2-chi lot: Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Farg’ona va Jizzax shaharlari transport telekommunikatsiya tarmog’ini qurilishi Loyihaning mazkur loti bo’yicha Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida Kompaniyaning mustaqil transport tarmog’ini qurish ko’zda tutilgan bo’lib, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida hamda Farg’ona va Jizzax shaharlarida 36-ta zamonaviy raqamli uzatish qurilmalarini keltirish va ularni o’rnatish, shuningdek, optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish ko’zda tutildi. 2007 yil 1 noyabrida “O’zbektelekom” AK tomonidan “Qarshi -Termiz” yo’nalishi bo’yicha uzunligi 360 km.dan ziyod bo’lgan optik tolali magistral aloqa liniyasi qurilishini o’z nihoyasiga etkazdi. Shuningdek, STM-16 qatlamidagi (tezligi 2.5 Gbit/s) raqamli uzatish tizimlarini montaj qilib, ekspluatatsiyaga topshirdi. “Qarshi-termiz” yznalishi bo’yicha barpo etilgan yangi magistral hamda parallel ravishda joriy etilgan raqamli radiorele liniyalari Tojikiston va Afg’oniston yo’nalishidagi xalqaro aloqa kanallarini kengaytirishga va zaxiralashga, shuningdek, mamlakatimiz hududidagi telefon aloqa xizmatlarini ko’rsatishga va axborotni etkazish salohiyatini oshirishga, Internet trafigi va uning tranzit yo’nalishidagi imkoniyatlarini yanada kengaytirishga zamin yaratadi.
3 –chi lot : Toshkent shahar mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini NGN (keyingi avlod tarmog’i) va TDM (kanallarni vaqt bo’yicha ajratish) texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish va rivojlantirish Toshkent shahar mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini keyingi avlod tarmog’i NGN va TDM texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish va rivojlantirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Lizing asosida imzolangan shartnoma doirasida Toshkent shahri telekommunikatsiya tarmog’idagi 45-ATS hamda 2-chi va 9-chi telefon bog’lamalaridagi eskirgan analog rusumdagi ATSlari rekonstruktsiya qilindi.Loyihaning umumiy sig’imi 69 800 abonent raqam va 6 030 ta bog’lovchi liniyalarini tashkil qiladi. Hozirgi kunda montaj ishlari tugatildi. Abonentlarni qayta ulash va razblokirovka qilish ishlari nihoyasiga etkazildi. 4-chi lot: Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari kommutatsiya tarmog’ini rekonstruktsiya qilish Mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini zamonaviylashtirish, raqamli texnologiyalar asosida barpo etish, ko’rsatilayotgan aloqa tarmog’ining ishlash sifatini sezilarli darajada yaxshilash, abonentlarga yangi turdagi turli aloqa xizmatlari taqdim etish, shuningdek, mijozlarga yuqori tezlikdagi Internet tarmog’idan foydalanishni tashkil etish maqsadida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi eskirgan analog rusumidagi telekommunikatsiya stantsiyalarini zamonaviy telefon stantsiyalariga almashtirish va ularning sig’imi oshirish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Mazkur loyiha doirasida umumiy abonent sig’imi 77 500 dan ziyod raqamli zamonaviy kommutatsiya qurilmalarini keltirildi.Hozirgi kunda montaj ishlari yakunlanib, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari aholisiga sifatli aloqa xizmatlari ko’rsatilishi yo’lga qo’yildi.