O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng voleybolni rivojlanishi
1992-yil O‘zbekistonda voleybolning boshlang‘ich yangi davri boshlangan. Ushbu sport turini boshqarish tizimi global islohotlarga duch keldi. Birinchi navbatda O‘zbekiston voleybol federatsiyaning yangi maqomi va tuzilmasi yaratildi. O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi (O‘VF) o‘z funksional vakolatidan foydalanib hududiy-mintaqaviy federatsiyalarning shakillanishiga yordam berdi, bu esa joylarda voleybolning yanada rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Tubdan yangilangan O‘VF zamonaviy rejalar va talablarga javob beradigan meyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda katta hissa qo‘shdi.
1992-yilda O‘zbekiston voleybol federatsiya XVF va OVKga azo bo‘ldi, dunyoning ko‘plab federatsiyalari bilan hamkorlik doirasida voleybolning xalqaro aloqalarni rivojlantirish uchun yetarli shart- sharoitlarni yaratdi. Bunday aloqalar tufayli ayollar va erkaklar jamoalarining doimiy musobaqalarda ishtiroki ta’minlandi, mamlakatimiz sportchilari Jahon, Osiyo saralash turnirlarida muvoffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Xususan, 1993-yilda Davlat mustaqilligi e’lon qilinganidan so‘ng birinchi marta O‘zbekiston ayollar terma jamoasi mustaqil delegatsiya sifatida Xitoy mamlakatida (Shanxay) bo‘lib o‘tgan VII Osiyo chempionatida ishtirok etib faxrli 6- o‘rinni egalladi.
Ayollar terma jamoasi 1994-2017–yillar mobaynida ko‘plab an’anaviy turnirlarda ishtirok etgan. Jumladan, “Kubok prinsessa” jamoasi Taylandda 6-o‘rin,1997-yil IX Osiyo chempionati Flipinda 6- o‘rin,1998-yil X Osiyo kubogi, Vetnamda 3-o‘rin,1998-yil Xalqaro turnir, Qazog‘iston “Prezidenti kubogi”da 3-o‘rin, 1999-yil Xalqaro turnirda “Mikassa kubogi” O‘zbekistonda 1-o‘rin, 1999-yil X Osiyo chempionati, Gonkongda 6-o‘rin, 2000-yil Janubiy-Sharqiy Osiyo chempionati Vetnamda 2-o‘rinni egalladi.
Mamlakatimizning voleybol bo‘yicha ayollar terma jamoasi Jahon chempionatining turli yillardagi saralash musobaqalarida ishtirok etdi. Jumladan, 2001-yil (I bosqich Shri-Lanka), (II bosqich Tayland), 2005- yil (II bosqich Xitoy),
2009-yil (I bosqich Qazog‘iston), (II bosqich Xitoy), 2013-yil Mamlakatimizning voleybol bo‘yicha ayollar terma jamoasi Jahon chempionatining saralashida ishtirok etidi, 2014-yil (II bosqich Tayland).
Keyingi yillarda yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz voleybolchi qizlari ishtirok etishib quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi:
2015-yil 23 yoshli qizlar o‘rtasida I Osiyo chempionati Flipinda 10- o‘rin.
2017-yil 18 yoshli qizlar o‘rtasida XI Osiyo chempionati Xitoyda 9- o‘rin.
2017-yil 23 yoshliqizlar o‘rtasida II Osiyo chempionati Taylantda 9- o‘rin.
Hozirgi kunda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi dunyo reytingida 224, Davlatimiz ichida 72-o‘rinda turadi. O‘tgan davr mobaynida ko‘plab o‘zbek “Voleybol” ustalari yetishib chiqdi. Jumladan, A.Sovich, Sh.Muslimov, S.Vlasov, A.Popovkin, S.Juravlev, I.Tambiev (“Viktoriya” jamoasidan), S.Banov, A.Ribalkin, A.Serebryannikov, S.Myachin (Toshkent-Samarqand jamoasidan), A.Kolesnikov, K.Pak, A.Jimov, V.Petrov, M.Mamatyuk, F.Bavatov, D.Sultanov, S.Siddiqov, (“SKIF”), A.Qosimov, R.Knyazev, I.Ermish (“MHSK”), V.Domnidi (Qo‘qon), A.Plotner, M.Tursunov, R.Hamidullaev, (Samarqand) M.Sharipov (Qo‘qon) kabi voleybolchilar barcha musobaqalarda o‘zlarining yuqori saviyadagi mahoratlarini namoyish etganlar. 5 ta Xalqaro toifadagi sport ustalari (E.Shmitova, S.Ashurkova, M.Martinenko, P.Zborovskaya, O.Xo‘jaeva) shu davr mobaynida Davlatimizning qator mukofotlari bilan taqdirlanganlar. Jumladan,
Mamlakatimiz terma jamoasi o‘yinchisi O.Xo‘jaeva 1998-yilda “Shuxrat” medali bilan, Ayolar terma jamoasi bosh murabbiyi L.R.Ayrapetyants 1999-yilda “Do‘stlik” ordeni sohiblari bo‘lishdi.
1992-2016–yillar davomida voleybol sport turini rivojlanishida O‘zbekiston voleybol federatsiyaning bosh kotibi L.R.Ayrapetyants, murabbiy-mutaxassislardan A.N.Kim (Samarqand), T.Abramova (Toshkent), G.Ponomarev (Toshkent), A.Asqarov (Qo‘qon), M.Domnidi (Farg‘ona), Yu.Kulakov, A.Kazakov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) va boshqalarning xizmatlarini alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. Musobaqa o‘yinlarining mazmunli, qiziqarli va shu bilan bir qatorda talab doirasida o‘tkazishda, milliy va respublika toifasidagi hakamlar V.Shnurov, V.Bardin, N.Yaparov, A.Pulatov, I.Zoxidov, N.Mamajonov, Sh.Isroilov va shu kabi ko‘pgina mutaxassislarning xizmati katta.
2017-yildan O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tizimida O‘zbekiston voleybol federatsiyasining bosh kotibi lovozimida D.I.Burnashev, jrochi derektori F.Sh.Alimov, bosh mutaxassisi J.S Jo‘raev, bosh hisobchisi A.A.Vaxobovlar faoliyat olib bormoqdalar. Murabbiy-mutaxassislardan A.Kazakov (Qaraqalpog‘iston Respublikasi), Yu.D.Kochinev (Samarqand), G.Ponomarev (Toshkent), M.Shodmonov (Farg‘ona), N.Azizov (Farg‘ona), K.Raximqulov (Toshkent) I.Sadikov (Olmaliq), va boshqalarning xizmatlarini ham alohida ta’kidlash joizdir. Shuningdek, musobaqa o‘yinlarini mazmunli, qiziqarli va shu bilan bir qatorda talab doirasida o‘tkazishda, milliy va respublika toifasidagi hakamlardan S.Niyazov, U.Kamolov kabi ko‘pgina mutaxassislar salmoqli hissa qo‘shdilar.
Hozirgi kunda voleybol sport turi bo‘yicha B.Abdullaev, S.Yadgarov, E.Abduraxmanov, M.Ermolov, A.Teshaboev, A.Sobirov kabi sport ustalari barcha musobaqalarda o‘zlarining yuqori saviyadagi mahoratlarini namoyish etib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |