidagi tasavvurlari bilan belgilanadi.
Mohiyatan qaraganda, qadimgidan farqli o‘laroq jamiyatimizdagi model oddiyroq: odamlarda muammo paydo bo‘lsa, qahramon paydo bo‘ladi. Qahramonga shon-sharaflar yog‘diriladi, hurmat va imtiyozlar ko‘rsatiladi! Boshqalarni yengish uchun kuchli bo‘lish kerak. Biroq g‘oliblarni doimiy izlash jarayoni doimo qarama-qarshilik va raqobat sharoitlarida bo‘lib o‘tadi, bu ko‘pincha o‘zaro kurashadigan sportchilar shaxsining buzilishiga olib keladi. Bu haqda Naum Korjavin “Uning falokati g‘alaba edi – undan keyin esa bo‘m-bo‘shlik”, deb yozgan edi. Kuchli emas, balki aqlli bo‘lish, barcha hayotiy muammolarni yecha olish, uyg‘unlik dunyoning barqarorligini oshirar? Muammoning yechimi faqat raqobatchilik maydonida emas, balki hamkorlik doirasida ham bo‘lishi mumkin.
Gumanistik an’analarga ko‘ra eng muhim jihat o‘z-o‘zini rivojlantirish, hamkorlik doirasida odamlarning bir-biri bilan kelishuvi va o‘zaro yordami hisobidan olam uyg‘unligini oshirish, hayotning mazmuni va baxtga erishishdir, bu esa, oxir-oqibatda, insonlarning yashovchanligini belgilaydi. Ortiqcha raqobat odamlarni ajratuvchi, dunyoviy aloqadorlik uyg‘unligini buzuvchi va ularning tizimliligini pasaytiruvchi, salbiy omil deb baholanadi. Munosabatlar uyg‘unligi kasb yoki arzigulik mashg‘ulot sifatida har qanday bahoda bo‘lsa ham birinchilikka manmanlarcha intilishni taqozo etmaydi.
Axloq qoidalariga asoslanuvchi gumanistik an’analar nuqtai nazaridan qaraganda yuqori natijalar o‘tmishning qadimiy an’anasi, odamlarni, ularni ixtisoslashtirishi hisobidan ham, o‘ziga xos yemiruvchi omil deb hisoblanadi. Jismoniy madaniyat haqida bunday fikr bildirib bo‘lmaydi, bunda uyg‘unlik tamoyiliga: jismoniy madaniyat inson uchun, odam jismoniy madaniyat uchun emas degan qoidaga amal qilinadi.
Sportning “o‘ziga xos odatlashtirilgan kurash shakli” sifatidagi ijobiy ta’sirini ta’kidlab, K.Loreni shunday yozgan: “Genetik beriluvchanlik asosida paydo bo‘lgan musobaqa janglariga o‘xshab, u turlar uchun zarur bo‘lgan funksiyalarga tegmagan holda, jamiyat uchun zararli ta’sirlarni bartaraf etadi. Bundan tashqari, ushbu madaniy “marosim”ga o‘xshash kurash shakli o‘ta muhim vazifani: odamlar ongli
va mas’uliyatli holda kurashga bo‘lgan instintktiv harakatlarini boshqarishni o‘rgatadi. Sport nafaqat ko‘proq individual va egoistik ko‘rinishlardagi zo‘ravonlik uchun yo‘l ochadi, balki uning ancha tabaqalashgan shakllarida o‘zini to‘liq tushunishga imkon beradi”.
Boshqa tomondan, sportchilarni kasbiylashuvi kuchayib, ixtisoslashayotgani, bu esa ularning shaxsini u yoki bu darajada o‘zgartirayotganini hisobga olish zarur. E’tiqodlarimizni o‘zgartirmaslik uchun, shuni ham bilib qo‘yishimiz lozimki, ba’zida jinoiy guruh ham sobiq sportchilar tomonidan tuziladi.
Mavjud voqelikda yuqori toifali jamoalar murabbiylarida – yuqori darajaga ega bo‘lgan o‘yinchilarni samarali tayyorlash jarayonini belgilovchi shaxsiy va kasbiy sifatlarning modellariga mos keluvchi natijalar emas, balki rasmiyatchilik tizim qonunlari va qandaydir holatlarda, bozor talablari bo‘yicha saralash nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |