Nazorat savollar
1. Xotirada saqlovchi qurilmalarning asosiy turlarini bayon qiling.
2. Kesh-xotiraning tizim ishiga ta‘sirini aytib bering.
3. Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari sifatida
operativ xotira turlari haqida aytib bering.
4. Protsessor, kesh-xotira va operativ xotiralarning ishlash
printsipini va o‗zaro aloqasini bayon qiling.
5. Operativ xotira turlarini tavsiflang.
6. Operativ xotira tezkorligining butun tizim ishiga ta‘sirini
izohlang.
4.4. Loyihalarni avtomatlashtirishda onalik platasi va tashqi xotirada
saqlovchi qurilmalardan foydalanish.
Tayanch so‗zlar va iboralar
Chipset, janubiy most, shimoliy most, BIOS, form-faktor, sho‘ba
plata, kontsentrator, periferiya qurilmasi
145
Onalik platasi
Ularsiz ishlay olmaydigan, kompyuterning eng ahamiyatli
elementlari: markaziy protsessor, xotira modullari va ko‗p mikrosxemalar
onalik platasida joylashadi. Bu kompyuterning asosiy platasi bo‗lib,
odatda o‗lchami bo‗yicha eng katta. Onalik platasi kompyuterning hamma
elektron sxemalari uchun mexanik asos bo‗lib, o‗zida yana bitta
ahamiyatli yuk – kengayish qo‗shimcha platalarini o‗rnatish uchun
bo‗linmalarni joylashtiradi.
Bir necha yil oldin kompyuter xossalarini belgilovchi asosiy
parametr uning protsessorining markasi edi. Bugun turmush tizimlarining
ko‗pchiligi uchun bunday emas. Hozirgi paytda onalik platasi
chipsetining markasi asosiy parametr bo‗lib qoldi deyish mumkin. Oxirgi
besh yilda protsessorlar unumdorligi esa deyarli o‗zgarmadi va
kompyuterning «nozik joyi» bo‗lib qoldi.
Chipset nima?
Qisqachasiga chipset – bu mikroprotsessorli komplektdir. Agar
kengroq ta‘riflansa – bu protsessorning qolgan hamma elektron xo‗jalik
bilan muloqot uchun zarur bo‗lgan mikrosxemalar to‗plamidir. Ilgari
onalik platasini bir necha o‗nlab mikrosxemalar yoymasi qoplar edi.
So‗ngra ularni bir necha ixtisoslashgan «buyurtma» mikrosxemalarga
keltirish g‗oyasi paydo bo‗ldi – olingan komplektni chipset deb atashdi.
Birinchi chipsetlar odatda to‗rtta mikrosxemadan iborat edi. Bugungi
kunda chipsetlar odatda ikkita mikrosxemadan iborat, ulardan biri janubiy
ko‗prik, ikkinchisi esa shimoliy ko‗prik deb ataladi. Agar onalik platasiga
qaralsa, qiynalmasdan bu ikki juftlik topiladi – bu protsessordan keyin
146
eng yirik mikrosxemalardir. Ular markirovkasi bo‗yicha ishlab
chiqaruvchini va chipset markasini aniqlash mumkin.
Chipset markasini va uni ishlab chiqaruvchini bilishning ahamiyati,
protsessor markasi va ishlab chiqaruvchisini bilish ahamiyatidan kam
emas, chunki kompyuterning funktsional imkoniyatlarini chipset
aniqlaydi, protsessordan esa bu funktsiyalar bajarilishi tezligi bog‗liq
emas.
Onalik platasi chipseti protsessor bilan muvofiqlashgan bo‗lishi lozim.
Istalgan protsessorga istalgan onalik platasi mos kelavermaydi va
aksincha. Bugungi kunda protsessorga nisbatan chipsetdan ko‗p narsa
bog‗liq. Shu sababli kompyuter sotib olinayotganda nafaqat uning
protsessori qandayligini, balki, birinchi navbatda, onalik platasi chipseti
qandayligini aniqlash zarur.
Onalik platasi chipsetiga bu plata qanday chastotada ishlay olishi
birinchi navbatda bog‗liq. Operativ xotirada bo‗lishi mumkin bo‗lgan
hajmi va onalik platasiga ulanishi mumkin bo‗lgan qo‗shimcha qurilmalar
soni ham chipsetga bog‗liq.
BIOS
BIOS (Basic Input Output System – kiritish-chiqarish bazaviy
tizimi) – onalik platasining eng ahamiyatli mikrosxemalaridan biridir.
Unda birlamchi dasturlar yozilgan bo‗ladi; kompyuter ishi shundan
boshlanadi. Protsessorga energiya kelishi bilan u o‗zining eng birinchi
dasturi uchun ushbu mikrosxemaga murojaat qiladi va energiya ta‘minoti
tugamaguncha o‗z ishini to‗xtatmaydi. Agar kompyuter qanday ulanishini
ko‗rgan va ulangan zahoti qora fonda o‗tayotgan oq harflarga e‘tibor
147
bergan bo‗lsangiz, bilingki, bunda siz BIOSga yozilgan dasturlar ishini
kuzatgansiz.
BIOS dasturlari kompyuter ulangan zahoti uning asosiy tizimlarini
tekshiradi, klaviatura va monitor bilan muloqotni ta‘minlaydi,
diskovodlarni tekshirishni bajaradi va onalik platasi chipsetini va hatto
protsessorning o‗zini qisman sozlashni bajarish imkonini beradi. Masalan,
agar onalik platasi bir necha chastotalar bilan ishlay olsa, chastotani
onalik platasining o‗zida joylashgan katta ulagich (pереkлючатель)
yordamida yoki BIOSda yozilgan dastur yordamida berish mumkin. Bu
narsa protsessor chastotasining ichki ko‗paytirish koeffitsientiga ham
taalluqli (agar u Intel Celeron protsessoridagi kabi «bikr» berilgan
bo‗lmasa).
Har bir boshqarish usulining afzalliklari va kamchiliklari mavjud.
Masalan, BIOS dasturini qayta sozlash yordamida onalik platasi
parametrlarini boshqarish qulay, chunki bu tizim bloki korpusini
bo‗laklarga ajaratishni va onalik platasiga kirishni talab qilmaydi.
Ikkinchi tarafdan, parametrlarni belgilashda yanglishilsa BIOS dasturlari
ishlash qobiliyatini yo‗qotishi mumkin – bunda kompyuterni umuman
ishga tushirib bo‗lmaydi va dasturali yo‗l bilan BIOS sozlanishini qayta
tiklab bo‗lmaydi. Bu holda onalik platasidagi qayta ulagichlar yordamida
BIOSni sozlash mumkin.
BIOS mikrosxemasini topish oson. Protsessorni hisobga olmaganda,
bu – kompyuterga kavsharlanmagan yagona mikrosxemadir. U maxsus
kolodkaga o‗rnatiladi, demak uni yechib olish va almashtirish mumkin.
Bu ishni foydalanuvchi bajarmagani ma‘qul, chunki BIOSni almashtirish
148
– kompyuterga xizmat ko‗rsatish emas, balki ta‘mirlashdir; uni
mutaxassis bajarishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |