«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
4.3.1. Kernni tekshirish 
Burg’ilash chog’ida quduqdan olingan jins namunalari yordamida turli litologik 
tarkibli jinslarning birlamchi tavsifi va qatlamlar chegarasi aniqlanadi. So’ngra 
laboratoriya tadqiqotlari majmuasi bajarilib, jinslarni petrofizik xususiyatlari 
o’rganiladi va ularning litologik tarkibi aniqlanadi. Olingan kern mufassal 
tekshiriladi va tavsiflanadi. Buning uchun u bo’ylamasiga ikkiga bo’linadi. Jins 
namunalarining tavsifi burg’ilash jarayonining geologik hujjatining asosiy qismini 
tashkil etadi. Quduqdan olinayotgan kern dastlab texnik-geolog ― kollektor 
tomonidan tavsiflanadi, yakuniy tavsiflash geolog tomonidan amalga oshiriladi. 
Kernni makroskopik o’rganishda lupa (katta qilib ko’rsatadigan ikki tomoni qabariq 
shisha), xlorid kislota va benzindan foydalaniladi. 


11 
Kernni tekshirish natijasida quyidagi asosiy ma’lumotlar olinadi: 
1) neft va gaz belgilarining borligi; 
2) jinslarning litologik tavsifi va ularning stratigrafik xususiyatlari;
3) jinslarning kollektorlik xususiyatlari; 
4) jinslarning strukturaviy xususiyatlari va ularning mumkin bo’lgan joylashish 
sharoitlari. 
Neft va gaz belgilarining borligi.
Neft va gaz belgilari dastlab kern quduqdan 
chiqarib olingan vaqtda uni sinash yuzasi bo’yicha, keyinchalik esa geologiya 
bo’limi va laboratoriyada mufassal o’rganilishi lozim. Kerndagi neft belgilarini 
geologiya bo’limida o’rganishda, odatda benzin yordamida so’rib olish usulidan 
foydalaniladi. Buning uchun namuna maydalanadi va probirkaga joylashtiriladi, 
so’ng unga namuna yuzasidan 1-2 sm oshirib benzin quyiladi. So’ngra probirka 
chayqatiladi va bir necha minut tindiriladi. Agar benzin sariq rangga kirsa, namunada 
neft borligi ma’lum bo’ladi. Neftli yoki gazli gorizontdan olingan kern yuzasiga 
xlorid kislota tomizilsa, odatda u namlanmaydi. Neft mavjudligi alomatlarini 
aniqlash uchun, shuningdek, kuchli erituvchilar (masalan, xloroform) ham ishlatiladi. 
Bunday erituvchilar bilan ishlov berilgan jins namunalarida va suzg’ichdan 
o’tkazilgan moddalarda jigarrang izlar qoladi. 
Laboratoriya sharoitida nisbatan takomillashgan metodlardan foydalaniladi
masalan, lyuminestsent tahlil yordamida namunadagi juda oz miqdordagi bitumni 
ham aniqlash mumkin. 
Kerndagi neft belgilari makroskopik usulda ham o’rganiladi. Odatda engil neft 
kuchsiz namoyonlanadi, kernning yangi singan yuzasidan kuchli benzin hidi anqib 
turadi. Og’ir neft esa buning aksi bo’lib, juda ko’p belgilarini namoyon qiladi, 
namunaning yangi singan yuzasida esa benzin hidi bo’lmaydi. Suv-neft tutash yuzasi 
zonasidan olingan kernda neft va suv uchraydi, yangi singan yuza nam bo’lib, 
suyultirilgan xlorid kislota tomchisida yaxshi namlanadi. Kerndagi neft belgilarini 
baholashda soxta alomatlar ham uchrashini hisobga olish zarur. Soxta belgilar qisilib 
qolgan burg’ilash uskunalarini neftli vanna usulini qo’llab chiqarib olishda 
ishlatilgan neftdan bo’lishi mumkin. Kernda neft alomatlarining namoyonlanish 
shiddati quduq debiti bilan emas, balki neft sifatiga ham bog’liqdir.
Quduqni burg’ilash chog’ida neft-gaz namoyonlanishini o’rganish uchun dastlab 
ularni qanday intervaldan kelayotganligini aniqlash kerak. Geolog-neftchining 
quduqni burg’ilash chog’idagi asosiy vazifasi ochilgan neft va gaz gorizontini 
o’rganishdan iborat. Bu maqsadda burg’ilash eritmasi, kern, olingan namunalar keng 
miqyosda o’rganiladi, shuningdek quduqda kon-geofizik tadqiqotlari bajariladi. 
Mahsuldor gorizontdan kern olish va uning neftga tabiiy to’yinishini saqlab qolish 
maqsadida kern olib qo’yiladigan namunaolgichdan foydalaniladi. U burg’ilash 
quvurlari birikmasini quduqda qoldirgan holda kernni yer yuzasiga chiqarish 
imkonini beradi. Turli konstruktsiyadagi namunaolgichlar sinalayotgan qatlamda 
suyuqlik oqimini harakatga keltirish va qatlamdagi neft, gaz hamda suvdan namuna 
olish uchun xizmat qiladi. Laboratoriya tahlili uchun 2-3 l neft, 1 l qatlam suvi 
olinadi. 


12 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish