Onalik platasi shinalari
Qolgan qurilmalar bilan kompyuter protsessori o‗tkazgichlar
guruhlari yordamida bog‗langan; ular shinalar deb ataladi. Funktsiyalari
bo‗yicha uch asosiy shinalarni: komandalar shinasi, ma‘lumotlar shinasi
va adres shinalarini farqlashadi. 32 razryadli protsessorlar uchun
komandalar shinasi – bu 32 bir-biriga parallel o‗tkazgich (sim)lardir;
dasturlardan
komandalar
operativ
xotiradan
protsessorga
shu
o‗tkazgichlar orqali keladi. Pentium va undan keyingi protsessorlarda
ma‘lumotlar shinasi 64 razryadli bo‗lib, 64 o‗tkazgichlarda
mujassamlangan. Bu Pentium protsessorini 64 razryadli qila olmaydi,
chunki protsessor razryadligini ma‘lumotlar shinasi razryadligi belgilaydi.
Adres shinasi operativ xotiradan ham komandalarni va ham
ma‘lumotlarni boshqarish vazifasini bajaradi deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |