Respublikaning barcha provayderlariga Xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) orqali jahon to’ri Internet tarmog’idan foydalanish xizmatlarini taqdim etib kelinmoqda. “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasida Internet tarmog’i va ma’lumotni uzatish tarmog’idan foydalanish uchun kompaniya filiallari tomonidan xDSL va RadioEthernet texnologiyalaridan qo’llagan holda ajratilgan liniya va Dial-Up orqali ulanishni amalga oshirib borilmoqda. “O’zbektelekom” AK ma’lumotni uzatish tarmog’i xizmatlari turkumlariga Internet tarmog’idan foydalanish, elektron pochta, VPN, videkonferentsaloqa, korporativ tarmoqlarni ishlab chiqish va qurish kabi xizmatlar o’rin olgan. “O’zbektelekom” AK xalqaro tovushli aloqa VoIP shlyuzi orqali oldindan to’lanadigan kartochkalar yordamida xalqaro telefon aloqasi va Internet xizmatlarini taqdim etib kelinmoqda.Kompaniya ikkita xalqaro kommutatsiya markazlari orqali an’anaviy aloqa sohasidagi 20dan ortiq xalqaro operatorlar bilan hamkorlik rishtalarini yo’lga qo’ygan va ular orqali xalqaro aloqa xizmatlarini ko’rsatib keladi.Kompaniyaning “O’zbektelekom Mobayl” filiali Respublikaning barcha hududlarida CDMA 450 standarti asosidagi mobil aloqa va ma’lumotni uzatish xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. O’quv jarayonlarini takomillashtirish hamda “O’zbektelekom” AK mutaxassislari malakasini oshirish maqsadida, 2003 yili O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O’zAAA) va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) ning bevosita ishtirokida ixtisoslashgan “Inejener-texnik markazi” filiali tashkil etildi.
«O’zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va modernizatsiyalash” investitsiya loyihasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 23 yanvaridagi “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasining telekommunikatsiya tarmog’ini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq Xitoy taraqqiyot banki (CDB) va Huawei Technologies kompaniyasi bilan hamkorligida “O’zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va modernizatsiyalash” investitsiya loyihasini tadbiq etish ishlari boshlab yuborildi.Umumiy qiymati 21 283,7 ming AQSh dollarini tashkil etgan mazkur loyiha doirasida lizing asosida quyidagi loyiha tadbiqi amalga oshirilmoqda. 1-chi lot: CDMA-450 tarmog’ini kengaytirish. O’zbekiston Respublikasining barcha hududlariga ikkita kommutatsiya markazi va 70 –ta baza stantsiyalarini keltirish ko’zda tutildi. Bu borada, O’zbekiston Respublikasi mutsaqilligining 16 yillik bayrami arafasida Kompaniyaning “O’zbektelekom Mobayl” filiali respublikaning barcha viloyatlari aholisiga eng zamonaviy mobil aloqa xizmatini taqdim eta boshladi. Mazkur loyihaning ushbu loti bo’yicha “O’zMobayl” filialining mobil aloqa tarmog’ini kengaytirish, xususan, Toshkent viloyati 10 000, Namangan viloyatida 10 000 va Samarqand shahrida 30 ming raqamlarga xizmat ko’rsatuvchi zamonaviy kommutatsiya markazlari ekspluatatsiya topshirildi.