O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,65 Mb.
bet143/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Jismoniy tayyorgarlik


Jismoniy tayyorgarlik – bu pedagogik jarayon bo‘lib, organizmni umumiy ish qobiliyatini oshirishga, harakat sifatini rivojlantirishga, salomatlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan. U zarur bo‘lgan amaliy malakalarni beradi. Yetarli darajada jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lmasdan turib, sport o‘yinlarida murakkab texnik usullarni muvaffaqiyatli egallash mumkin emas. Jismoniy tayyorgarlik shartli ravishda umumiy va maxsusga bo‘linadi.


    1. Umumiy jismoniy tayyorgarlik


Umumiy jismoniy tayyorgarlik – bu sportchini tayyorlashning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. U yuqori sport mahoratiga erishishda, u yoki bu boshqa o‘yin harakati komponentlarida ixtisoslashtirish uchun dastlabki sharoitni yaratishda va har tomonlama jismoniy rivojlantirishga


yo‘naltirilgan. Umumiy jismoniy tayyorgarlik masalasini hal etish uchun sport o‘yinlarini tanlab olingan turini o‘ziga xos xususiyatlari va yoshi, jinsini hisobga olish bilan keng doiradagi vositalar qo‘llaniladi. Bu eng avvalo “Alpomish va Barchinoy” test, me’yorlarini yengil atletika, gimnastika, akrobatika, og‘ir atletika, suzish mashqlarining barchasidir. Aniqlanishicha, murakkab o‘yin masalalarini shakllantirish shug‘ullanayotganlarda ko‘proq muvaffaqiyatli o‘tadi, ular ko‘proq kengroq harakat tajribalarini egallaydi. Shuning uchun mashqni umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun shunday hisob-kitob bilan tanlash kerakki, ular nafaqat organizmga har tomonlama ta’sir etishi, balki ushbu sport o‘yinlari uchun zarur bo‘lgan, sifatlarni rivojlantirishga yordam bersin. Bu esa jismoniy mashqlarni mos ravishda tanlashga, uni hajmini, o‘tkazish metodikasini, mashg‘ulot sikllarini barcha yillar davomida bilgan holda rejalashtirishni ta’minlaydi. Bu birinchi darajali ahamiyatli mashqlarning ketma-ket qo‘llanishiga va uslubiga yo‘naltirilganligiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ular ushbu mashg‘ulotda hal etadigan vazifani aniqlanib, mashqni taqsimlashni va ketma-ketligini aniq ishlab chiqilishi kerak. Unda shunday mashqlarni tanlab olish mumkinki, ular bitta sifatni rivojlantiradi va boshqasini rivojlantirishga yordam beradi, xuddi shunday bitta harakat malakasini egallashda, boshqasini muvaffaqiyatli egallashga ta’sir etadi, bu esa garmonik tomondan jismoniy rivojlanish vazifasini hal etadi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish