1.15. - rasm. Karyer ko’ndalang kesimi sxemasi: a, b, v – mos ravishda yotgan, qiya va tik qiya qazilmalar
Qiya konlar deb, yotish burchagi 8-30⁰ bo’lgan konlarga aytiladi. Bunday konlarni qazib olgandan keyin karyerning borti yotgan tomondan tekislamasdan ham o’z turg’unligini saqlab qoladi (faqatgina osilgan yonlar qazib olinadi). Yon qiya yuzaning turg’un emasligi sababli, qazib olingan maydon qoplovchi tog’ jinslarini joylashtirishga qo’llanilmaydi (1.15-rasm.).
Yotish burchagi 30⁰ dan yuqori bo’lgan konlar tik qiya konlar deyiladi. Karyer bortlariga turg’un qiya burchaklarni berish maqsadida, yotgan va osilgan yonlardagi tog’ jinslari qazib olinadi.
Konning qalinligi uning qazib olish usulini tanlashni belgilab beradi. Konlarning katta, o’rta, kichik va juda kichik qalinlikdagi turlari mavjud.
Juda kichik qatlamli nishab konlar (2-3m)ni yuklagichlar, shnekli burg’ulash mashinalari va boshqa mashinalar bilan qazib olish maqsadga muvofiq. Kichik qalinlikdagi (4-20m) konlar bitta pog’ona bilan qazib olinadi, o’rtacha qalinlikdagi (15-40m) qazilmalar – ikkita pog’ona bilan va katta qalinlikdagi konlar (40m dan yuqori) – uchta va undan ko’p pog’onalar bilan qazib olinadi.
Juda kichik qalinlikdagi (10-20m) va kichik qalinlikdagi (20-70m) qiya va tik qiya konlarni qazib olishda, keyingi qatlamni qazib olishni yuqoridagi qatlamni qazib olgandan keyin amalga oshiriladi (1.16-rasm.). O’rtacha qalinlikdagi (60-100m) konlarni qazib olish uchun navbatdagi qatlamni qazib olishni yuqoridagi qatlamni to’liq qazib olmasdan turib ham amalga oshirish mumkin. Katta qalinlikdagi (100-150m) konni bir vaqtda bir necha qatlamlarni qazib olish mumkin.
1.16. - rasm. Juda kichik va kichik (a), o’rtacha (b) va katta (v) qalinlikdagi qiya va tik qiya konlarni qazib olish sxemasi: - qazilmaning gorizontal qalinligi
Tuzilishi bo’yicha konlar izometrik, plitasimon va quvursimon (ustunsimon) bo’ladi.
Konlarning tuzilishi karyer maydonining tuzilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Tuzilishi va o’lchamlari bo’yicha karyer maydonlari keng, cho’zilgan va aylanasimon bo’ladi.
Keng karyer maydonlari rejada katta o’lchamda (karyer maydoni rejada 40 gacha bo’ladi) uncha katta bo’lmagan chuqurlikka egaligi bilan xarakterlanadi. (100m gacha). Karyer uzunligi uning kengligiga nisbati 2:1 ko’rinishda bo’ladi.
Cho’zilgan karyer maydonlari yotishi bo’yicha katta o’lchamlarga ega bo’ladi ( 3-5km gacha) va yotishi bo’yicha qirqimi kichik bo’ladi. Bunday karyerlar qiya va tik qiya qatlamsimon konlar uchun xos. Karyerlar chuqurligi 300m va undan yuqorigacha.
Aylanasimon karyer maydonlari tubi bo’yicha uncha katta bo’lmagan o’lchamlari va katta chuqurlikka ega bo’ladi (800m gacha).
Tuzilishiga ko’ra qazilmalar oddiy, murakkab va tarqoqlashgan bo’ladi.
Oddiy konlar bir turli tuzilishga ega (katta miqyosda qoplovchi tog’ jinsi qatlamlariga va konditsion bo’lmagan aralashmalarga ega bo’lmaydi), bu esa konni butun qalinligi bo’yicha oddiyroq bo’lgan yoppasiga qazib olish imkonini beradi.
Murakkab konlar qoplovchi tog’ jinsi qatlamlariga va konditsion bo’lmagan aralashmalarga ega bo’ladi. Bunday konlarni selektiv (alohida) usulda qazib olish mumkin.
Tarqoqlashgan konlarda foydali qazilma tanalari qoplovchi tog’ jinsi bilan muayyan ajralishlar bilan joylashmaydi. Bu konlarni qazib olish uchun maxsus usullardan foydalaniladi va ekspluatatsion kuzatishlar amalga oshiriladi.
Ochiq kon ishlarini olib borishda iqlimiy omillar katta ta’sir qiladi (yomg’irlar, shamol). Katta miqdorda qor yog’ishi karyer transportining ishini qiyinlashtiradi (shimoliy tumanlar uchun yilda 230-250 kun qor yog’ishi davom etishi mumkin). Past haroratlarda kon mashinalarining metall tuzilmalari nimjon bo’lib qoladi. Bu kon uskunalarining avariyalariga va turib qolishiga olib keladi. Ob-havoning qattiqligi qattiqlik ko’rsatkichi (ball) bilan aniqlanadi, va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bunda, - havo haroratining absolyut ko’rsatkichi, ⁰S;
- shamol tezligi, m/s.
Havoning qattiqligi karyer ishining rejimini aniqlab beradi. Havoning qattiqligi 10 dan 30 ballgacha bo’lganda har soatda 10 daqiqalik isinib olish uchun to’xtashlarni amalga oshirish ma’qul. Havoning qattiqligi 30 dan 40 ballgacha bo’lganda davriy ishchilarning isinishidan tashqari ish kunining davomiyligi 1 soatga qisqaradi. Havoning qattiqligi >40 ball bo’lganda, odamlarning ochiq havoda ishlashi minimal ko’rsatkichga olib kelinadi.
Yyer osti suv tashuvchi gorizontlarning mavjudligi ochiq kon ishlari texnologiyasi va mexanizatsiyalashni tanlashga katta ta’sir qiladi. Nisbatan kam suvli konlarda ochiq kon ishlarini olib borish maqsadga muvofiq. Konning suvlanganligi suvlilik koeffitsiyenti ( ) bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bunda, - muayyan davr ichida karyerdan chiqarilgan suv hajmi, ;
- shu davr ichida qazib olingan foydali qazilma hajmi, t.
Suvlilik koeffitsiyenti qazib olinadigan foydali qazilmagan qancha miqdorda suv to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Kuchli suvlangan konlar uchun nisbatan nimjon tog’ jinslari bilan, yuqori filtratsiya koeffitsiyentiga ega holda bu ko’rsatkich 10 ga etadi. Bunday hollarda karyer bortlarining turg’unligini ta’minlash uchun maxsus operatsiyalar amalga oshiriladi.