Bir tomonlama “yumshoq” usulida uzatish (8-rasm). Bu xuddi “bir tomonlama qattiq” uzatishdagi kabi ko‘plab kamchiliklarga ega.
To‘p bilan ishlashdagi ayrim yumshoqlikni katta barmoqlar beradi. Ular endi oldinga emas, balki yuqoriga yo‘naltirilgan bo‘ladi va to‘pni uzatishda faol qatnashadi. Uni tezlashtirish bo‘yicha harakatlar oldingi usulda – otib yuborish sifatida bo‘ladi. Bunday uzatish usuli ancha kam uchraydi. Agarda o‘yinchilardan kimdir to‘p bilan ishlashning bunday usulini egallagan bo‘lsa, u deyarli muqarrar ravishda bog‘lovchi bo‘ladi. Ikkinchi guruhda ham, shuningdek, to‘p bilan ishlashning ikkita asosiy ikki tomonlama usulini ajratamiz.
8-rasm
To‘p bilan ishlashning “ikki tomonlama qattiq” usuli (8-rasm). Uzatishning “ikki tomonlama qattiq” usulida qo‘l barmoqlari to‘pga quyidagi tarzda joylashadi. To‘pga tegishdan oldin ko‘rsatkich barmoqlar bir to‘g‘ri chiziqda joylashadi. Ular o‘rta barmoq bilan birga to‘pni sekinlashish va tezlatishda asosiy ishni bajaradi. Nomsiz va ba’zida bosh barmoq ham to‘pni ushlashda qatnashadi. Agarda, qo‘l tirsaklari ikki tomonlama yumshoq uzatishdagi kabi keng yozilgan va
kaftlar yuqoriga qaratilgan holatlarda bu amalga oshadi.
Barmoq uchlari ham to‘p bilan ishlash oldidan, ularning burchak harakatlari ampilitudasining chekka nuqtasida bo‘ladi, himoyadagi o‘yinchi bo‘g‘inlarining anatomik xususiyatlari sababli bo‘shashgan holda faol burchak harakatlarini qila olmaydi. To‘p asosan barmoqlar va kaftning egiluvchan elementlari tomonidan sekinlashtiriladi, bu to‘p bilan ishlash yo‘lini qisqartiradi va uzatish aniqligini pasaytiradi. Bu, ayniqsa, bosh barmoqlar qattiq qo‘yilganida va to‘pning amortiza- tsiyasiga ularning faqat chekka tomonlari qatnashgan hollarda sezilarli bo‘ladi.
Uzatishning“ ikki tomonlama yumshoq” usuli (9-rasm) uzatishning eng ishonchli va aniq usulidir. Qo‘lning to‘p bilan o‘zaro ta’sirlashuvida quyidagi shartlarga amal qilinganida to‘p bilan ishlash eng “yumshoq”, yengil va samarali bo‘ladi.
To‘p ikki tomondan har ikkala qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan ushlanadi, o‘rta barmoqlar kamroq yuklanadi, jimjiloqlar va nomsiz barmoq umuman to‘pga tegmaydi.
9-rasm
Tirsaklar shunday yozilgan bo‘lishi kerakki, tashqariga ochilgan bosh barmoq va ko‘rsatkich barmoqlar uchlari o‘rtasidagi masofa to‘pni uzatishgacha, uzatish vaqtida va keyin ham bir xilda bo‘lishi lozim. To‘pni jipsroq va ishonchliroq egallash shunday ta’minlanadi va bo‘shashuvchan harakatning (barmoq suyaklari tomonga) mumkin bo‘lgan eng katta amplitudasida, barmoq kaft bo‘g‘inlari yo‘nalishida to‘pni faol amortizatsiyalash amalga oshiriladi. To‘p pasayuvchi, bartaraf etuvchi, qisman barmoq va qo‘llar tegishli elementlarining passiv egiluvchan kuchlari hisobidan sekinlashtiriladi va tezlashtiriladi.
Agar tirsaklar keraklik darajasidan ko‘proq yozilgan bo‘lsa, unda ko‘rsatkich barmoqlar o‘rtasidagi masofa biroz kamayib, bosh barmoqlar o‘rtasidagi masofa ko‘payadi. Agar tirsaklar zarur bo‘lganidan kamroq yozilsa, unda bosh barmoqlar orasidagi masofa qisqarib, ba’zi hollarda nolgacha yetadi, ko‘rsatkich barmoqlar o‘rtasidagi masofa esa birmuncha oshadi. Shu tarzda, ikkala qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlaridan tashkil topgan tarqoq “uchburchak”ka mo‘ljal olmasdan, balki, bosh barmoq va ko‘rsatkich barmoqlarning uchlaridan tashkil topgan to‘g‘ri burchakka e’tibor qaratish lozim, bu boshqa talablar bilan birgalikda to‘liq mazmun kasb etadi.
To‘p bilan ishlash ishonchli ikki tomonlama yumshoq usul bilan to‘pni uzatishni aniqroq amalga oshirish uchun, yana bir qator shartlarni bajarish kerak.
To‘p bosh va ko‘rsatkich barmoqlarning butun uzunligiga tegib turishdan tashqari, bir-biriga ma’lum bir burchak ostida kaftlarning chekkasiga ham tegib turishi mumkin. Buning uchun, qo‘l barmoqlarini to‘pni uzatishdan oldin shunday tutish lozimki, kaftlarning eng yaqin qismlari o‘rtasidagi masofa to‘pning diametriga teng yoki biroz kattaroq bo‘lishi lozim. Agar to‘p faqat eng chekka barmoq bilan (ko‘pincha bosh barmoqlarda shunday bo‘ladi) ushlansa, uzatish noaniqroq bo‘ladi.
Qo‘lning bosh barmoqlari bevosita to‘pga tegishidan oldin dastlabki holatida bir-biriga qaratilgan bo‘lishi va ularning amortizatsiyasi bosh barmoqlarning boshqalariga qarama-qarshi qo‘yilishi tomonga emas, balki yo‘nalish tomonga mo‘ljal olgan bo‘lishi kerak. To‘pning amortizatsiyasida barmoqlar harakati barmoq suyaklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday holatda barmoq bo‘g‘inlarining anatomik tuzilishi to‘pning amortizatsiyasi va tezlanishini eng yuqori amplitudada boshqarishga imkon beradi, bu uzatish aniqligini oshiradi.
To‘p bilan o‘zaro ta’sirlashuv jarayonida qo‘lni tirsak bo‘g‘inlarida unchalik katta bo‘lmagan burchak siljishlari bilan, yarim bukilgan holda ushlab turish lozim. Bunday holatda to‘p bilan ishlashda kuch qo‘yish natijasida yelkadagi muskullarning tortish kuchi ko‘payadi – bu aloqaning yumshoq ko‘rinishi uchun qulaydir. O‘yinchida muskul kuchlanishlarini ancha yaxshi tartibga solish imkonyati paydo bo‘ladi, bu uzatishning aniqligini oshiradi. Shu tarzda, qo‘llar odatdagi uzatishlarda to‘g‘rilanmasligi kerak. Aks holda, harakatni tashkil etishda shakllantirilgan talablarni bajarish qiyinlashadi yoki umuman bajarib bo‘lmaydi. To‘p bilan ishlashda tirsak bo‘g‘inlarida qo‘lni bukish eng kichik amplitudada uzatishni ko‘proq amalga oshirish kerak.
Qo‘l to‘liq to‘grilanganidan barmoqlarning mo‘ljal olishlari o‘zgaradi, ular “qattiq” va ikki tomonlama ushlashsiz, faqat bir tomondangina ishlov berishga qodir bo‘ladi. Natijada to‘pga harakatlantiruvchi kuch yo‘li ham, vaqti ham kamayadi, bu uzatishning ishonchliligini va aniqligini pasaytiradi.
Uzatishda qo‘lning to‘g‘rilanishi – qo‘l va to‘pning vaqt va masofa ortishidek tuyiladi. Haqiqatda esa to‘g‘rilangan holatda o‘yinchi to‘pni qanchalik qattiq usuldan foydalanish va to‘pni uzatish trayektoriyasi qanchalik uzunligiga mos holda balandroqda uchratadi. Qo‘lni to‘g‘rilash faqat uzun, juda yuqoridan yoki katta tezlikdagi uzatishlardagina mumkin, bunda to‘p qo‘ldan yuqori tezlikda uchib ketadi. Uni himoyalovchi o‘yinchi to‘pni tezlashtirishga intiladi, biroq
o‘zidan xuddi odatdagi uzatishdagi standart sharoitlarda qo‘llar tirsak bo‘ginlarida yarim egilgan holda bo‘ladi, qo‘llar keng yozilmaydi.
Qisqa vaqtda katta kuch bilan to‘pning yuqori uchish tezligini ta’minlash uzatish aniqligining pasayishiga olib keladi, chunki, qayd etilganidek, katta muskul kuchlanishlari yomonroq darajada farqlanadi.
Yuqoridan uzatishlar aniqligini ta’minlanishning yuqorida belgilangan barcha shartlari “jonli devor” ta’moyili bo‘yicha to‘p bilan ishlashning “ikki tomonlama yumshoq” usulida eng to‘liq darajada ro‘yobga chiqariladi.
To‘p ikki tomondan, asosan har ikkala qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan, qisqa muddatda, jips ushlash (fotosurat yordamida qayd etish mumkin) orqali sekinlashtiriladi va teskari yo‘nalishda tezlashtiriladi. Bosh barmoqlar to‘xtash jarayonida to‘pga butun uzunligi bo‘yicha tegib turishi va himoyalanuvchining bo‘yiga mo‘ljal olgan bo‘lishi lozim. Ular to‘p bilan o‘zaro ta’sirlashuvni tugatgach, amortizatsiya holatidan (bosh barmoqlarni oldinga chiqarmagan holatda) dastlabgi holatga qaytadi. Tashqi tomondan bu to‘pni egiluvchan devorga otishni eslatadi va shu sababli tegishlicha nomlanadi.
“Jonli devor” bir tekislikka mo‘ljal olgan, qo‘l barmoqlari va kaftlar yarim kuchlangan, to‘g‘rilangan, keng yozilgan holatida yasaladi. Barmoqlar o‘yinchiga uchib kelayotgan to‘pni sekinlatishni amalga oshirib, qisqagina jips ushlashga bo‘shashuvchi harakatni bajarib, to‘pni butun uzunligi bo‘yicha ushlaydi, uning tezlashtiruvi esa barmoqlar va qo‘llarning dastlabki holat – “jonli devor” o‘tishdagi teskari harakati yo‘lida amalga oshiriladi. Shu tarzda, qo‘l barmoqlarning holati uzatishgacha va undan keyin ham bir xilda va bir tekislikda bo‘ladi. Tizza-tovon bo‘g‘unlaridagi faol ishlash bilan biriktirilganda “jonli devorga” to‘pni tezlashtirish uzatishning eng yuqori aniqligini ta’minlaydi. Shunday qilib, to‘pni yuqoridan uzatishda, oyoq uchida biroz ko‘tarilib, oyoqlarni tizza bo‘g‘inida, qo‘llarni tirsak bo‘g‘inlarida biroz egish hisobidan “jonli devor” bilan to‘pga ishlov berish zarur.
“Ikki tomonlama yumshoq” usulda uzatishdan foydalanish bog‘lovchi o‘yinchining taktik zahirasini ancha oshiradi. Bu uzatishda to‘pni ikki tomondan jips holda qisqa vaqt ushlash hisobidan ta’minlanadi, bu himoyachi o‘yinchiga tezlashtirish jarayonida to‘pning uchish burchagini ancha keng chegaralarda o‘zgartirish imkonini beradi.
To‘pga ikki tomonlama yumshoq ishlov berilishi, barmoq bo‘g‘inlari, harakati hisobidan deyarli har qanday holatda ham orqaga yoki oldinga uzatishga imkon beradi, bo‘g‘lovchi o‘yinchilar o‘z
san’atkorlik qobilyatlarini keng namoyon etishlari, uzatish yo‘lini yashirishlari va raqib to‘siq qo‘yuvchilarini adashtirishlari mumkin bo‘ladi. To‘pga bir tomonlama (to‘liq ushlanmasdan) ishlov berishda bu qiyin bo‘ladi – o‘yinchi orqaga uzatishda to‘pni quvib o‘tishi yoki oldinga uzatishda to‘pgacha yetib bormasligi mumkin. Shu tarzda, tasdiqlash mumkinki, aynan ikki qo‘llab yuqoridan “ikki tomonlama yumshoq” usulda to‘pni uzatish texnikasida samaradorlik aniqlangan shartlar to‘laroq amalga oshiriladi.
Biroq, voleybolchilar orasida bunday uzatish usuli juda kam uchraydi, buni egallaganlarning deyarli barchasi bog‘lovchi o‘yinchilarga aylanadilar. O‘z vaqtida to‘pga “ikki tomonlama yumshoq” usulda ishlov berish usulidan R.Hamidullayev, A.Teshaboyev, M.Karpov va boshqa o‘yinchilarimiz foydalanganlar.
Ma’lumki, harakat vazifalarini samarali hal etishning barcha talablari bo‘yicha to‘pni uzatishni bajarish, faqat o‘yinchi o‘z vaqtida to‘p ostida qulay turish holatiga o‘ta olsa yoki vaqt va joyida aniq sakrashni bajarsa (agarda uzatish sakrashda amalga oshirilsa) imkonli bo‘ladi. Eng oqilona harakatlanish quyidagicha bajariladi. Qisqa masofalarni yaxshisi “tiralgan qadamlar bilan turish holatida,” “maqsadga ko‘krak bilan, ba’zida orqa bilan” mo‘ljal olishni saqlagan holda bajarish yaxshiroq. Bu to‘pga ishlov berishda maqsadga tomon burilishlarni boshqarishdagi xatoliklarni bartaraf etadi va bog‘lovchi o‘yinchiga, raqibning to‘siq qo‘yuvchilarini ko‘rish imkonini ta’minlaydi.
Kattaroq masofalarni yugurish qadamlarida bajarish, oxirgi to‘xtash qadamlarida mo‘ljalga burilishni bajarishga intilish, buni katta tezlikda yaxshisi sakrab amalga oshirish ma’qul va faqat, yugurib bajarayotgan o‘yinchi to‘xtash va burilishga ulgurmay qolgandagina, harakatlanib bir qo‘l bilan uzatishni bajarishga yo‘l qo‘yiladi, bunda harakat tezligi to‘p bilan ishlashda doimiy bo‘lib qolishi lozim. Bunday holatda uzatish aniqligi biroz pasayadi, lekin bu vaziyatdan chiqish uslubi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |