Operativ xotira tezkorligi
Operativ xotira tezkorligi nanosekund (sekundning milliarddan bir
bo‗lagi)larda o‗lchanadi. Tezkorlik onalik plata ishlaydigan chastota bilan
muvofiqlashgan bo‗lishi kerak.
Operativ xotira tezkorligini o‗lchaydigan ikki tizim: biri – SIMM-
modullar, ikkinchisi – DIMM-modullari uchun mavjud. SIMM-modullari
uchun xotira mikrosxemalari 60, 70, 80 nanosekund kirish vaqtiga ega; bu
vaqt qancha kichik bo‗lsa, shuncha yaxshi (va qimmatroq). Bu parametr
ma‘lumotlarni yozish/o‗qishga mikrosxemaga murojaat uchun qancha
vaqt zarurligini bildiradi. Onalik platasi asosiy shinasining chastotasi
qancha yuqori bo‗lsa, xotiraga kirish vaqti shunchalik kam bo‗lishi kerak.
Agar onalik platasi 66 MGts chastotada ishlasa, xotira kirish 80 ns
vaqtiga ega bo‗lishi lozim. 100 MGts chastotada ishlaydigan onalik
platalari uchun yurish vaqti 60-70 ns bo‗lishi zarur. 60 ns li xotira
142
mikrosxemalarining ba‘zi ekzemplyarlari hattoki 133 MGts chastotali
onalik platalari bilan ishlay olmaydi.
DIMM-modullari uchun boshqacha tezkorlikni o‗lchash tizimi qabul
qilingan. Ular ham nanosekundlarda o‗lchanadi, lekin ularda fizikaviy
ma‘no boshqacha. Xarakterli qiymatlar: 6, 7, 8, 10, 12 ns. Ularni onalik
platasi asosiy shinasi chastotasiga teskari kattalik deb qarash kerak.
Masalan, agar chastota 100 MGts bo‗lsa, operativ xotira tezkorligi 10 ns
gacha bo‗lishi lozim. Agar chastota 66 MGts bo‗lsa, 12 ns li xotira to‗g‗ri
keladi va 133 MGts chastota uchun tezkorlik 6 yoki 7 ns bo‗lishi lozim.
Ba‘zi modellar misolida DIMM-modullarini DDR-modullari bilan
solishtiramiz.
DDR400 (PC3200) standartining xotirasi DDR333 (PC2700)
standarti xotirasiga qaraganda 20 foiz ko‗proq o‗tkazish qobiliyatini
ta‘minlaydi. DDR400 standarti operativ xotirasining nazariy o‗tkazish
qobiliyati 3,2 Gb/s. Tig‗iz (pиkовая) o‗tkazish qobiliyati 184 kontaktli
modullar – 6,4 Gb/s (xotiraning ikki kanalli kontrollyoridan
foydalanilganda).
Kichik hajmli xotirali kompyuter nima uchun sekinroq ishlaydi?
Bo‗lajak kompyuter konfiguratsiyasini tanlashda odam doim operativ
xotirada tejab qolgisi keladi. Haqiqatda, agar 16 Mbaytli kompyuter ham
ishlasa, nima uchun 64 Mbaytlisini sotib olish kerak?
Lekin, ko‗pchilik, bunda kompyuter o‗n marotaba sekinroq
ishlashini bilishmaydi. Bunda, operativ xotira yetishmasligi tufayli
hamma tizimlar sekin ishlaydi va sarflangan pul atigi 10 foizga ishlaydi.
Nima uchun operativ xotirasi kichik hajmli bo‗lgan kompyuter sekin
ishlaydi? Gap shundaki, zamonaviy dasturlar uchun ham 16 Mbayt va
143
ham 64 Mbayt kamlik qiladi. Amalda intensiv ishlaganda kompyuterga
yuzlab megabayt xotira zarur. Agar kompyuter uni topa olmasa, u
joylashtira olmagan hamma ortiqcha narsani u bikr diskdagi vaqtincha
saqlanadigan joy – bir oz saqlanadigan faylga jo‗natadi. Yozish va o‗qish
portsiyalab bo‗ladi. Operativ xotira platasi fizikaviy operativ xotira
deyiladi. Operativ xotirani hamma boshqacha tashkil qilinishi virtual
operativ xotira bo‗ladi. Fizikaviy va virtual xotiralar summasi – to‗liq
operativ xotiradir.
Bikr disk – mexanik qurilmadir. U operativ xotiraga nisbatan o‗nlab
marta sekinroq ishlaydi. Operativ xotira qanchalik kam bo‗lsa, disk bilan
shunchalik tez almashinuv bo‗ladi va bu almashinuvning har bir
portsiyasi shunchalik kam bo‗ladi. Operativ xotira minimal (16 Mbayt)
bo‗lganda almashinuv amalda uzluksiz bo‗lib turadi. Kompyuter bikr
diskni «cho‗qilash» bilan shug‗ullanadi. Sekundlarda bajariladigan
operatsiyalar minutlarga cho‗ziladi. Bunda operativ xotiraning biroz
kattalashtirilishini ham juda katta samara berdi.
Agar kompyuter Windows 98 operatsion tizimida ishlasa, uning
operativ xotirasining 16 Mbaytdan 24 Mbaytgacha biroz kattalashtirilishi
uning unumdorligini bir necha marta oshiradi. Windows 98 dan operativ
xotirasi 16 Mbayt bo‗lgan kompyuterlarda foydalanmang. Yoki xotirani
biroz oshiring, yoki Windows 95 operatsion tizimiga qayting; bu tizim
biroz noqulay bo‗lsa ham, lekin 8 Mbayt va undan katta xotira hajmli
kompyuterlarda ishlaydi.
Operativ xotiraning tavsiya qilinadigan hajmini aniqlashning oddiy
qoidasi bor. Dastlab, o‗zingiz uchun qanday operatsion tizim va qanday
dasturlar (qaysi yili chiqarilgani ma‘nosida) bilan ishlashingizni hal
144
qiling. Tanlab olgan tizimingiz uchun minimal talablarni biling va ularni
ikkiga ko‗paytiring.
Tayanch so‗zlar va iboralar
Umumtizimiy
DT,
ixtisoslashgan
DT,
so‗rovlar
tili,
ma‘lumotlarning fizikaviy modeli, ma‘lumotlarning sanaviy modeli.
Loyihalashni avtomatlashtirish vositalarini avtomatlashtirilgan
loyihalash turlari bo‗yicha guruhlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |