Marketingda narx siyosati



Download 1,66 Mb.
Sana21.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#690032
Bog'liq
Marketingda narx siyosati. Mexri

Marketingda narx siyosati

Salimova mehribon

Reja:

1.Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi.

2. Narx shakllanish uslublarini tanlash.

Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi.

Narx - deganda maxsulot, xizmatlar uchun va uni sotib olish uchun iste'molchi sarf qiladigan pul miqdorini tushunamiz. Lekin, narx hamma vaqt ham pul shaklida ifodalanmaydi. Masalan, barter natural almashishining qadimiy shakli hisoblanadi.

Makroiqtisodiy nazariya bundan 150 yil ilgari ham, tovarni sotishga faqat narx yordamida ta'sir ko’rsatishi mumkin deb uqtirib o’tgan. Bu vaziyatni yuqori baholashnining asosiy sababi shundan iboratki, Adam Smit va David Rikardolar davrida faqat bir xil xom-ashyo va bir xil iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib,iste'molchilar diqqatini tovarning markasi, o’rami va reklamasi yordamida jalb qilish imkoniyati deyarlik mavjud bo’lmagan. Ikkinchidan, mahsulot narxiga asosiy e'tibor qaratilganligi, pulni miqdor jihatidan oson o’lchash mumkinligi va narxni sifatga nisbatan talab va taklifda oson qo’llash mumkinligi bilan tushuntiriladi.

Foydadan tashqari narx tovarning sotilish hajmiga, moliyaviy ko’rsatkichlariga, bozor ulushiga katta ta'sir ko’rsatadi. Ko’p hollarda, korxona tovarni eng yuqori narxda sotib, darhol foyda olishni ko’zlamasdan, egiluvchan narx siyosatini yuritishi kerak.

Raqobatchilar o’z faoliyatlarida ham narxga katta e'tibor beradilar. Tovar bozorda narx asosida va narxsiz ham raqobat qila olishi mumkin. Narx raqobati- deganda tovarning narxini o’zgartirish yo’li bilan raqobat kurashiga borish tushuniladi. Bunda, ko’pchilik hollarda narxni pasaytirishga harakat qilinadi. Albatta, narxni pasaytirayotgan firma yoki korxona raqobatchiga nisbatan kam xarajatlarga ega bo’lishi kerak. Korxona "narx urushi"ni e'lon qilishdan oldin o’zining va raqobatchining iqtisodiy barqarorligini obdon o’rganishi talab etiladi. Aks holda "narx urushi"ni e'lon qilib, mag’lubiyatga ham uchrash mumkin. Agar,raqobatchilar bir xil sharoitda bo’lsalar, u holda "narx urushi" o’z ahamiyatini yo’qotadi.

Narxsiz raqobatda esa narxning roli kamaytirilmaydi, balki birinchi o’rinda tovarning xususiyati, markasining obro’-e'tiboriga, servis darajasi va tovar bilan bog’liq boshqa omillarga e'tibor qaratiladi. Narxning katta-kichikligiga ichki va tashqi omillar ta'sir ko’rsatadi. Ichki omillarga korxonaning maqsadi, marketingi, marketing kompleksining ayrim elementlariga nisbatan qo’llaniladigan strategiya, xarajatlar va boshqalar kiradi. Korxona asosiy maqsadini o’zining rivojlanishida deb bilsa bir narx, mavjud faoliyatini uzoq muddat saqlab qolishga qaratsa boshqa narx belgilashi mumkin. Masalan, raqobat kuchaysa, iste'molchilarning ehtiyoji o’zgarsa, mamlakatdagi iqtisodiy ahvol yomonlashsa korxona ishlab chiqarish quvvatining ma'lum bir qismidangina foydalanishga harakat qiladi. Korxona o’zining faoliyatining to’xtab qolmasligi, tovarlariga bo’lgan talabni oshirish maqsadida ularni past narxlarda hamsotishga majbur bo’ladi. Aks holda, u o’z tovarlariga yuqori narx belgilaydi.

Marketing faoliyati nuqtai nazaridan narxning shakllanishiga quyidagicha yondashuvlarni ko’rib chiqish mumkin: - foydani uzoq muddat davomida maksimal darajaga ko’tarish; - foydani qisqa muddat davomida maksimal darajaga ko’tarish; - tarmoqda narx lideri statusini saqlab qolish; - yangi raqobatchilar paydo bo’lishiga to’sqinlik qilish; - savdo vositachilari tomonidan befarqlikni saqlab qolish; - korxonaning obro’sini saqlab qolish; - "kuchsiz mahsulotlar"ni sotishni yaxshilash; - "narx urushi"ning oldini olish.

Narx shakllanishi uslublarini tanlash

Korxona tovarga bo’lgan talabni, tovar ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan yalpi xarajatlarni hisoblab chiqib va raqobatchilar narxini o’rganib, o’zining tovariga narx shakllanish uslublarini belgilaydi. Odatda, tovarning narxi juda past va juda yuqori ham bo’lmasdan, balki shu ikki ko’rsatkich oralig’ida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shundaki, past narx foydani taьminlamaydi, yuqori narx esa talabni shakllantirmaydi.

Korxona narx shakllanishi muammosini echar ekan, u yuqorida keltirilgan mulohazalardan birini tanlab ish ko’radi. Bunda korxona tanlangan uslub tovarning aniq narxini hisoblashda to’g’ri ekanligiga ishonib faoliyat yuritadi. Quyidagi chizmada narx belgilashning 3 xil usuli ko’rsatilgan.

Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul eng oddiy hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha etkazib berishgacha bo’lgan jarayonda vujudga keladigan xarajatlarni va korxonaning oladigan foydasini qo’shishga asoslanadi.

Talabga asoslangan usul. Ko’pchilik hollarda korxonalar narxlashtirishning asosiy omili xarajatlar emas, balki tovarning iste'molchilar tomonidan xaridor sifatida qabul qilinishi, ya'ni tovarning xaridor xohlaydigan foydaliligidadir deb biladilar. Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuli. Korxonaning narx siyosatiga raqobatchilarning narxlari va bozorda narx o’zgarishiga raqobatchilarning munosabati katta ta'sir ko’rsatadi. Demak, raqobatchilar narxini o’rganish - narx shakllanishi sohasida muhim elementlardan biri hisoblanadi. Dastavval korxonaning narx siyosati bozor tipiga bog’liq ekanligini qayd etishi lozim.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish