O’zbekston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


OCHIQ KON ISHLARINING DAVRLARI VA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI



Download 403,24 Kb.
bet4/6
Sana15.05.2022
Hajmi403,24 Kb.
#603909
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mustaqil ish Maulenov Nurlibek

3. OCHIQ KON ISHLARINING DAVRLARI VA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI


Konlarni ochiq usulda qazib olish to’rtta davrni o’z ichiga oladi.
Birinchi davr, tayyorlash davrida, keyingi davrlarda xavfsiz va yuqori unumli kon uskunalari va transport vositalarini ishini ta’minlash ishlari olib boriladi. Bu davrning vazifalariga, konni quritish, yyer yuzasini tayyorlash va yuqoridan kelishi mumkin bo’lgan suv oqimlaridan chegaralash ishlari kiradi. Konning yuzasini tayyorlash o’z ichiga, o’rmon va butalarni arralash, torf qatlamini yo’qotish (suvni ushlab qoluvchi), botqoq va ko’llarni quritish, ariq va daryolarni yangi oqimlarga yo’naltirish, yo’llarni ko’chirish, yoritish va kuchlanish liniyalarini ko’chirish va boshqa ishlarni o’z ichiga oladi.
Konning gidrogeologik holatlariga ko’ra, qo’llaniladigan kon va transport uskunalarining turiga ko’ra, qoplovchi tog’ jinslarining fizik-texnik xususiyatlariga ko’ra va ularning namlik ta’sirida o’zgarishiga ko’ra, quritish yuzaviy, yyer osti va aralash usul bilan amalga oshirilishi mumkin.
Yuzaviy quritish usuli maxsus qazilmalar o’tishga asoslanadi (suv kamaytiruvchi va suv yutuvchi skvajinalar, gorizontal drenajlar), bunda suv qazilmalardan o’z oqimi bilan yoki nasoslar yordamida karyer maydonidan tashqariga chiqariladi. Yuzaviy quritish usuli suv tashuvchi gorizontlar uncha katta bo’lmagan chuqurlikda (80-100m), yaxshi suv qaytarish qobiliyatiga ega tog’ jinslarida qo’llaniladi (qum, supes va boshqalar). Bu usul yyer ostidan ko’ra arzonroq.
Yyer osti quritish usuli maxsus yyer osti qazilmalar (shaxta, shtrek, shtolnya) va suv cho’zish uskunalarini hosil qilishga asoslangan (uriluvchi va drenaj filtrlari va boshqalar). Suv maxsus yyer osti suv yig’gichlarga borib tushadi va nasoslar yordamida yyer yuzasiga chiqariladi.
Aralash suvni chiqarish usuli yer usti va yyer osti usulining umumumlashgani hisoblanadi.
Karyerni yyer yuzasidan kelishi mumkin bo’lgan suvlaridan chegaralashda uning chegaralarida kichikroq bo’lgan suv tashuvchi kanavlar qazish bilan va ular yordamida suvni ko’chirish bilan amalga oshiriladi.
Qurilish davri deb ataluvchi ikkinchi davrda , ochuvchi va qazuvchi ishlarning boshlang’ich fronti yaratiladi, bu esa, konning rejaviy va xavfsiz qazib olinishini ta’minlaydi. Bu davrning vazifalariga maxsus kon lahimalarini o’tish, karyerdan muayyan hajmda kon massasini olish va ishchi gorizontlarga kirishni ta’minlovchi transport aloqalarini qurish kiradi. Qurilish davrining yakunlanishi bilan karyer foydalanishga topshiriladi va mustaqil xo’jalik hisob tashkiloti sifatida ishlaydi. Gorizontal konlarni qazib olishda kon-kapital ishlar qurilish davrida yakunlanadi. Qiya va tik qiya konlarda karyerning chuqurlashishi bilan yaxshi jihozlangan kon lahimlarini o’tish talab qilinadi, bu pastki gorizontlarning yuqori gorizontlar bilan yaxshi aloqasini ta’minlaydi. Bu kon lahimlari ham, kapital kon lahimlariga kiradi. Zamonaviy karyerlarni qurishda kon-kapital ishlarning hajmi bir necha million metr kubga yetadi.
Uchinchi davrekspluatatsion davr. Bu davrda, kon ishlari foydali qazilmaga yetib borish uchun qoplovchi tog’ jinslarini tizimli ravishda olib tashlashni va talab etilgan ish frontini ta’minlovchi - ochish ishlar (qo’llanilishi bo’yicha ochuvchi ishlar tayyorlov ishlari hisoblanadi), hajm va konditsiya bo’yicha davlat rejasiga asosan foydali qazilmani qazib olishga qaratilgan qazib olish ishlariga (qo’llanilishi bo’yicha qazib olish ishlari tozalash ishlari ham bo’lishi mumkin) bo’linadi.
To’rtinchi davr davomida yerlarni rekultivatsiya qilish amalga oshiriladi (tiklash).
Konni qazib olishning boshlang’ich davridagi ko’rilgan ishlar ketma-ket bo’ladi, va keyin birining ikkinchisiga ko’ra nisbatan oldinlashi bilan amalga oshiriladi. Misol uchun, tayyorlash davrining ishlari kon-kapital ishlardan, ochish ishlari esa – qazib olish ishlaridan oldinlaydi.
Yuqori aytilgani kabi, konlarni ochiq usulda qazib olishda asosiysi kon – kapital, ochish va qazib olish ishlari hisoblanadi. Bu ishlardan maqsad, muayyan hajmda kon massasini massivdan ajratib olish. Ochiq kon ishlarini xarakterlaydigan asosiy ishlab chiqarish jarayoni bu, tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash, qazish-yuklash ishlari, kon massasini tashish, qoplovchi tog’ jinslaridan ag’darma hosil qilish, qazib olingan foydali qazilmani omborlarga joylashtirish hisoblanadi.
Kon massasini qazib olishga tayyorlash jarayoni tog’ jinsini tabiiy holatini o’zgartirishga va shu bilan oson qazib olishga qaratilgan ishlarni o’z ichiga oladi. Amaliyotda tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlashning burg’ulash-portlatish usuli keng qo’llaniladi, bu usul yarim qoyali va qoyali tog’ jinslarini massivdan ajratishga va ularni kerakli bo’laklarga bo’lishga qaratilgan.
Qazish-yuklash ishlari kon massasini bevostida massivdan yoki yumshatilgan kon uyumidan olib transport vositalariga yuklashga qaratilgan. Qazish va yuklash ishlari bitta mashina bilan amalga oshiriladi.
Kon massasini tashish jarayoni o’z ichiga kon massasini karyerdan tashqariga tashishga qaratilgan ishlarda transport vositalarining to’xtovsiz va xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.
Ag’darma hosil qilish va omborlarga cho’zish ishlarida qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilmalarni maxsus ajratilgan maydonlarga joylashtirishga qaratilgan ishlar bajariladi.
Karyerdagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan ishlarda ishlarning xavfsiz va to’xtovsiz amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan ishlar yordamchi ishlar deyiladi. Bunga, temir yo’llarini ko’chirish, aloqa va elektr tizimi yo’llarini qurish, transport aloqalarini tuzatish va boshqa ishlar kiradi. Bu ishlar maxsus uskunalar bilan bajariladi.
Barcha ko’rib chiqilgan ishlar bir ochiq kon ishlarining ajralmas bo’g’ini hisoblanadi va o’zaro bog’langan hisoblanadi. Ba’zi hollarda bu pog’onalarning ba’zi bo’g’imlari bo’lmasligi mumkin.
1.5-jadvalda alohida ishlab chiqarish jarayonlari bo’yicha ochish ishlarini amalga oshirishda kon massasini karyerdan tashqariga tashish bilan bo’lgan harajatlar ko’rsatilgan (prof. V.S.Xoxryakov).
1.5.- jadval


Download 403,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish