«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

Quduqlardan jins namunalarini olish 
kolonkali doloto yordamida amalga 
oshiriladi. Bunday dolotalar quduq tubini halqasimon shaklda o’yib ichkarilab 
boradi, natijada halqa ichida tsilindr shaklida butun jins kesimi - kern qoladi. 
Geologik-texnik naryadda ko’rsatilgan intervaldan kernni olib, yer yuzasiga 
chiqarishdan avval burg’ilash svechalarining uzunligi o’lchanib, kern olinadigan 
chuqurlik yana bir marotaba tekshirib ko’riladi. Burg’ilash uskunalarining aniqlangan 
uzunligi geologik jurnalga yozib qo’yiladi. So’ng quduqqa kolonkali doloto 
tushirilib, u bilan kern burg’ilanadi, kern diametri kolonkali dolotaning ichki 
diametriga teng keladi. Kern - jins namunalarini to’la chiqarish va uning butunligini 
saqlash uchun burg’ilash rejimiga rioya qilish zarur. 
Ichida kern bor namunaolgich yoki doloto quduqdan juda sekin ko’tariladi. 
Doloto yoki namunaolgich mustahkamlash quvurlari boshmog’iga yaqinlashganda 
ko’tarish tezligi yanada pasaytiriladi. Kernni chiqarib olish uchun dastlab 
kernuzatgich burab olinadi, keyin namunaolgichning yuqori qismi asta ko’tariladi, 
shunda kern bemalol ajraladi. 
Agar kern namunaolgichning kern saqlovchi quvurida siqilib qolgan bo’lsa, u 
vaqtda namunaolgichning drenaj klapanli yuqori qismi burab olinadi va kern 
gidravlik yoki vintli press yordamida itarib chiqariladi. Namunaolgich va kernni biror 
jism bilan urib chiqarish mumkin emas. Kern chiqarishda geologiya xizmati vakili 
qatnashishi lozim. Olingan kern gil eritmasidan tozalanadi va maxsus yashikka 
solinadi. YAshikka taxlash chapdan o’ngga qarab, quduq chuqurligi bo’yicha, tartib 
bilan amalga oshiriladi. Kern sinib bo’linib ketgan bo’lsa, bo’linish tekisligi bo’yicha 
ulanadi. Kernning sinib ketgan mayda bo’lakchalari qopga solinadi yoki qalin 
qog’ozga o’raladi, so’ng kern kabi chuqurlik bo’yicha joylanadi. YAshikka taxlangan 
kern ikki nusxada yozilgan yorliq (etiketka) bilan hujjatlashtiriladi, ularning har biri 
qalin qog’ozga o’ralib, birinchi nusxasi taxlangan kernning bosh qismiga, ikkinchi 
nusxasi kern tugagan joyga qo’yiladi. Yorliq quyidagi shaklda tuziladi: 
– Geologik-qidiruv partiyasining, burg’ilash korxonasining no-mi. . . . .
– Quduq burg’ilanayotgan maydon nomi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .



– Quduq №. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
– Quduqning qazilgan oralig’i . . . m dan ___ m gacha. . . . . . . . . . . .
– Kernni chiqqan uzunligi. . . . . . . . . . . . . m . . . . . . . . . . . . . . . . . .% 
– Namuna № . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
– Kern olingan muddat . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

Ochilgan jinslarning qisqacha litologik tavsifi. . . . . . . . . . . .
Yorliq oddiy qora qalamda to’ldiriladi. Agar belgilangan intervaldan kern 
olishning iloji bo’lmasa yashikka yorliq qo’yilib, kern olinmaganligining sababi 
yoziladi. Yashikka kern taxlangandan so’ng qopqog’i yopiladi. Uning har ikkala 
yoniga quduq raqami, kern olingan interval chuqurligi yoziladi, strelka bilan 
kernning taxlash yo’nalishi ko’rsatiladi. So’ngra yashik kern o’rganiladigan 
geologiya bo’limiga yuboriladi. 
Kern olishda turli tipdagi kolonkali snaryadlardan foydalaniladi. Tarkibida 
qattiq, suyuq va gazsimon foydali qazilmalar bo’lgan jinslarni burg’ilashda, odatda 
bir boshli kolonkali snaryad ishlatiladi. Bunday snaryadlar ishlatilishining 
samaradorligi asosan jinsni maydalaydigan uskunaning turiga bog’liq. Odatda qattiq 
foydali qazilmalarni burg’ilashda O’zbekiston Respublikasida qattiq qotishmali, pitra 
(drob)li va olmosli koronkalar hamda kolonkali sharoshkali dolotolardan 
foydalaniladi. Chaqiq va yumshoq jinslarni burg’ilashda esa tishli va qirrali 
koronkalar ishlatiladi. 
Hozirgi davrda ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan dolotolar konstruktsiyasi va 
burg’ilash texnologiyasi kernni 100% olish imkonini bermaydi. Burg’ilanayotgan 
jinslarning litologik tarkibiga va burg’ilash texnologiyasiga bog’liq holda kolonkali 
dolotolar yordamida 40-90% kern olish mumkin. Amaliyotda esa kern faqat 30-
40%gina chiqarib olinadi. Chaqiq terrigen jinslardan, ayniqsa mahsuldor 
qumtoshlardan kern chiqishi 5-10%ga tushib qoladi, ba’zan qattiq gil va karbonat 
jinslarda 60-80%ga etadi. 
Burg’ilash oddiy dolotolarda olib borilganda kern juda kam chiqadi, bunday 
hollarda quduq devoridan yonlama namunaolgich yordamida jins namunalari olinadi. 
Yonlama namunaolgich bilan quduq kesimining xohlagan chuqurligidan namuna 
olish mumkin. Lekin, olingan namunaning o’lchami juda kichik (uzunligi 70 mm, 
diametri - 30 mm) bo’lganligidan kolonkali doloto bilan olinadigan kern o’rnini bosa 
olmaydi va o’rganilayotgan qatlam jinslari to’g’risida to’liq ma’lumot bermaydi. 
Jinslarning neft-gazga to’yinganlik ehtimoli geofizik metodlar yordamida aniqlansa, 
kesimning ushbu intervallarini yanada mufassalroq o’rganish zarur bo’ladi. Buning 
uchun burg’ilash tugagandan so’ng quduq devoridan jins namunalari olinadi. Ba’zan 
grunt namunalari burg’ilash jarayonida hamda quduqda kon-geofizikasi yoki boshqa 
ko’rinishdagi tadqiqotlar o’tkazilganda ham olinadi. 
Hozirgi vaqtda amaliyotda otuvchi yonlama namunaolgichlardan keng 
foydalanilmoqda. Namuna nihoyatda tez olinishi bilan birga u ko’pincha bo’laklarga 
bo’linib yoki maydalanib, kukun holiga kelib qolishi yoki o’lchami juda kichik 
bo’lishi mumkin. Bunday namunaolgichlar qo’llanganda kern chiqishi 50%ga etadi. 
Yumshoq (qum-gilli) jinslardan kern chiqishi 100%ga etishi va o’z navbatida qattiq 



(zich qumtosh, zich ohaktosh, angidrit va b.) jinslardan namunani umuman olib 
bo’lmasligi mumkin. Shuningdek, parmalovchi yonlama namunaolgichli snaryadlar 
ham ishlab chiqarilgan. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish