168
Namunaolgichni quduqqa tushirgunga qadar favvora quvurlari ularga yopishib
qolgan parafindan tozalanadi va shablonlanadi. Namunaolgich
favvoralanayotgan
quduqqa maxsus salnik orqali tushiriladi. Bunda birinchi 50-100 m chuqurlikgacha
tezlik 0,5 m/s dan oshmasligi darkor. Namunaolgich quduqqa filtrning o’rta qismiga
to’g’ri kelgan chuqurlikgacha tushuriladi va shu yerda 15-20 daqiqa davomida
qoldiriladi. Bu vaqtda qatlamdan chiqib kelayotgan neft namunaolgichning ichki
qismini yuvadi, shundan so’ng to’sqichlar
berkitilib, namunaolgich yuqoriga tortib
olinadi.
Quyida namunaolgich to’g’risida ma’lumot keltiramiz.
Namunolgich
neft va
gaz quduqlaridagi suyuqlik va gazlardan hamda ichimlik, mineral, sanoatda
ishlatiladigan
suvlardan, qaynoq bug’ va boshqalardan qazilgan namuna oladigan
moslama. Qatlam sharoitida (qatlam bosimi va temperaturasi saqlangan holda)
olingan namuna ishonchli hisoblanadi. Namunaolgichning chuqurlikdan (quduq
ichida) va qatlamni sinash chog’ida quduq tubi zonasidan namuna oladigan turlaridan
foydalaniladi. Birinchi turdagi namunaolgich quduqqa metall trossda lebyodka bilan
tushiriladi (lebyodka 1500 m chuqurlikgacha qo’lda va 7000 m gacha mexanizm
yordamida harakatlantiriladi).
Chuqurlik
namunaolgichi
(7.11-rasm)
2
qismdan: qabul qiluvchi kamera va shu kameradagi
klapanlarni
ochib-yopib
turadigan
boshqaruv
qurilmasidan tashkil topgan.
Qovushqoqligi kam
bo’lgan neft favvoralanayotganda quduqdan namuna
ochiq kamerali chuqurlik namunaolgichida olinadi
(7.12-rasm). Qovushqoqligi yuqori yoki tarkibidagi
parafin
jadal ajralayotgan, favvoralanmayotgan
quduqlardan neft namunasi yopiq kamerali chuqurlik
namunaolgichida olinadi (7.13-rasm). Quduqqa ochiq
kamerali chuqurlik namunaolgichi tushirilganda
uning klapanlari ochiq bo’ladi, suyuqlik uning ichiga
qabul qiluvchi kameradan o’tadi. Belgilangan
chuqurlikgacha etganda
namunaolgichni quduqqa
tushirish vaqtincha to’xtatiladi, shu paytda qabul
qiluvchi kamera bo’shlig’i qatlam flyuidi bilan
to’ladi, so’ngra klapanlar yopilib, namunani tashqi
muhitdan ajratib qo’yadi.
YOpiq kamerali
chuqurlik namunaolgich kamerasi moy bilan
to’ldirilib, quduq yopiq holatda tushiriladi,
belgilangan chuqurlikda namunaolgich klapanlari
navbatma-navbat
ochilib-yopilib turadi, bosim
ostida qatlam flyuidi kameraga kirib, moyni qabul
qiluvchi kameradan
balast kamerasiga siqib
chiqariladi. CHuqurlik namunaolgichi (yopiq
kamerali) qatlam bosimi 30 MPa gacha bo’lgan flyuidlardan namuna olishga
Do'stlaringiz bilan baham: