Murabbiyning axloqiy sifatlari. Bu inson shaxsi yetukligining eng zarur va juda muhim sharti bo‘lib, axloqiy sifatlarsiz murabbiy bo‘lib ishlashning iloji yo‘q. Murabbiyni axloqsizligi uning shaxs sifatida inqirozga yuz burganligi, insoniy sifatlarining rivojlanmay qolganligi, tabiat bergan salohiyatni to‘liq qo‘llay olmayotganligini ko‘rsatadi. Yaxshi murabbiy axloqli bo‘lishi va tarbiyalanuvchilarini ham axloqiy yetuklikka o‘rgatish vazifasini birlamchi o‘ringa qo‘yishi zarur, aks holda sport o‘z-o‘zini yemirish omiliga aylanadi. Murabbiy shaxsining axloqiy yetukligi boshqalarni o‘qitish va tarbiyalashga axloqiy huquq beradi. Axir shaxsiy namuna – tarbiya asosidir.
Murabbiyning xushko‘ngillik, adolatlilik, sofdillik, beg‘arazlik, kek saqlamaslik, kechirimlilik kabi yuqori axloqiy shaxsiy sifatlari tarbiyalanuvchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Murabbiy axloqsiz xulq- atvori bilan o‘quvchilarni tarbiyalay olmaydi. Axloqsiz murabbiy bola va jamiyat uchun ham xavflidir. Axloqsizlik uning barcha xizmatlarini yo‘qqa chiqaradi, har qanday yo‘l bilan g‘alabaga erishishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Zamonaviy sportda moddiylik, shuhrat, ijtimoiy tan olinish – faqat muvaffaqiyatli murabbiylarning nasibasidir. Oramizda “g‘oliblarni hukm qilishmaydi”, degan fikr bo‘lsa-da, ko‘ngillarni vayron qiluvchi va shaxs
sifatida buzuvchi, sportga xos bo‘lmagan, ya’ni g‘alabaga har qanday yo‘l bilan erishishga qaratilgan axloqsiz usullar, ertami-kechmi hukm qilinadi.
G‘alabaga “chirkin” usullar bilan erishishning salbiy oqibatlari ushbu g‘alabaning bahosidan ko‘ra qimmatroqqa tushayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi. U “soxta g‘alaba”ga o‘xshaydi, sportchilar keyingi faoliyatidagi ko‘plab muvaffaqiyatsizliklarni oldindan belgilab qo‘yadi. Aslida, axloqiy qonun – inson mavjudligining qoidasi va shartidir, ular insoniyatning uzoq evolyutsion rivojlanishi jarayonida shakllangan. Zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatga erishish yo‘lida shaxsning o‘zgarishi muqarrar ravishda yemiruvchi omillarga olib keladi. Axloqsiz xulq-atvori uchun odamlar shubhasiz jazolanishadi.
Fuqaroviylik murabbiy xulq-atvorining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, faol holati hisoblanadi. U hokimiyatga emas, ziyoli odam hokimiyatga nisbatan doimo muxolifiyatda bo‘lishi, uni xatoliklardan ogohlantirishi va ularni to‘g‘rilashga undashi, balki jamiyatga, mamlakatga, insoniyatga xizmat qilishi lozim.
Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash fuqarolarning axloqiy yetukligida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Insonni Vatanga vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda boshqa madaniyatlar va an’analarga qarshi qo‘yilmagan o‘z madaniyatiga muhabbat sifatida qaralsa, bu ijobiy hisoblanadi. Inson madaniy merossiz aslo shakllanmaydi. Ko‘pincha, milliy va hududiy belgilari bo‘yicha asrlar davomida shakllangan kishilar jamoasining barqarorligini ta’minlovchi bir butun tuzilmani turli xil madaniyatlarni qabul qilish va tushunish zarur.
Kishilar o‘zaro munosabatlarining axloqiy madaniy asoslari yemirilishi, oxir-oqibatda, biologik tur sifatidagi insonning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Yaxshisi, qarama-qarshi kurashsiz, arzigan- arzimagan o‘ziga xosliklarni “himoya qilish” niqobi ostida “soxta vatanparvarlik” va shovinizmga o‘tib ketmasdan, boshqa madaniyatlarning foydali tomonlarni o‘z xalqi an’analariga singdirish, birgalikda madaniyatlarni boyitishga intilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |