O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Murabbiyning ijodiy qobiliyati



Download 3,65 Mb.
bet20/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Murabbiyning ijodiy qobiliyati. Bu – murabbiy kasbiy o‘sishining birinchi shartidir. Kasbiy vazifalarni ijodiy usulda yechishga
qobiliyatlilik – murabbiy irodasining muhim tarkibiy qismidir. Ijodiy yondashuvsiz, kashfiyotlarsiz, yaratuvchanliksiz, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olmaslik jiddiy yutuqlarga yetaklamaydi.
Ijodiy yondashuv orqali murabbiyning boshqa qobiliyatlari ham namoyon bo‘ladi, mehnat samaradorligi oshadi. Ishga ijodiy munosabat, o‘quv-mashq jarayoni vazifalarini hal etishda samarali yo‘llarni tinimsiz izlash murabbiyning shaxsiy va kasbiy faoliyatining kuchayishiga olib keladi. Qiziqishlar bo‘yicha tanlanuvchi, fikrlab qilingan ijodiy mehnat jarayonida organizmning barcha funksional tizimlari eng samarali ravishda shakllanadi, bu inson genetik dasturini ro‘yobga chiqarishning asosiy yo‘lidir.
Murabbiyning san’atkorlik (artistlik) qobiliyati. Murabbiy uchun kasbiy faoliyatida san’atkorlik (artistlik) qobiliyati katta yordam beradi. San’atkorlikka ega odam doimo ishonarli, yorqin, isbotlangan va qiziqarli harakatlarni amalga oshiradi. Nutqni emotsional bezash, urg‘ularni o‘z o‘rniga qo‘ya olish, murabbiy so‘zlarining salmoqli, aniq, tushunarli, hatto “ko‘rgazmali” bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday hollarda ma’lumot faqat so‘zlar bilan ifodalanmaydi, balki ifodali mimika va harakatlarida ham namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, “dunyo teatr, odamlar esa aktyorlardir”, murabbiylar ham, o‘yinchilar ham muloqot jarayonida sotsial rollarini o‘ynaydilar. Rollar qanchalik aniq, ishonarli va ustalik bilan bajarilsa, muloqotning vazifalari shunchalik to‘liqroq amalga oshadi.
Adabiyotlarda san’atkorlikdan samarali foydalanishga misol sifatida, Napoleonning qobiliyatlari keltiriladi. U o‘z qo‘mondonlariga g‘azabini sochmoqchi bo‘lganida butun boshli minispektallar o‘ynagan va buni yuksak iqtidor bilan bajargan. Harbiy kengashda u o‘zini “yonib-tutash” darajasigacha olib borgan, emotsiya avjida o‘zidagi uchburchak nishonlarni, kiyimlarni yulib olgan, polga tashlab tepkilagan, o‘z qo‘l ostidagilardan noroziligini qattiq so‘zlarda ifodalagan. Harbiy kengashdan so‘ng esa yordamchisi Napoleon ushbu “mashg‘ulot” oldidan buyurtma berib qo‘ygan uchburchak belgilarning yangisini darhol olib kelib bergan.



Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish