O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,65 Mb.
bet44/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Yuqoridan uzatishlar


Yuqoridan uzatish usuli bir va ikki qo‘lda, tayanch holatida (joyida va harakatlanishda) va tayanchsiz holatda (sakrashda va pasayishda) bajarilishi mumkin. Yuqoridan uzatishlar mavhum emas, aniq xarakterdagi voleybol usullaridan biridir. Shu sababga ko‘ra to‘pni har qanday sharoitda aniq yetkazib berish uchun optimallik mezoni hujum zarbalari yoki kuchli to‘p uzatishlardagi kabi uchish tezligi emas, balki to‘pni har qanday sharoitda aniq yetkazib berish uchun xizmat qiladi.


Umumiy ko‘rinishda uzatuvchi o‘yinchilarga o‘yin vazifasini hal etish – aniq uzatish, to‘pga shunday tezlik yo‘nalishini berishdan iboratki, bu to‘pning kerakli nuqtaga kerakli vaqtda yetkazilishi uchun uning uchishiga zarur bo‘lgan mo‘ljallangan aniqlikni ta’minlaydi.
To‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatish. Har qanday yuqoridan uzatishlarni bajarishda asosiy o‘ringa, to‘pga tezlik va yo‘nalish berish jarayonida rivojlantiriluvchi muskul kuchlanishlarning aniqligi qo‘yiladi. Aniq harakatlarning oddiy holatlarida o‘yinchilarning maydondagi harakatlarining maqsadi aniqligi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:

  1. To‘pga zaruriy tezlik yo‘nalishini berish vazifasini hal etuvchi, rivojlantiruvchi kuchlar kattaligi bo‘yicha ham, qat’iy belgilangan kuchlanishni yuzaga keltiruvchi muskullarning kelishilgan holdagi uyg‘onishi.

  2. Proprioretseptorlar (teri sezuvchanligi) va eksteroretseptorlardan (tashqi sezuvchanlik) mushak vazifalari bajarilishining borishi to‘g‘risida keluvchi, joriy teskari aloqaning doimiy signallari asosida, muskullar tomonidan rivojlantiruvchi kuchning to‘g‘rilanib borishi.

Kerakli yakuniy natijani ta’minlovchi, muskullarning belgilangan kuchlanishini muvofiqlashtirish ko‘nikmasi, shuningdek, teskari aloqa tamoyili asosida ham shakllanadi. U harakatni bajarish jarayonida muskul kuchlarini to‘g‘rilashga va olingan samarani rivojlantiruvchi harakatlar bilan, shu jumladan, texnik usulni bajargandan keyin ham solishtirishga, keyingi zaruriy tuzatishlar kiritishga imkon beradi.
Ushbu omillar ishning samaradorligini oshirish odatda ko‘p martalik takrorlash va o‘quv mashg‘ulotlari hisobidan ta’minlanadi. Biroq, boshqa yo‘llar ham mavjud bo‘lib, buni ularning harakatlarini boshqarish mexanizmlari xususiyatlaridan izlash kerak.
Odamning erkin harakatlarini boshqarish tizimida kanallar orqali skelet muskullariga boshqaruvchi signal buyruqlarni uzatishni amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bilan birga, aniqlikni ta’minlashning favqulodda muhim elementi teskari aloqa konturining birligi hisoblanadi. Harakat jarayonida u bo‘yicha bo‘g‘inlar proprioretseptorlaridan paylar, muskullar, bog‘ichlar, teri qoplamasi va ko‘rish analizatori retseptorlaridan signallar uzatiladi. Teskari aloqa signallari solishtirish mexanizmiga tushadi, bu yerda “kelgusi talab modeli” bilan qiyoslanadi. Boshqaruv tizimi markazlarida doimo o‘tkazuvchi solishtirish natijalari bo‘yicha harakatlarni sensorli to‘g‘rilash signallari shakllanadi, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa konturi
bo‘yicha muskullarga uzatiladi, bu ularning aniqligini sezilarli darajada oshiradi.
Odamning teskari aloqani turlicha signallarini to‘g‘rilash uchun foydalanuvchi aniq harakatlarini boshqarish tizimini shartli ravishda, biomashina konsepsiyasi ma’nosida “manipulyator”, y’ani “boshqaruvchi” deb atash mumkin. U odamning mehnat faoliyati asosida yotuvchi aniq va chaqqon boshqaruv harakatlarni ta’minlaydi, bu esa oxir-oqibatda, unga miyaning rivojlanishini va natijada evolyutsiya jarayonida yer sharida hukmronlikni ham ta’minlaydi.
O‘yin vazifalarini hal etishning muvaffaqiyati aniq harakatlarni boshqarish tizimidagi har bir elementning aniq faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Odamda aniq harakatlarni tashkil etish doirasida uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari mavjud.
Aniq harakatlarni boshqarish jarayonini optimallashtirish yo‘llarini izlash uchun sportchining tayanch-harakat apparatini boshqarish tizimining tuzilishi va fiziologik xususiyatlarini qarab chiqamiz.
Fiziologiyada asosli ravishda odam muskullar tomonidan rivojlantiriluvchi kuchni boshqarishning uchta usulidan foydalanadi:
- mushak birliklarining (MB) turli miqdorini rekrutlash (ishga jalb etish);
- ishlovchi MB impulslari chastotasini ko‘paytirish;
- MB faolligi fazalarini sinxronizatsiyalash.
Efferent signallar muskullarning qisqaruvchi elementlariga motoneyronlar orqali uzatiladi. Uncha katta bo‘lmagan motoneyronlar kichik motor birliklari va kam miqdordagi muskul tolalari bilan bog‘langan. Kichik motoneyronlar ancha kichik darajali uyg‘onishga ega bo‘ladi, buning natijasida ular bilan bog‘langan qisqartiruvchi tolalarni faollashtiradi. Bu insonga kichik qiymatlar doirasida, harakatdagi xatoliklarni kamaytirib, muskul kuchlanishlarini nisbatan me’yoriy tartibga solishga imkon beradi.
Maksimal tartib 75% dan yuqori kuchlanishlar oralig‘ida muskul kuchlanishlari ancha qo‘pol usulda amalga oshiriladi va bu quyidagicha izohlanadi. Jiddiy qarshilik sharoitlarida dvigatel birliklarini “to‘siqlar” miqyosida faollashtiruvchi o‘rta va katta motoneyronlar ishga kirishadi. Amal qilish birliklari muskullarning qisqartiruvchi elementlari impulsatsiyasining maksimal chastotasiga o‘tadi; bunda harakat birliklari butun guruhlarining sinxron (bir vaqtda) kuchlanishi ehtimoli oshadi. Bunday sharoitlarda muskul kuchlanishining kamayishi yoki o‘sishning
minimal kattaligi oshadi. Shu tarzda, effektor tartibga solish jarayoni ko‘proq qo‘llaniladi, bu bajariladigan harakatlarning aniqligida aks etadi. Muskul faolligini boshqarish tizimi ishining ushbu xususiyatlaridan sportchi aniq harakatlar samaradorligini oshirish uchun quyidagi tarzda foydalanishi mumkin. Imkon qadar kamroq kuch sarflash bilan aniq
harakat vazifalarini hal etishga intilish kerak.
Ma’lumki, muskul kuchlanishi qiyin differensiyallanadi, ta’kidlanganidek, muskul bo‘g‘in retseptorlari bog‘ichlarda va bo‘g‘in xaltachalaridan alohida bo‘ladi. Bog‘ichlarda Goldji tugunlari joylashgan (paylarning Goldji retseptori bilan adashtirmaslik kerak). Ular bo‘g‘in a’zolarining holati to‘g‘risida ma’lumot beradi va muskul kuchlanishlari kattaligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Bo‘g‘in qobig‘ida Ruffini va Fater-Pachini gavdachasi joylashgan. Ruffini retseptor tugallanishlari bo‘g‘in burchagidagi o‘zgarishlar tezligi va yo‘nalishi, o‘zgarishlar holati to‘g‘risida ma’lumotlar berib turadi va muskul kuchlanishlari oqibatida bo‘g‘inda vujudga keluvchi yuklanishning o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘ladi. Fater-Pachini gavdachasi bo‘g‘inlaridagi tez harakatlar natijasida faollashadi va uning qismlari harakat tezligi to‘g‘risida ma’lumot uzatadi.
Aniq ixtiyoriy harakatlarni boshqarishda muskul kuchlanishining kattaligi to‘g‘risida ma’lumotlar yetarli emasligidan odam bo‘g‘in va taktil retseptorlarining ma’lumotlaridan faol foydalanadi, ular bosh miya qobig‘ida ancha ko‘p darajada mavjud. Shunday fakt barchaga ma’lum: odam qo‘llaridagi ikkita predmetning og‘irlik farqlarini aniqlash uchun ularning har birini o‘lchab ko‘rayotgandek qo‘llar yuqoriga-pastga yengilgina harakatlantiriladi. Bu bo‘g‘in xaltachalaridagi bo‘g‘in proprioretseptorlar va kaftlardagi taktil retseptorlardan kelayotgan qo‘shimcha ma’lumotdan foydalanish hisoblanadi.
Maxsus tadqiqotlar o‘tkazilib, ularda ishtirokchilar guruhi a’zolarining tirsak bo‘g‘ini xaltachasiga novokain kiritilib, og‘riqsizlantirildi. Ushbu guruhda berilgan yuklanishlarni qayta tiklashda va kuchlanishlar kattaligini farqlashdagi xatoliklar ancha yuqori bo‘lib chiqdi.
Bunday holatlar katta aniqlikni ta’minlagani bois gavda qismlarining harakat yo‘lini aniqlashni taqozo etadi. Bunda qo‘shilayotgan kuchning ta’sir vaqti ham ortadi, signallarning halqa bo‘ylab to‘g‘ri va teskari holda bir halqada ko‘p takrorlanishi sababli harakatlarni to‘g‘rilash uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Tezlikning doimiyligi va tezlanishni belgilaydigan pasayishiga intilishda (shuningdek, tezlanishni belgilaydigan va unga proporsional bo‘lgan kattalik sifatidagi ta’sir kuchi ham) sportchi ko‘pincha faoliyatida gavdaning boshqa qismlarini kam jalb qiladi, masalan, oyoqlarni uzatish aniqligi oshadi. Bu holat fiziologiyada mashhur bo‘lgan fenomen “bilyard o‘yinidagi paradoks” nomini olgan bo‘lib, uning natijasi shundan iboratki, kinematik zanjirdagi bo‘ginlar sonining ko‘payishidan harakatlar aniqligi paradoksal darajaga oshadi.
Yuqoridagi uzatishlarni boshqarishda oyoqlar kerakli aniqlikka erishishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi, tezlanish yo‘li va to‘p bilan ishlash vaqti ko‘payadi. Uzatish ancha “me’yoriy”, asta sekinlashish va to‘pga tezlanish bilan bo‘ladi.
Bunda muhim vaziyatni ko‘rsatib o‘tish lozim. Voleybolda baland turish holatida oyoqlar harakati (ko‘pincha aynan shunday turishda yuqoridan uzatishlar bajariladi) o‘z xususiyatlariga ega. Ularning barcha mumkin bo‘lgan amplitudada tizza bo‘g‘inlarida to‘g‘rilanishi gavdaning biroz siljishiga va mos ravishda qo‘llarning yuqoriga ko‘tarilishiga olib keladi.
Boldir-tovon bo‘g‘inlari harakati hisobidan esa gavda ancha katta harakatlanish yo‘liga ega bo‘ladi (5-rasm). Bu kuch qo‘shilishining geometrik xususiyatlari bilan belgilanadi.



  1. rasm

Himoyachi aynan boldir-tovon bo‘g‘inlari harakati hisobidan (oyoq uchiga ko‘tarilib) gavdani (to‘pni ham) to‘pga qo‘shiluvchi kuch o‘zgarishining yengil o‘zgaruvchan rejimini aniqlovchi qiymatgacha harakatlantirish va uni yuqori tezlanishga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Bu uning tezlanish yo‘lini oshiradi, bu to‘p bilan “yengil” ishlashni


ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, yuqoridan uzatishda, boldir-tovon bo‘g‘inlarida ishlashga asosiy e’tiborni qaratib, to‘pni “oyoqlar bilan tezlantirishga” intilish kerak. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, odamning prokrioretsepsiv reaksiyasi vaqti 100 dan 160 ms gacha, ekstiroretsiptor reyaksiyasi esa 200-250 ms gacha teng bo‘ladi. Yuqorida bayon etilganidan kelib chiqib, aniq harakatlarning “oltin qoidasini” shakllantiramiz.
Aniq harakatlarni boshqarish jarayonida sportchi ta’sir kuchining ahamiyatini kamaytirishga, uning ta’sir vaqti va yo‘lini ko‘paytirishga intilishi zarur. Biroq, kuch va vaqtni cheksiz oshirish mumkin emas – ularni harakat sharoitlari va o‘yinchining tayanch-harakat apparati tuzilish xususiyatlari bilan solishtirish lozim, bu burchak harakatlarining cheklangan amplitudasiga ega bo‘lgan fizik mayatniklar tizimi kabidir. Uzatishni tashlanishga aylantirmaslik kerak – bu “o‘yin qoidalarida” taqiqlangan.
Shuningdek, ikki qo‘llab yuqoridan uzatishni bajarish jarayonidagi qo‘l barmoqlarining to‘p bilan o‘zaro ta’sirining har xil usullari shakllanishida, aniqlikni ta’minlash nuqtai nazaridan, kuch qo‘shilishining ayrim geometrik qonuniyatlarini qarab chiqish muhim hisoblanadi. Turli malaka va mavqedagi voleybolchilarni maxsus o‘rgatishda, olingan fotosuratlardan foydalanib, to‘pni egallash va ishlashning unga yaqin turli usullarni aniqlashga erishiladi.
To‘p bilan ishlash sifati va buning oqibatida uzatish aniqligi ham hal qiluvchi darajada qo‘l barmoqlarining to‘p bilan o‘zaro ta’sirlanuvchi jarayondagi holati bilan aniqlanishi ma’lum bo‘ldi. Uzatishda to‘pga qo‘l barmoqlarining joylashish usuli barqaror omil bo‘lib, u sinaluvchining har bir yangi urinishlarida ham o‘zgarmasdan qoldi.
Qo‘l barmoqlari joylashuvining har xil usullari o‘yinchiga uzatish aniqligini belgilovchi o‘zaro ta’sir vaqti, to‘pning tezlanish yo‘li kattaligi va unga ta’sir kuchining asosiy o‘lchamlarini boshqarishni ta’minlaydi, ya’ni himoyalovchi o‘yinchiga aniq harakatlarning “oltin qoidasi”ni amalga oshirish imkonyatlarini taqdim etadi. To‘pni ikki qo‘llab yuqoridan olish usuli bo‘yicha u bilan ishlash jarayonida aniqlangan barcha uzatish variantlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
1-guruh. To‘p qo‘l barmoqlari bilan bir tomondan ushlanadi. Uzatishda panjalarning aylanish o‘qi to‘pning bir tomonida – yuqoriga uzatishda pastga joylashadi. To‘pga tezlanish berish bo‘yicha barmoqlar harakati otiluvchan bo‘ladi.
2-guruh. To‘p ikki tomondan qo‘lga olinadi: Har bir qo‘lning natijalovchi vektor kuchlari ham ikki tomondan ta’sir etadi. Bunda to‘pni tezlantirish bo‘yicha harakat asosan itarib yuborish ko‘rinishida bo‘ladi.
Uzatishda to‘pga kuch qo‘yishning ikki usulini oddiy geometrik tahlil qilish ikki tomonlama ishlash usuliga afzallik berish lozimligini ko‘rsatadi. To‘pga tezlanish berishda, ikki tomonlama usulda ikki qo‘llab, chamalovchi kuch chiqishi vektori, har bir vaqt bo‘limida to‘p uchishini talab etuvchi trayektoriyasi mos tushadi (6-rasmdagi b chizmada), bu uzatish aniqligini oshiradi.
To‘pga kuch qo‘yish usullarida, bir tomondan natijalovchi kuch vektori burchak siljishiga ega bo‘ladi, buning natijasida, to‘pga tezlanish berish jarayonida u faqat bir martagina, vaqtning qandaydir bir lahzasida, o‘tishning kerakli trayektoriyasiga mos tushadi. Bunday moslikni ta’minlash qiyin, bu uzatish aniqligiga ta’sir ko‘rsatadi (6-rasmdagi a chizma).

6-rasm

Har ikkala guruhda uzatishda to‘p bilan ishlashning asosiy usullarini batafsilroq qarab chiqamiz. 25-28-rasmlarning chap tomonidagi chizmasida himoyadagi o‘yinchi to‘p ishlash jarayonida o‘z qo‘llarini qanday qilib tutishi aks ettirilgan. Barcha rasmlarning o‘ng tomon chizmasida o‘yinchining yon tomonida (va biroz oldinga) turgan murabbiyga, to‘pga qo‘l bilan barmoqlarning joylashuvi qanday ko‘rinishi berilgan.
Birinchi guruhda to‘p bilan ishlashning ikkita asosiy bir tomonlama usulini ajratamiz, chunki boshqalari ikkala guruhdagi asosiy usullarning aralashuvidan (qo‘l barmoqlarining nosimmetrik joylashuvi bilan) yoki uzatishda tirsaklar yozilishining to‘g‘ri darajalaridan kelib chiqadi, ularni qarab chiqish unchalik muhum emas.


  1. Uzatishning “bir tomonlama qattiq usuli” (7-rasm). Bunday usulda uzatishda to‘p asosan pastdan, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar bilan ishlanadi. Nomsiz barmoqlarning roli unchalik muhim emas yoki ular to‘pga umuman tegmaydi. Jimjiloqlar to‘p bilan ishlashda qatnashmaydi. Katta barmoqlar esa oldinga yo‘naltirilgan (betaraf holda turadi) va shuningdek, to‘pga tegmaydi. Amortizatsiyalash va to‘pga ishlov berish ishlari yozilgan barmoqlar bo‘g‘inlari harakatlari (himoyalash yozilish) bilan amalga oshadi.

7-rasm

Amalda esa, barmoqlarning faol boshlovchi harakatlarini (bo‘shashuvchi rejimda muskullar ishi hisobidan) yozilgan barmoqlar bo‘g‘inlarida bo‘shashish imkoni yo‘q, chunki to‘p bilan ishlashdan oldinga og‘ish holatida barmoqlarning egiluvchan elementlari ishlashi sabablidir. Bundan tashqari, ishlov berishda to‘p zich ushlab olinmaydi, shuning uchun, uning uchish tezligini ham, burchagini ham boshqarish qiyinlashadi. To‘p bilan ishlash amalda uning “pastdan” yoki “pastdan- orqadan” urib yuborishdan iborat bo‘lib qoladi.


Bunda zaruriy uzatish burchagini ta’minlash uchun qo‘l va gavdaning to‘pga nisbatan joylashuvini belgilovchi ahamyatga egadir. To‘pni orqaga uzatishda ozgina “yugurish” kerak, oldinga uzatishda esa to‘pni oldinda qoldirish lozim. Ma’lum shartlilik bilan bu yerda quyidagi qoida amal qiladi: pasayish burchagi qaytarish burchagiga tengdir. Uzatishning yo‘nalishi to‘siq qo‘yuvchi tomonidan osongina “o‘qiladi”, bu ularning hujumlarga qarshi harakat qilish vazifalarini yengillshtiradi.


  1. Download 3,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish