4.3.1. Kernni tekshirish
Burg’ilash chog’ida quduqdan olingan jins namunalari yordamida turli litologik
tarkibli jinslarning birlamchi tavsifi va qatlamlar chegarasi aniqlanadi. So’ngra
laboratoriya tadqiqotlari majmuasi bajarilib, jinslarni petrofizik xususiyatlari
o’rganiladi va ularning litologik tarkibi aniqlanadi. Olingan kern mufassal
tekshiriladi va tavsiflanadi. Buning uchun u bo’ylamasiga ikkiga bo’linadi. Jins
namunalarining tavsifi burg’ilash jarayonining geologik hujjatining asosiy qismini
tashkil etadi. Quduqdan olinayotgan kern dastlab texnik-geolog ― kollektor
tomonidan tavsiflanadi, yakuniy tavsiflash geolog tomonidan amalga oshiriladi.
Kernni makroskopik o’rganishda lupa (katta qilib ko’rsatadigan ikki tomoni qabariq
shisha), xlorid kislota va benzindan foydalaniladi.
11
Kernni tekshirish natijasida quyidagi asosiy ma’lumotlar olinadi:
1) neft va gaz belgilarining borligi;
2) jinslarning litologik tavsifi va ularning stratigrafik xususiyatlari;
3) jinslarning kollektorlik xususiyatlari;
4) jinslarning strukturaviy xususiyatlari va ularning mumkin bo’lgan joylashish
sharoitlari.
Neft va gaz belgilarining borligi.
Neft va gaz belgilari dastlab kern quduqdan
chiqarib olingan vaqtda uni sinash yuzasi bo’yicha, keyinchalik esa geologiya
bo’limi va laboratoriyada mufassal o’rganilishi lozim. Kerndagi neft belgilarini
geologiya bo’limida o’rganishda, odatda benzin yordamida so’rib olish usulidan
foydalaniladi. Buning uchun namuna maydalanadi va probirkaga joylashtiriladi,
so’ng unga namuna yuzasidan 1-2 sm oshirib benzin quyiladi. So’ngra probirka
chayqatiladi va bir necha minut tindiriladi. Agar benzin sariq rangga kirsa, namunada
neft borligi ma’lum bo’ladi. Neftli yoki gazli gorizontdan olingan kern yuzasiga
xlorid kislota tomizilsa, odatda u namlanmaydi. Neft mavjudligi alomatlarini
aniqlash uchun, shuningdek, kuchli erituvchilar (masalan, xloroform) ham ishlatiladi.
Bunday erituvchilar bilan ishlov berilgan jins namunalarida va suzg’ichdan
o’tkazilgan moddalarda jigarrang izlar qoladi.
Laboratoriya sharoitida nisbatan takomillashgan metodlardan foydalaniladi,
masalan, lyuminestsent tahlil yordamida namunadagi juda oz miqdordagi bitumni
ham aniqlash mumkin.
Kerndagi neft belgilari makroskopik usulda ham o’rganiladi. Odatda engil neft
kuchsiz namoyonlanadi, kernning yangi singan yuzasidan kuchli benzin hidi anqib
turadi. Og’ir neft esa buning aksi bo’lib, juda ko’p belgilarini namoyon qiladi,
namunaning yangi singan yuzasida esa benzin hidi bo’lmaydi. Suv-neft tutash yuzasi
zonasidan olingan kernda neft va suv uchraydi, yangi singan yuza nam bo’lib,
suyultirilgan xlorid kislota tomchisida yaxshi namlanadi. Kerndagi neft belgilarini
baholashda soxta alomatlar ham uchrashini hisobga olish zarur. Soxta belgilar qisilib
qolgan burg’ilash uskunalarini neftli vanna usulini qo’llab chiqarib olishda
ishlatilgan neftdan bo’lishi mumkin. Kernda neft alomatlarining namoyonlanish
shiddati quduq debiti bilan emas, balki neft sifatiga ham bog’liqdir.
Quduqni burg’ilash chog’ida neft-gaz namoyonlanishini o’rganish uchun dastlab
ularni qanday intervaldan kelayotganligini aniqlash kerak. Geolog-neftchining
quduqni burg’ilash chog’idagi asosiy vazifasi ochilgan neft va gaz gorizontini
o’rganishdan iborat. Bu maqsadda burg’ilash eritmasi, kern, olingan namunalar keng
miqyosda o’rganiladi, shuningdek quduqda kon-geofizik tadqiqotlari bajariladi.
Mahsuldor gorizontdan kern olish va uning neftga tabiiy to’yinishini saqlab qolish
maqsadida kern olib qo’yiladigan namunaolgichdan foydalaniladi. U burg’ilash
quvurlari birikmasini quduqda qoldirgan holda kernni yer yuzasiga chiqarish
imkonini beradi. Turli konstruktsiyadagi namunaolgichlar sinalayotgan qatlamda
suyuqlik oqimini harakatga keltirish va qatlamdagi neft, gaz hamda suvdan namuna
olish uchun xizmat qiladi. Laboratoriya tahlili uchun 2-3 l neft, 1 l qatlam suvi
olinadi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |