«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


-rasm. SHo’kindi jinslarning g’ovaklilik



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

6.6-rasm. SHo’kindi jinslarning g’ovaklilik 
koeffisientini 
chuqurlik 
bo’ylab 
kamayishi
(V.M.Dobrinin, 1970) 1 – Venesuela Respublikasidagi 
mezozoy erasi gillari; Shimoli-Sharqiy Kavkazoldi 
regioni: 2 – gilli jinslar; 3 – qumtoshlar; 4 – 
ohaktoshlar; 5 - mergellar 
Kollektorlarning fizik xususiyatlarining tog’ 
jinslarining hosil bo’lishi va geologik vaqt 
davomida zichlashishi jarayonida o’zgarishini 
o’rganish murakkab masalalardan hisoblanadi. 
Tog’ 
jinslari 
ustiga 
yotqizilayotgan 
cho’kindilar massasining ko’payishidan tabiiy 
bosim kuchi ortadi va jinslar zichlashadi, bundan tashqari jinsda sodir bo’layotgan 
epigenetik jarayonlar shiddati ham jinslarning zichlashishida katta rol o’ynaydi. 
CHo’kindi jinslarning tabiiy zichlanishi turli chuqurliklardan olingan kernlarni 
o’rganish orqali aniqlanadi. Ma’lum bir chuqurlikda yotgan, o’ziga xos litologik 
tarkibga ega bo’lgan jinslarning fizik xususiyatlarining o’zagarishi to’g’risidagi 
ma’lumotlar asosida 
emperik bog’liqlik egri chizig’ini
tuzish mumkin, ular statistik 
bog’lanishlarni ifodalab, kichik qiymatli korrelyatsiya koeffisienti bilan ajralib 
turadi. Mazmuniga ko’ra, har bir empirik bog’liqlik egri chizig’i ushbu maydonga 
xos geologik sharoitlarni tavsiflaydi, shu sababli boshqa geologik provintsiyalarni 
ifodalashda undan foydalanib bo’lmaydi. 
SHu bilan birga neft kollektorlarining joylashishini umumiy qonuniyatlarini 
belgilash va turli fizik xususiyatlarining chuqurlik bo’ylab o’zgarishining miqdoriy 
mezonlarini aniqlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Olingan bunday 
ma’lumotlar asosida neft va gaz konlarini izlab topish, ularning joylashish 


132 
sharoitlarini aniqlash va quduqlar bilan hali ochilmagan kollektorlarning fizik 
xususiyatlarini ilmiy jihatdan bashoratlash mumkin bo’ladi. 
Tog’ jinslarining kollektorlik xususiyatlarini chuqurlik bo’ylab o’zgarish 
qonuniyatlarini o’rganishda ularning litologik-petrografik xususiyatlarini va jins hosil 
bo’lishi jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini ham hisobga olish zarur. 
Masalan, turli tarkibli gillarning zichlanishi har xil kechadi. Kembriy davrining 
mayin zarrali gillari kuchli zichlanadi, undan keyin asta-sekin zichlanadiganlariga 
kaolin, marshallit va ulardan keyin, bentonitlar kiradi. 
Epigenez (ikkilamchi o’zgarish) jarayonida mustahkamligi kam gil minerallari 
nisbatan turg’un va zichlanishga chidamli ko’rinish oladi. Bu jarayonda ma’lum bir 
chuqurlikdagi kollektorlar g’ovakliligining o’zgarish chegarasi tog’ jinslarining 
litologik tarkibining har xilliligiga bog’liq. Litologik tarkibi bir xil bo’lgan 
jinslarning g’ovaklilik qiymatining o’zgarishi chuqurlik sari sezilarli bo’lib, uning 
miqdori kamayib boradi. 
Ma’lum bir chuqurlikdagi jinslarning eng yuqori g’ovaklilik koeffisientining 
o’zgarish jadalligi, shuningdek, temperaturaga ham bog’liq. CHuqurlik sari tog’ 
jinslari temperaturasining ortishi ularning zichlanishi va g’ovakliligining kamayishini 
orttiradi. 
Demak, qum-gilli jinslardan tarkib topgan kollektorlarning xususiyatlari katta 
chuqurliklarda zichlanish hisobiga yomonlashadi. SHunga ko’ra nisbatan yuqori 
geotermik bosqich qiymatlari bilan tavsiflanadigan, yosh cho’kindi yotqiziqlaridan 
tarkib topgan havzalar neft va gaz izlashga istiqbolli hisoblanadi. SHuningdek, katta 
chuqurlikda uchraydigan, ikkilamchi g’ovaklilikka, darzli va darzli-kovakli sig’imga 
ega bo’lgan neft-gaz kollektorlari ham mahsuldor bo’ladi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish