MAVZU:OCHIQ KON ISHLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT REJA: POG’ONA VA UNING ELEMENTLARI
OCHIQ KON ISHLARINING TABIIY OMILLARGA BOG’LIQLIGI
OCHIQ KON ISHLARINING DAVRLARI VA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI
POG’ONA VA UNING ELEMENTLARI
Pog’ona shakliga ega bo’lgan qavat ko’rinishidagi tog’ jinsi qatlami pog’ona deyiladi (1.12-rasm.). Pog’onani yuqori va pastdan chegaralovchi gorizontal yuza pog’onaning yuqori va pastki maydoni deyiladi.
1.12. - rasm. Pog’ona sxemasi: 1 – pog’onaning yuqori maydonchasi; 2 – pog’onaning pastki maydonchasi; 3 – pog’ona qiyaligi; 4 – pog’onaning yuqori brovkasi; 5 – pog’onaning pastki brovkasi; 6 – pog’ona zaboyi; - pog’ona qiyalik burchagi
Yuqori va pastki maydonlar orasidagi vertikal masofa pog’ona balandligi deyiladi. Transport yo’llari joylashgan pog’ona maydoni pog’onaning transport gorizonti deyiladi (1.13-rasm.). Pog’ona karyerning asosiy texnologik elementlaridan biri hisoblanadi. Qazib olinadigan massivni pog’onalarga bo’lishda kon uskunalarining ishchi parametrlarini, tog’ jinslarining fizik-texnik ko’rsatkichlarini, ularning yotish holati, konning kon-geologik va iqlimiy sharoitlarini inobatga olish kerak. Ish olib boriladigan pog’onaning aniqlovchi belgisi, bu transport gorizontining joylashuvidir. Har bir pog’ona bitta transport gorizontiga ega. Transport gorizontini pog’ona markazida joylashtirishda pog’ona ikkita: yuqori va quyi pog’onachaga bo’linadi (1.13-rasm.). Pog’onani qazib olishga mo’ljallangan uskunalar joylashgan maydon ishchi maydon deyiladi. Ishchi maydonning kengligi pog’ona balandligidan 2-4 marta katta bo’ladi.
1.13. - rasm. Karyerning ko’ndalang kesimi: 1 – yuqori pog’onaning ishchi maydonchasi; 2 – pastki pog’onaning ishchi maydonchasi; 3 – transport vositalari; - pog’ona balandligi; - nimpog’ona balandligi
Ish olib borilmaydigan, uncha katta bo’lmagan kenglikdagi berma deyiladi. Qo’llanilishiga ko’ra bermalar himoyalovchi va transport (bog’lovchi) bermalari bo’ladi. Himoyalovchi bermalar karyerning qurilish vaqtida ishchi bo’lmagan bortlarda yoki pog’onadagi ishlar yakunlangandan (pog’onani tugatishda) so’ng qoldiriladi. Bermalar kengligi oraliq bermalar orasidagi vertikal masofa bo’yicha uchdan bir qismidan kam bo’lmagan holatda qabul qilinadi. Bermalar ko’pi bilan har uchta pog’onadan keyin qoldirilishi lozim. Bermalarning kengligi barcha hollarda ularning mexanik tozalanishini ta’minlashi kerak. Bunday bermalarni tozalash uchun buldozerlar, uncha katta bo’lmagan ekskavatorlar, yuklagichlardan foydalaniladi. Transport bermalari karyerning transport aloqalarini o’rnatishga qo’llaniladi. Transport bermalarining kengligi transport vositalarining turiga va harakatlanish jadalliligiga ko’ra tanlanadi.
Qazib olingan tomoni bo’yicha pog’onani chegaralovchi qiya yuza pog’ona qiyaligi deyiladi. Pog’ona qiyaligining uning yuqori va quyi maydonlari bilan kesishish chizig’i mos ravishda yuqori va pastki brovka deyiladi. Gorizontal maydon va pog’ona qiyaligi bilan hosil bo’ladigan burchak (1.12.-rasm.) pog’ona qiyalik burchagi deyiladi. Pog’ona qiyalik burchagiga ko’ra pog’ona qiyaligi turg’un va noturg’un holatda bo’lishi mumkin. Burchaklar qisqa muddatli va uzoq muddatli turg’un bo’lishi mumkin. Qisqa muddatli burchaklar muayyan vaqt ichida ishlar olib borishni ta’minlaydi (bir necha oy), bu esa ish olib boriladigan (doimiy harakatlanadigan) pog’onalarda xavfsiz ishlar olib borishilishini ta’minlaydi. Uzoq muddatli turg’un bo’lgan pog’ona burchagi karyerning butun ishlash vaqtida pog’onaning xavfsiz ishlashini ta’minlashi kerak (ishchi bo’lmagan pog’onalar).
Qisqa muddatli turg’un bo’lgan pog’ona burchagi muayyan vaqt davomida yemiriladi va shu tog’ jinsi turi va joylashish sharoiti uchun uzoq muddatli turg’unlik holatiga mos keluvchi qiyalik burchagini hosil qiladi. Zichlik, ushlanuvchanlik va tog’ jinslarining ishchi ishqalanishi pog’ona qiyalik burchagini hosil qiluvchi asosiy fizik-texnik xususiyatlardir. Pog’onaning qiyalik burchagi shuningdek uning balandligiga bog’liq (1.3. - jadval.).
jadval