351
takomillashtirish va oqilona tashkil etish bo’yicha tadbirlarni loyihalashtirish
rejaning muhim qismi hisoblanadi.
Istiqbolli rejalar odatda besh yilga va uzoq muddatga (bir necha besh yillikka)
mo’ljallangan bo’ladi. Besh yillik rejaning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari
mukammalroq asoslanganligi bilan ajralib turadi. Uzoq muddatli rejalashtirishda
sohaning ilmiy-texnik taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari va u bilan bog’liq kapital
mablag’ hajmlari belgilanadi.
Yuksaltirishning istiqbolli rejasini tuzishda va neft qazib oluvchi sanoatni
joylashtirishda xalq xo’jaligining neft va neft mahsulotlariga
rejadagi ehtiyojini
asoslash boshlang’ich tadbir sanaladi.
Zaxiralarning bashorat qilingan o’sishiga bog’liq holda neft qazib olishning
rayonlar bo’yicha darajasini aniqlash rejalashtirishning muhim masalasidir. Buning
zarurligi neft sanoati o’sishining ulkan miqyosi va sur’ati bilan bog’liq.
Bu masalani xal etish uchun zaxiralarning o’sishi neft uchun izlov-razvedka
burg’ilashlarining umumiy hajmiga bog’liqligini diqqat bilan tahlil qilish kerak. S
1
toifadagi zaxiralarning tasdiqlanganlik koeffitsientining 10-12 yil davomida sobiq
Ittifoqda 2000 ta ishga tushirilgan uyumlar
ishini tahlili natijasida, aniqlangan
qiymati 0,7 ga teng bo’lgan. Yangi maydonlardagi va ochilgan konlardagi C
2
toifadagi zaxiralarning tasdiqlanganlik koeffitsienti qiymati mos holda 0,4 va 0,5 ga
teng.
Yaxlitlashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha istiqbolli zaxiralarni hisoblashda neft
konlarini quyidagi xillarga bo’lish mumkin: ishlatilayotgan konlar;
ochilgan, lekin
ishga tushirilmagan konlar; rejalashtirilayotgan davr boshlangunga qadar
ochilmagan, lekin rejalashtirilgan davrda ochilib, ishga tushiriladigan va b.
Ishlatilayotgan konlar bo’yicha bajariladigan hisob-kitoblar gidrodinamik
metodlar va
elektromodellash yordamida
amalga oshiriladi. Bu metodlar loyihalash va
ilmiy-tadqiqot
institutlari
tomonidan
istiqbolli texnologik sxemalar va loyihalarni
tayyorlashda keng qo’llaniladi. Biroq
tajribalar shuni ko’rsatayaptiki, mahsuldor
ob’ektlarning geologik-fizik jihatdan har
xilligi kondan uzoq muddat foydalanish
uchun
texnologik
ko’rsatkichlarni
zamonaviy (gidrodinamik)
metodlar bilan
etarli darajada aniq hisob-kitob qilishga
imkon bermaydi. Shu boisdan keyingi
paytda
konning
ishlatishni
loyiha
ko’rsatkichlarini tezkor aniqlashning turli
usullaridan
keng
foydalanilmoqda.
Bu
usullar konni ishlatishning boshlang’ich
davrida olingan daliliy ko’rsatkichlari bilan
quduqlar
unumdorligini
pasayish
Do'stlaringiz bilan baham: