Bog'liq 013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI
Ikkinchi hakam.
Joyi.
Ikkinchi hakam birinchi hakamning qarama-qarshi tomonidagi voleybol ustuni ortida birinchi hakamga qaragan holda tik turib joylashadi.
Vakolatlari. Ikkinchi hakam birinchi hakamning yordamchisi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda uning o‘zining mustaqil vakolatlari mavjud. Agar birinchi hakam o‘z faolyatini davom ettira olmaslik holatiga tushib qolsa, ikkinchi hakam uning vazifalarini o‘z zimmasiga olishi kerak.
Ikkinchi hakam hushtak chalmasdan turib, o‘z vakolatiga tegishli bo‘lmagan xatolarni ishora bilan ko‘rsatishi mumkin. Lekin u ushbu xatolarni birinchi hakam so‘zsiz e’tiborga olishini talab qila olmaydi. Ikkinchi hakam kotib faolyatini nazorat qilib boradi. Ikkinchi hakam
zahiradagi o‘yinchilarni kuzatib turadi. Agar ular qoidaga xilof harakat qilishsa, bu haqida birinchi hakamga xabar beradi. Ikkinchi hakam ikki jamoa o‘yinchilari razminkasini nazorat qilib boradi. Ikkinchi hakam tanaffuslarga ruxsat beradi, ularning muddatini nazorat qiladi, noto‘g‘ri murojaat yoki talabni rad etadi. Ikkinchi hakam tanaffuslarga va o‘yinchi almashtirish sonini nazorat qilib turadi hamda bu haqida birinchi hakamga to‘liq axborot berib boradi (ikkinchi tanaffus va 5-6 almashtirishlar, o‘z vakolatidagi axborot).
Agar biror o‘yinchi jarohat olsa, ikkinchi hakam istisno tariqasida o‘yinchi almashtirishga ruxsat beradi yoki shu jarohat olgan o‘yinchiga 3 daqiqa tiklanish uchun imkon beradi. Ikkinchi hakam maydon yuzasi, to‘pning sifati va to‘rning qoidaga muvofiq o‘rnatilganligini nazorat qilib turadi. Ikkinchi hakam jazo chorasi ko‘rilgan jamoa a’zolarini kuzatadi va ularni qoidaga xilof harakatlari haqida birinchi hakamga xabar beradi.
Burchlari. Har bir partiyadan oldin, hatto o‘yin davomida ham o‘yinchilarni maydonda joylashish qoidasini buzmasliklarini nazorat qilib boradi va kartochkada ko‘rsatilgan joylashish raqamlariga muvofiqligini solishtiradi. Ikkinchi hakam o‘yin davomida hushtak chalish va ishora bilan quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
raqib maydoni va to‘r ostidan raqib tomoniga o‘tib ketganda;
o‘yinga kiritilayotgan to‘pni qabul qilayotgan jamoa o‘yinchilari joylashish qoidasini buzganda;
o‘zi joylashgan tomonning yaqinida o‘yinchi to‘rga va chegaralovchi antennaga tegib ketsa;
orqa chiziq o‘yinchisi yoki libero to‘siq qo‘yganda;
to‘p begona jism yoki maydon yuzasiga tegsa (birinchi hakam bunday xatoni ko‘rmay qolganda).