O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
Qadimgi Eron 


Eron iqlimi va aholisi 
Eron bepoyon tog`li va ko’p cho`llardan iborat 
kontinental iqlimli mamlakat. Dehqonchilik uchun 
qulay vodiylar, tog` oldi hududlari juda ko’p. 
Shimolda Elburs tog’ tizimi va unga Turkman, 
Xuroson tog`lari qo’shiladi. G`arbdan va janubdan 
Zagros va janubiy Eron tog`lari o’rab turadi. Janubiy 
g`arbiy Eronda (Xuziston) Korun va Kerxa daryolari 
vodiysida yuqori hosil beradigan yerlar mavjud.
Qadimgi g`arbiy Eronda elam, lulubey, qutiy 
(gutiy) va kassit hind-yevropa tillarida


335 
so’zlashadigan qabilalar yashagan. Eron so’zi
«ariana» - oriylar mamlakati degan ma'noni bildiradi. 
Er.avv. II ming yillikda oriy qabilalari Eron,
Hindiston, Markaziy Osiyo va Kavkaz ortiga
tarqalgan.
Qadimgi Eron tarixi manbalari va tarixnavisligi 
Eron tarixining alohida davrlari turli xil yozma
manbalarga boy. Yozuvlardan eng qadimgilari er.avv.
III-I ming yilliklardagi janubiy-g`arbiy Eron hududi
bo’lgan Elam tarixini yoritadi: ular podsho yozuvlari, 
huquqiy hujjatlar, bag`ishlov matnlari, davlatlararo
shartnomalardir. 
Qadimgi fors davlati tarixi bo’yicha manbalar
xilma-xil: bu xo’jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, 
amaldorlarning rasmiy yozishmalari. Hozirgi vaqtda
qadimgi fors tilida elam va akkad tillariga tarjima
qilingan 200 ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari 
chop etilgan. 1972 yilda fransuz arxeologlari
Suzada Doro I ning ulkan haykalini topdilar.
Haykal qadimgi fors, elam, akkad va misr iyeroglif
matnlari bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlari 
Persepol yoki Pasargadda, podsho Kserks yozuvlari 
nusxalari topilgan. Persepolda er.avv. III ming 
yillikka oid elam tilida mixxat bilan yozilgan 800 ta
hujjat topilgan.
Fors qabilalarini Old Osiyo chegaralaridagi 
harakati to’g`risida er.avv. IX-VII asrlarga oid


336 
Osuriya yezuvlari ma'lumot beradi. Bobil tarixiy 
xronikasi Mesopotamiyani forslar tomonidan bosib 
olinishi haqida hikoya qiladi. Forslar davriga oid loy 
taxtachalarda yezilgan 10000 ming bobil xususiy
huquqiy va ma'muriy xo’jalik hujjatlari mavjud.
Shuningdek, Misrdan forslar davriga oid turli xil
ma'muriy xo’jalik hujjatlari, podsho Kumbizning 
Misr ibodatxona mulklarini cheklash to’g`risidagi 
dekreti, Doro I ning Misr qonunlarini kodifikasiya
qilish to’g`risidagi farmoni katta qiziqish uyg`otadi.
Midiya va Eron tarixi bo’yicha ma'lumot 
beradigan manbalardan biri bu yunon mualliflarining 
asarlari hisoblanadi. Gerodot (er.avv. V asr)ning 
tarixi, Fukidid (er.avv. V asr) tarixi, Ksenofontning 
«Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari, 
sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si kabi 
asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy,
harbiy-diplomatik ma'lumotlar beradi. 
Eronda mezolit va neolit davriga oid
manzilgohlar, arxeologik topilmalar, kulolchilik 
buyumlari Suza shahrining ilk qatlamlari 
yedgorliklari, Eron poytaxt shaharlari Suza, Ekbatana
Pasargad xarobalaridan topilgan ulug’vor haykallar, 
qoya tosh relyeflari qimmatbaho metallardan qilingan
buyumlar-riton-qadahlar, harbiy qurollar va
taqinchoq-bezaklar topib o`rganilgan. Yevropa
olimlari J. de Margo va Grishman bu qadimgi 


337 
shaharlar xarobalarini o’rganib, eronshunoslik faniga
muhim hissa qo’shdilar.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish