338
(levirat). Podsho vafot qilgach uning ukasi akasini
beva ayoliga uylanib, podsho bo’lish
huquqiga ega
bo’lgan.
Er. avv. XIV asrdan - er. avv. XII asrlarigacha
Elam Bobilga qaram bo’ladi. Elam er. avv. 1155
yildan-er. avv. 1115 yillarda o’z mustaqilligini qayta
tiklaydi. Elam er. avv. VII asrdan boshlab,
Bobil
bilan ittifoqda Osuriyaga qarshi faol ko’rashadi. Er.
avv. 549-yilda forslar Elamni bosib oladilar.
Midiya podsholigi (er. avv. VII-VI
asrlar)
Midiya shimoliy–g`arbiy Eronda joylashgan edi.
Mamlakatning g`arbiy qismi Zagros tog`i hududi
bo’lib, keyinchalik Midiya Atropatenasi deb atalgan.
Atropatenadan sharqda Midiyani tekislik qismi
joylashgan. Er. avv. III–II ming yilliklarda bu
hududlarda kassit, kutiy, xurrit tillarida
so’zlashadigan o’troq va ko`chmanchi
chorvadorlar
yashaganlar.
Er. avv. VII asrda g`arbiy Eronda ilk siyosiy
birlashmalar paydo bo’ladi. Shunday birlashmalardan
biri Manna podsholigi edi. Er. avv. 672-yilda midiya
qabilalari yo`lboshchi Kashtariti boshchiligida
Osuriyaga qarshi qo’zg`olon ko`taradilar. Er. avv.
671-yilda midiyaliklar o’z hududlarining g`arbiy
qismidan osuriyaliklarni
haydab chiqarib, mustaqil
davlat tuzganlar. Kashtariti sekin-asta Midiya
339
qabilalarini birlashtiradi. Er. avv. VII asr o’rtalarida
Midiya qadimgi sharqda kuchli davlatga aylanadi. Er.
avv. 625-yil Kashtaritining o’g`li Kiaksar skiflarning
bosqinini bartaraf qilib, barcha midiya qabilalarini
birlashuvini to’liq tugallaydi va poytaxti Ekbatana
bo’lgan yagona davlat tuzadi. U qurol turlari bo’yicha
(nayzabardorlar, kamonchilar, otliqlar) bo’lingan
muntazam qo’shin tuzadi. Shundan so’ng, Midiya
raqibi Osuriyaga qarshi dastlab o’zi, keyin Bobil
bilan ittifoq bo’lib kurash boshlaydi. Er. avv. 612-yil
avgustida Midiya va Bobil qo’shinlari Osuriyaning
poytaxti Nineviyani yer bilan yakson qiladilar. Er.
avv. 609-yilda ular Xarran shahrida osur qo’shinlari
qoldiqlarini tor-mor qilganlar.
Midiya shimoliy
Mesopotamiya va Xarran viloyatini, janubda fors,
Kaspiy dengizini janubi-sharqidagi Parfiya va
Girkaniyani bosib oladi. Er. avv. 593 yilda
midiyaliklar Urartu, skif davlatlarini Sakasena va
Mannani o’ziga qo’shib oladi. Er. avv. 585-550-
yillarda podsholik qilgan Astiag davrida Midiya katta
va qudratli davlatga aylanadi. Bu
vaqtda Elam ham
qo’shib olinadi. Er. avv. 550-yilda Midiyaga qarshi
forslar qo’zg`olon ko`tarib, uni bosib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: