1 Erkin va farovon hayotni yuksak ma’naviyatsiz qurib bo‘lmaydi. Respublika
m a’naviyat va m a’rifat markazi. - Т.: 0 ‘zbekiston, 2006. - 45-bet.
2 «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda
amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarori. — http://uza.uz/oz/docum ents oliy-talim-muassasalarida-
talim-sifatini-oshirish.
178
ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyala
ri ni rivojlantirish sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shu
ningdek dolzarb mavzularda ilmiy-amaliy konferensiya va se-
minarlar, ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tanlovlar tashkil etish va
o‘tkazish bilan bog'liq faoliyatda OTMlar keng qamrovli faoliyat
olib bormoqdalar. Oliy ta’lim tizimida milliy g‘oya ta’sirchan-
ligini oshirish va g‘oyaviy tarbiyaning imkoniyatlarini yanada
kuchaytirishga qaratilgan hujjatlar orasida 0 ‘zbekiston Respub
likasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentyabrdagi 0 ‘zbe-
kiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzu-
ridagi Talabalar ilmiy-ma’rifiy markazini tashkil qilish haqidagi
697-sonli qarori muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bu sohada
barcha oliy o‘quv yurtlari uchun umumiy mezonlar asosida shakl-
lanadigan dasturlarda nazarda tutiladigan keng qamrovli faoliyat
yo‘nalishlari yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategi
yasining mazmun-mohiyati, hozirgi davrda xalqimizning qanday
islohotlar va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirayotgani bilan
uzviy bog‘liq ekani shubhasiz.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bugungi murakkab davrda tar-
biya jarayonini optimallashtirish va uning samarasini yana
da oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal et-
masdan, ushbu yo‘nalishdagi targ‘ibot va tashviqotning samarali
usul va vositalaridan oqilona foydalanmasdan turib bu boradagi
dolzarb vazifalarni amalga oshirib boimaydi, albatta. Ayni payt-
da, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash jarayoniga katta ta’sir
ko‘rsatadigan ta’lim, m a’naviy-ma’rifiy jabha bilan birga, ushbu
sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalari ham o‘z
ahamiyatini saqlab qolaveradi.
Bu boradagi dolzarb masalalar qatorida mamlakatimizda
ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan umummilliy davlat das-
turlarining ijrosini yangi bosqichga ko‘tarish, markaz va joylar-
dagi bunga javobgar idoralarning mas’uliyatini oshirishga harakat
qilindi. Ta’kidlash zarurki, mazkur yo'nalishda yigit-qizlari-
mizning olgan bilimi va kasbini amaliy hayotda namoyon etishi
179
va ishlatishi uchun, o‘quv yurtlarini bitirib chiqayotgan yoshlari-
mizning hayotda o‘ziga mustahkam o‘rin egallashi uchun ko‘mak
va keng imkoniyatlar tug'dirib berish masalasi muhim ahamiyat-
ga ega.
Yoshlar kamoloti haqida gapirganda, uni amalga oshirishda
hukumat tomonidan ularning ijtimoiy-iqtisodiy himoyalanishi-
ga ham alohida e’tibor berilib kelinayotganini ta’kidlash lozim.
Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining bepul o‘quv qurollari bilan ta ’minlanishi, ish-
siz yoshlarni mehnat birjalari orqali kasbga yo‘naltirish, qay
ta tayyorlash va ish bilan band qilish, kam ta’minlangan oila
farzandlari, nogironlar va mehribonlik uylaridagi bolalarni ijti
moiy himoyalash va boshqa o‘nlab tadbirlar shular jumlasidan-
dir. Shuningdek, qonunda yoshlarning ta’lim olishi, xalqaro alo-
qalardagi ishtirokining muhofaza qilinishi, voyaga yetmaganlar
bilan ishlash, iste’dodli yoshlarni qo'llab-quwatlash masalalari
xususida ba’zi m e’yorlar belgilab olindi.
Yoshlarning chet el ta ’lim muassasalarida o'qishi, malakasini
oshirishi, ishlashi, xalqaro sport va boshqa musobaqalar, tanlov-
lar, olimpiadalarda 0 ‘zbekiston Respublikasi nom idan ishtirok
etishi uchun shart-sharoitlar yaratib berildi. Bu borada yosh
larning ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritib, mamlakatimizning ij
timoiy-siyosiy, m adaniy-ma’rifiy, sport va harbiy vatanparvarlik
kabi sohalarida ishtirok etib, uning rivoji uchun o‘z hissasini
qo‘shib kelayotgani yuqoridagi tadbirlar mevasi desak, mubolag'a
bo'lmaydi.
Xullas, istiqlol yillarida 0 ‘zbekiston davlati faoliyatining eng
ustuvor strategik yo‘nalishlaridan biri barkamol avlodni tarbi
yalash masalasi bo‘lib kelmoqda. Mamlakatimizda sog‘lom va
barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektu
al salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini
yangi asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivoj
langan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar
va imkoniyatlarni yaratish boyicha keng ko‘lamli aniq yo'naltiril-
180
gan chora-tadbirlarni amalga oshirish bu boradagi faoliyatning
strategik maqsadi hisoblanadi.
Bugungi kunda komil insonni tarbiyalash va barkamol avlodni
voyaga yetkazish bo'yicha faoliyat strategiyasi o‘zining yangi bos-
qichiga qadam qo‘ydi. Endilikda ushbu strategiyani hayotga jo
riy etishda davlatning innovatsion va investitsion faoliyatini yo‘lga
qo‘yish mexanizmlarini ishlab chiqish, uni maqsadli, muntazam
va davomiy tashkillashtirish dolzarb vazifaga aylanadi.
Bu davr mamlakatni modernizatsiya qilish, jamiyatni
demokratlashtirish va boshqaruvni liberallashtirish bilan bir
ga islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadlari bilan uz-
viy bog‘langan bo‘lib, yoshlar tarbiyasi va ta’lim islohotlari ush
bu jarayonning muhim tarkibiy qismi va davlatimiz faoliyatining
dolzarb vazifalari qatoridan o‘rin olgani bejiz emas.
Shuning uchun ham yangilanayotgan jamiyatimizda jismonan
sog'lom va baquvvat, ma’nan barkamol avlodni tarbiyalash, er
kin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish, m a’naviy-ma’rifiy ish-
larni yuksak darajaga ko‘tarish orqali komil insonlarni voyaga
yetkazishga alohida e’tibor berilmoqda. Vatanimizda sog‘lom av
lod harakatining keng tus olgani, kadrlar tayyorlash milliy dastu
ri asosida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham
ana shu ulug‘vor maqsad va bu boradagi taraqqiyot strategiyasini
amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |