130
jarayonni quduqlardan kern olish va uni yer yuzasiga chiqarishda, ayniqsa gilli
terrigen va darzli-kovakli karbonat jinslardan namuna olishda hisobga olish zarur.
Masalan, V.M.Dobrininning olib borgan tadqiqotlariga ko’ra, 6000 m
chuqurlikda joylashgan kam gilli kollektorlardan olingan kern-jinsning g’ovaklilik
miqdori termodinamik sharoitlarning o’zgarishi hisobiga 2 dan 7 % gacha ortadi.
Gilli kollektorlarda bunday o’zgarishlar 5-12% gacha, nisbiy gilliligi yuqori bo’lgan
qumli-gilli jinslarda 10% dan 22% gacha bo’lishi mumkin.
Terrigen kollektorlardan jins namunalari katta
chuqurlikdan yer yuzasiga
chiqarilganda ularning zarralari oralig’idagi g’ovakliligi qiymati o’rta hisobda 30%
gacha ortishi (ba’zan 50% gacha) kuzatilgan.
V.M.Dobrininning darzli-kovakli kollektorlarda bajargan tadqiqotlarida 40 MPa
bosim ostida siqilgan bunday jinslarning g’ovakliligi 33% dan (darzli kollektorda)
4% gacha (darzli-kovakli) kamaygan.
Qayd qilingan natijalar neft va gaz uyumlarini ishlatish loyihasini tuzishda,
konni ishlatish tizimini tahlil qilishda hisobga olinadi. Katta chuqurlikda,
tabiiy
holatda joylashgan jinslar g’ovakliligi qiymatini ularni yer yuzasiga chiqarib,
atmosfera bosimida aniqlanganlari bilan taqqoslash ahamiyatga ega.
Tog’ jinslarining o’tkazuvchanlik koeffisienti ularni har tomonlama siqqanda
sezilarli o’zgaradi. Kern katta chuqurlikdan yer yuzasiga
chiqarilganda bosim va
temperaturaning kamayishi hisobiga jinsning o’tkazuvchanlik qiymati ortadi. Bundan
tashqari, atmosfera sharoitida o’rganilgan kernning o’tkazuvchanlik koeffisienti
miqdori tabiiy sharoitda yotgan jinslarning o’tkazuvchanlik koeffisienti miqdoridan
sezilarli farqlanadi. Masalan, V.M.Dobrinin ma’lumotiga ko’ra, 6000 m chuqurlikda
joylashgan qumtosh kollektorlardan olingan
jins namunasi yer yuzasiga
chiqarilganda, uning o’tkazuvchanligi sementlanganlik darajasiga ko’ra 10% dan 28
% gacha ko’paygan.
Kam gilli kollektorlarda bunday ko’payish 24-34%, kuchli gillangan jinslarda –
42-48% ga etadi. Darzli-kovakli kollektorlardan olingan va yer yuzasiga chiqarilgan
kernlarda o’tkazuvchanlik yanada katta o’zgarishlarga duchor bo’ladi. Bir tarkibli
donador tuzilgan kollektorlarning o’tkazuvchanligi jinslar qayishqoq bo’lganda
keskin kamayadi. Tog’ jinsi tashqi kuch ta’sirida qanchalik ko’p siqilsa va g’ovaklik
hisobiga siqiluvchanlik koeffisienti miqdori oshsa, uning o’tkazuvchanlik koeffisienti
shuncha pasayadi. Qumli-gilli kollektorlardagi g’ovaklarning tashqi kuch ta’sirida
siqilish koeffisienti qiymati jinslarning nisbiy gilliligining ortishi hisobiga
ko’payadi, bosim o’zgarishi bilan o’tkazuvchanlikning o’zgarishi
kuchli gillangan,
kuchsiz o’tkazuvchan qumtoshlarda kuzatiladi.
Neft va gaz konlarini ishlatishda kollektorlarning g’ovaklilik koeffisienti va
o’tkazuvchanligi ham o’zgaradi. Konlarni ishlatish chog’ida, qatlam bosimining
pasayishi taxminan 10 MPa bo’lganda g’ovaklilik koeffisientining
kamayishi juda
ham oz bo’lib, donador kollektorlarda 2% gachani, darzli kollektorlarda 5,5%
gachani tashkil etadi. Konni ishlatish jarayonida qatlam bosimi qiymati 10 MPa ga
pasayganda o’tkazuvchanlik koeffisienti donador kollektorlarda 2-6% ga, darzli-
kovakli kollektorlarda 15% ga (qatlam 3000 m ga yaqin chuqurlikda joylashganda)
131
kamayadi (6.6-rasm). 6.6-rasmda SHimoli-SHarqiy
Kavkazoldi va Venesuela
Respublikasida tarqalgan qum-gilli va karbonat yotqiziqlarida g’ovaklilik koeffisienti
miqdorining chuqurlik ortgan sari kamayishi ko’rsatilgan. Olingan daliliy
ma’lumotlar turli yoshdagi tog’ jinslarida bajarilgan ko’p sonli tajribalar natijalaridan
iboratdir.
Tog’ jinslariga ularning ustiga yotqizilayotgan cho’kindilar og’irligidan hamda
jins ichidagi epigenetik jarayonlarning birgalikdagi ta’siridan g’ovaklik
hajmi
kamayib boradi. Karbonat jinslarda ularning sig’imining kamayishi hisobiga aks
hodisalar ham yuz berishi mumkin. Masalan, qatlam suvlari ta’sirida (diagenetik
jarayonlar hisobiga) jinsning mineral skeletining ayrim joylarda erishidan ikkilamchi
g’ovaklilikning hosil bo’lishi kuzatiladi. Bundan tashqari ikkilamchi g’ovaklilik
karbonat jinslarning qisman dolomitlashishidan ham hosil bo’lishi mumkin.
Quduqdan yer yuzasiga kern chiqarish yoki neft-gaz konlarini ishlatish chog’ida
kuzatiladigan qisqa muddatli deformatsiyalanishlar natijasida kollektorlarning fizik
xususiyatlarining (asl holiga qayta oladigan) o’zgarishi g’ovakli bo’shliqlarda
sezilarli epigenetik o’zgarishlarsiz sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: