O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Qadimgi Eron madaniyati 
Qadimgi Eron mafkurasida er. avv. I ming 
yillikda shakllangan diniy ta'limot zardushtiylik 
muhim o’rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi 
Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. 
Zardushtiylik dinining koxinlari diniy an'ana urf-odat 
va rasm-rusumlarni saqlovchi maglar bo’lgan.
Zartushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni taqiqladi, 
odamlarni bir-biriga mehribon bo’lishni targ’ib qildi.
Doro I er. avv. 520-yil atrofida zartushtiylikni rasmiy 
davlat dini deb e’lon qildi. 
Forsda qadimgi zartushtiylik tabiat xudolari 
Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik 
xudosi) va yorug`lik, oy, shamol qabilarni o’zida 


355 
ifodalagan xudolarga sig`inilgan. Fors podsholari 
zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din 
sifatida qabul qilgan bo’lsalarda eng qadimgi 
xudolardan voz kechmaganlar. 
Axmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik
qilganlar. Doro I Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib 
tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq
beradi. Misr ishgol qilingach, Kambiz Misr urf-
odatlari bo’yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma'buda
Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi. 
Doro 1 o’zini ma'buda Neytning o’gli deb e'lon 
qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga
bagishlab ibodatxonalar quradi.
Diniy e'tiqodni markazlashtirish maqsadida 
Kserks (er. avv. IV asr) Eronda diniy islohot 
o’tkazadi. U Mitra, Anaxita va Zardusht inkor qilgan 
boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo`q qilmoqchi 
bo’ladi. Bu islohot o’z maqsadiga erishmaydi, 
yarim asrdan so’ng, qadimgi xudolarga sig`inish yana 
keng avj oladi. Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy 
qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo’l 
quymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi 
ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini 
o’tashga majbur qiladilar.
Ahmoniylar davlati uchun turli xalqlarning 
madaniyati va diniy qarashlarni sinkretizmi xarakterli 
edi. Mamlakat turli hududlarining doimiy iqtisodiy – 
ijtimoiy va siyosiy aloqasi, madaniyatlarining


356 
o’zaro ta'siriga ijobiy turtki beradi. Turli 
xalqlarning yagona davlat hududiga yashab turishi 
xalqlarning, ilmiy bilimlari, san'at va adabiyotlarning 
bir-birini boyitishiga olib keldi.
Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil, Misr va 
Elamning qadimiy madaniyatlarini o’zlashtirib 
oladilar. Forslarning eng katta madaniy yutuqlaridan
biri o’ziga xos mixxatning yaratilishi bo’lgan. Fors
mixxati akkad alfavitidan farq qilgan holda bor-
yo`g`i 40 belgidan iborat bo’lib deyarli alfavitli 
yozuv bo’lgan.
Qadimgi fors me'morchiligining ulug`vor 
inshootlari Pasargad va Suzadagi saroy ansambllari
edi. Pasargad shahri maydoni 135000 kv.mni tashkil 
qiladi. Bundan tashqari, 12000 kv.m sun'iy maydon 
hosil qilingan.Tog` qiyaliklarini tekislash bilan bu 
sun'iy maydonda shaxar uch tomondan devor bilan 
o’rab olinib, turtinchi tomoni tog` qoyasiga chiqadi. 
Fors podsholari barpo qilgan Persepol saroyiga 110 
zinapoyali keng xashamatli pillapoyadan chiqilar edi. 
Doro I ning saroyi (apadana) 3600 kv.m. katta, 
tomining balandligi 20 m bo’lgan 72 ustunli zali 
bilan mashhurdir. Zinapoyaning bir tomonida 
rel'yeflar bilan 33 qaram xalqlarning xiroj olib
kelayotgani tasvirlangan. Bu haqiqiy etnografik
muzey, qaysiki bu yerda turli xalq va qabilalarning 
o’ziga xos kiyimlari, qurollari va ularning kasblarini 
ifodalaydigan tasvirlari toshga o`yib tushirilgan. 


357 
Persepolda boshqa ahmoniy podsholarning saroylari
ham joylashgan.
Persepoldan 3 km. o’zoqlikda Naqshi Rustam 
deb nomlangan qoyalarda Doro I va boshqa fors 
podsholarining rel'yeflar bilan bezatilgan qabrlari
mavjud. Doro I davrida Suzada katta qurilishlar olib 
borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib 
kelingan. Doro 1 ning yozuvlarida shunday deyilgan: 
«Kedr daraxti Livan tog`laridan olib kelingan, Suzaga 
uni kariylar, bobilliklar olib kelishdi. Yegoch
Gandxara va Karmaniyadan olib kelingan. Bu yerda 
ishlatilgan oltin Lidiya va Baqtriyadan olib kelingan.
Feruza Xorazmdan, kumush, eban daraxti Misrdan
saroy devorlari uchun bezaklar Ioniyadan, fil suyagi 
Efiopiya va Kariyadan olib kelingan edi. Tillakor
ustalar midiyalik va misrliklar edi. Yog`ochga naqsh 
beradiganlar misrliklar bo’lgan. Ahmoniylarning 
saroylari fors davlatining kuch-qudratini ramziy 
ma'noda aks ettirishi kerak edi.
Qadimgi fors san'ati, Eron madaniyati an'analari 
Bobil, Misr, Osuriya va boshqa xalqlarning badiiy 
an'analari va texnika usullarining sintezi edi.
Qadimgi fors san'ati namunalari ichida nozik did bilan 
ishlangan toshdan ishlangan vazalar, metall qadah, fil 
suyagidan yasalgan riton qadaxlar, zeb-ziynat
buyumlari, lazurit haykallar mavjud. Badiiy buyumlar 
ichida agat, xalqidon, yashma kabi qimmatbaho 
toshlardan ishlangan silindrsimon muhrlarda


358 
podsholar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy
mavjudotlar tasviri tushirilgan. Ular nihoyatda 
mohirlik bilan yasalgan bo’lib, haqiqiy san'at asari 
xisoblanadi. Fors san'atida ayniqsa o’simlik va 
xayvonlarni hayotiy tasvirlari bo’lgan badiiy 
buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi.


Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish