O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo‘yicha
texnik qumita (TQ)lari
T/r
|
Nomlanishi
|
Vazirlik va mahkamalarning nomlanishi
|
|
«O‘zbekneftegazmahsulot»
|
«O‘zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasi
|
|
«Paxta» Assotsiatsiyasi
|
«O‘zpaxtasanoat» Assotsiatsiyasi
|
|
«Don mahsulotlari»
|
«O‘zdonmahsulot» Kompaniyasi
|
|
«Yog‘moytamakisanoat»
|
«Yog‘moytamakisanoat» Assotsiatsiyasi
|
|
«Ipakchilik mahsulotlari»
|
«O‘zbek ipagi» Assotsiatsiyasi
|
|
«Oziqovqatsanoat»
|
«Oziqovqatsanoat» Assotsiatsiyasi
|
|
«O‘zmevasabzavotuzum – sanoat»
|
«O‘zmevasabzavotuzumsanoat – xolding» Kompaniyasi
|
|
«Aloqa va informatika»
|
O‘zbekiston aloqa va ma’lumotlashtirish agentligi
|
|
«Navurug‘nazorat»
|
Respublikanskaya stansiya pervichnogo semenovodstva i semenovedeniya selskoxozyaystvennix kultur
|
1
|
«O‘zavtosanoat»
|
«O‘zavtosanoat» Assotsiatsiyasi
|
|
«Gо‘sht va sut»
|
«O‘zgo‘shtsutsanoat» Assotsiatsiyasi
|
|
«Davarxitekstqurilish»
|
Davlat arxitektura va qurilish bo‘yicha qumitasi
|
|
«O‘zbektelekom»
|
«O‘zbektelekom» Aksionerlik kompaniyasi
|
|
«Kimyosanoat»
|
«O‘zkimyosanoat» Davlat aksionerlik kompaniyasi
|
|
«O‘zbekengilsanoat»
|
«O‘zbekengilsanoat» Aksionerlik kompaniyasi
|
|
«O‘zbekcharmpoyabzali»
|
«O‘zbekcharmpoyabzali» Assotsiatsiyasi
|
|
«Shoyi»
|
«O‘zbek ipagi» Assotsiatsiyasi
|
1 – jadval
Standartlashtirish bo‘yicha meyoriy hujjatlar va toifalari
Standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar davlat boshqaruv idoralari, xo‘jalik faoliyati subyektlari ishlab chiqish, ishlab chiqarishga mahsulotni tayyorlash, uni ishlab chiqish, realizatsiyasi (yetkazish, sotish), foydalanish (ekspluatatsiya), saqlash, tashishi va utillashtirish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarishda, texnik (konsruktorlik, texnologik, loyihalash) hujjatlarni ishlab chiqishda hamda texnik shartlar, mahsulotga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga) qo‘yiladigan katalog varaqalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjatlar ro‘yxati 2 – jadvalda keltirilgan.
2 – jadval
Standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar
Hujjatning nomlanishi
|
Ta’rifi
|
Belgilanishi
|
Qo‘llanish sohasi
|
O‘z Respublikasi Davlat standarti
|
«O‘zstandart» agentligi tomoni-dan qabul qilingan standart
|
O‘zDSt
|
O‘zbekiston Respublikasi
|
Hududiy standart
|
Standartlashtirish bo‘yicha hududiy tashkilot qabul qilgan standart.
|
GOST
|
Hudud a’zolari bo‘lgan davlatlar
|
Davlatlararo standart (hududiy standart shaklida ham bo‘lishi mumkin)
|
Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Kengash yoki Davlatlar-aro qurilishda sertifikatlashtirish va standartlashtirish, texnik me’yorlashtirish bo‘yicha ilmiy – texnik komissiyasi qabul qilgan standart.
|
GOST
|
Mamlakatlar – Davlatlararo Kengash a’zolari (MDH davlatlari) va (yoki)Davlatlar – aro ilmiy – texnik komissiyasi
|
Xalqaro standart
|
Standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro tashkilot qabul qilgan standart
|
ISO, MEK, ISO/MEK
|
Mamlaktlar – ISO va MEK a‘zolari
|
Texnik – iqtisodiy ma’lumotlar klassifikatori
|
«O‘zstandart» agentligi qabul qilgan hujjat
|
O‘z DT
|
O‘zbekiston Respublikasi
|
Tarmoq standarti
|
Davlat boshqaruv idorasi uni belgilangan layoqatida mahsulot, ish va xizmat tarmoqlar qiymatida qabul qilingan standart
|
TSt
|
Bir yoki bir necha tarmoqlar
|
Korxona standarti
|
Korxona tasdiqlagan standart
|
KSt
|
Aynan korxona va boshqa xo‘ja – lik subyektlari shartnomalarni bajarishda
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Texnik shart
|
Ma’lum mahsulot (buyum, material, modda)ga ishlab chiqilgan hujjat
|
TSH
|
Ma’lum mahsulot, buyum, material va moddalarga
|
Yo‘riqnoma
|
Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditlashtrish sohasida majburiy o‘rnatilgan tashkiliy – texnik va (yoki) umumtexnik tartibi (qoida, protsedura), muvofiq yo‘nalishda ishlarni bajarish usuli hamda bu ishlar natijalarini rasmiylashtirishga talablarni qo‘llash hujjati
|
O‘zRH
|
O‘zbekiston Respublikasi
|
О‘zbekiston Respublikasida amaldagi barcha davlat, davlatlararo, hududiy va boshqa davlatlar milliy standartlari har yilda «Davlat standartlari» ro‘yxatiga kiritilib boriladi.
O‘zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar
O‘zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar
O‘zstandart agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlatlararo standart – GOST
O‘zbekiston davlat standarti – O‘z DSt
Umumdavlat klassifikatori – O‘z DT
Normalar va qoidalar – *)
O‘zbekiston rahbariy hujjati – O‘z RH
Tavsiyalar – O‘z T
Tarmoqlar bo‘yicha yuritiladigan normativ hujjatlar
Tarmoq tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
Tarmoq standarti –TSt
Tarmoq klassifiqatori –TT
Normal va qoidalar – *)
Rahbariy hujjat – RH
Tavsiyanomalar –T
Ma’muriy – hududiy normativ hujjatlar
Viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ma’muriy –hududiy standart –MHSt
Korxona bo‘yicha normativ hujjatlar
Korxona rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Texnik shartlari – TSh
Korxona standarti – KSt
Xulosa
Prezidentimiz tomonidan 1993 yilning 28 dekabrida imzolangan “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni standartlashtirish bo‘yicha qoidalar, me’yoriy hujjatlar, standartlar ustidan davlat nazorati, unga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti va ularning hayotga tadbiq etilishi, standartlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishning yanada yuqoriroq rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi.
“Standartlashtirish to‘g‘risida” qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 12 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda standartlashtirish tizimi, standartlashtirish ishlarini o‘tkazish, qonun hujjatlari, xalqaro shartnomalar, me’yoriy hujjatlar, davlat nazorat organlari, davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi, standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, standartlarni qo‘llashni rag‘batlantirish bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan.
Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boriladigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini “O‘zstandart” agentligi belgilaydi.
Respublikamizda standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni ushbu qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar. Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik – iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish va qo‘llash tartibi “O‘zstandart” tomonidan belgilanadi.
Qonunning II bo‘lim 6 – moddasiga binoan standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yilishi alohida ko‘rsatilgan.
Qonunda davlat yo‘li bilan stndartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini olgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarini iqtisodiy qo‘llab – quvvatlash va rag‘batlantirish chora – tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Toru Yoshizav, Handbook of optical metrology, 2008.
2.A.E. Fridman, Quality of Measurements.A metrological reference, 2012
3.Дворин В.М. Абдуазизов А.А. Метрология стандартизатсия и управлние качством.Тошкент 2015.
4.Клевлеев В.М. Метрология стандартизатсии и сертификации. Москва 2004. 422стр.
Internet saytlar
1.www.lex.uz -O’zR Adliya vazirligi sayti.
2.www.ziyonet.uz-O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlagi sayti.
3.www.bilim.uz - O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlagi sayti.
4.www.unicon.uz
5.www.merolog.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |