«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

6.7-rasm. Romashkin koni 
Abduraxmonov 
maydonida 
(Rossiya Federatsiyasi) «a» 
qatlamdagi kollektorlarning 
joylashish 
xaritasi
(I.P.Sholovskiy bo’yisha) 
Kollektorlar: 1 – yuqori 
mahsuldor, 2 – kam mahsuldor, 
3 – suyuqlik o’tkazmaydigan 
jinslar


135 
yoki uning bir qismida tarqalgan bo’lsa, qatlamga ta’sir etish o’choqsimon yoki 
tanlab suv bostirish usuli bilan amalga oshiriladi. 
 
6.2.2. Geologik makro har xillik 
 
Ma’lumki, qatlamning makro har xilligi uning qalinligining o’zgarishi, 
qatchalarga ajralishi yoki linzasimon va uzuq-uzuq yotishi bilan tavsiflanadi. 
YAxlit qatlam massivi qalinligining maydon bo’ylab o’zgarishini izopaxit (teng 
qalinliklar) xaritasida ko’rish mumkin. Bunday xaritani tuzish uchun oldindan jadval 
tuziladi, unga har bir quduqda aniqlangan qatlam qalinligi yoziladi. Keyin olingan 
ma’lumotlar topoxaritaga tushirilgan quduqlar yoniga yoziladi, so’ngra qatlam 
qalinligining qabul qilingan (tanlangan) oralig’iga ko’ra interpolyatsiya qilinadi va 
uchburchak usulida izochiziqlarda izopaxit xaritasi tuziladi, bu xaritadan strukturalar 
xaritalarini tuzishda foydalaniladi. Qatlam qalinligining qabul qilingan oralig’ining 
yaqqol ko’rinishini ta’minlash uchun u bir xil rangda bo’yaladi, rangning och-to’qligi 
(juda to’q rangdan och ranggacha) qatlam qalinligi miqdorining o’zgarishiga qarab 
tanlanadi. Izopaxit xaritasini tuzish usuli juda oddiy. Qatlam qalinligini hisoblashda 
uning ustki qismi va tagini aniq belgilash katta ahamiyatga ega. Buning uchun kern, 
elektr va radiokarotaj ma’lumotlaridan hamda kuzatuvlar natijalaridan foydalaniladi. 
Amaliyotda izopaxit xaritalarining quyidagi xillari tuziladi: 
1. 
Qatlamning 
jami qalinlik xaritasi
(ustki qismidan tagigacha). Bunday xaritalarda hamma 
qatchalarning (g’ovakli va suyuqlik o’tkazmaydigan) qalinligi hisobga olinadi, ular 
cho’kindilarning to’planish va strukturalarning hosil bo’lish sharoitlarini va sh.k. 
o’rganish maqsadida tuziladi. 
2. 
Qatlamning foydali qalinlik xaritasi
. Unda qatlamning kollektorlik 
xususiyatlarini o’rganish uchun faqat g’ovakli qatchalarning jami qalinligi 
ko’rsatiladi. Agar qatlam ayrim qatchalarga ajratilgan hamda ular u yoki bu 
yo’nalishda qiyiqlangan bo’lsa, unda izopaxit xaritalari har bir qatchalar bo’yicha 
alohida tuziladi (qatchalar maydon bo’ylab tarqalganda), so’ngra ular bir xaritaga 
mujassamlashtiriladi. Qatlamning jami foydali qalinlik xaritasida bir vaqtning o’zida 
hamma qatchalarni hisobga olish va undan turli kon-geologik masalalarni, chunonchi 
ishlatish quduqlarining joylashishi va ularning ish rejimini tahlil qilishda foydalanib 
bo’lmaydi (6.8-rasm). 
3. 
Qatlamning neftga to’yingan foydali qalinlik xaritasida
faqat neftga to’yingan
g’ovakli jinslar qalinligi yig’indisi ko’rsatiladi. Bunday xaritalar neft zaxiralarini 
hisoblashda tuziladi. Ularni tuzishda elektr va radiokarotaj, kern va boshqa geologik 
tadqiqotlar natijalaridan foydalaniladi. 
Neftga to’yingan foydali qalinlik xaritasini tuzishda qatlamning neftlilikning 
ichki chegarasi bilan chegaralangan va neftga to’liq to’yingan qismi ajratiladi, 
bunday hollarda foydali qalinlik xaritasi neftga to’yingan foydali qalinlik xaritasi 
vazifasini ham o’taydi. Neftlilikning ichki va tashqi chegaralari bilan cheklangan 
maydonlarida foydali qalinlikning bir qismigina neftga to’yingan bo’ladi.


136 
Demak, maydon ichida neftlilikning ichki chegarasi bilan cheklangan neftga 
to’yingan foydali qalinlik qiymati bilan uning tashqarisidan olingan qiymatlar 
oralig’ida bajarilgan interpolyatsiyalar xatoliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. 
Shu sababli qatlamning neftga to’yingan 
foydali qalinlik xaritasini tuzish uchun (keng 
suv-neft zonasi bo’lganda) dastlab qatlamning 
foydali qalinlik xaritasi (qatlamning g’ovakli 
qismining qalinligi yig’indisi izopaxiti) tuziladi, 
unga neftlilikning tashqi va ichki chegaralari 
tushiriladi 
va 
so’ngra 
suv-neftli 
zona 
chegarasida qatlamning neftga to’yingan foydali 
qalinlik izochiziqlari chiziladi. Izochiziqlar 
neftlilikning ichki chegarasini izopaxitlar bilan 
kesishgan nuqtasi qiymatlari bilan va suv-neftli 
zonada burg’ilangan quduqlardan olingan 
ma’lumotlarni hisobga olgan holda neftlilikning 
tashqi 
chegarasi 
oralig’idagi 
qiymatlarni 
interpolyatsiya qilish yo’li bilan o’tkaziladi. 
Natijada qatlamning neftga to’yingan foydali 
qalinlik xaritasiga ega bo’linadi, u qatlamning 
hamma 
qismining 
neftga 
to’yinganligini 
tasvirlaydi. 
Qatlamning 
turli 
qatchalar 
bilan 
bo’linishidan 
yuzaga 
kelgan 
har 
xillik 
darajasini o’rganish juda muhim va murakkab 
geologik 
vazifalardan 
biri 
hisoblanadi. 
Ko’pincha, qatlamning butunligi bir necha 
qatchalar ta’sirida bo’laklarga bo’linishi, 
qatchalarning yotish uzunligi katta masofaga 
cho’zilishi yoki juda qisqa bo’lishi, ba’zan 
linzasimon ko’rinishda chegaralanishi, qalinligi 
katta yoki kichik bo’lishi, ayrim joylarda bir-
biri bilan qo’shilib, qalinligining ortishi va sh.k. 
kuzatiladi. Shunga ko’ra qatlamning tuzilishini 
va uning qatchalarining maydon bo’ylab 
taqsimlanish 
xarakterini 
bilish, 
konni 
ishlatishni tahlil qilish, qatlamga ta’sir etish 
tadbiri 
samarasini 
va 
neft 
beraolish 
koeffisientini baholashda katta ahamiyatga ega. 
Bunday tahlil samarasi neft uyumi maydoni bo’ylab har xil tarkibli jinslarning 
tarqalish sharoitlari aniqlanganda ko’rinadi. Buning uchun maxsus geologik xaritalar, 
birinchi navbatda qatlamning nol qalinlik xaritalari va zonal xaritalari tuziladi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish