Holbuki, mamlakatimizdagi mavjud umumta’lim muassasa-
lari va ushbu muassasalardagi o‘quvchilar va o‘qituvchilar soni
hamda salmog‘i nihoyatda katta va bu omilning jamiyatimiz ha
yoti va milliy g‘oya amaliyotidagi o‘rni juda muhim. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi «Xalq ta’li-
m ini boshqarish tizim ini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida umumta’lim muassasala-
rining moddiy-texnik holatini yaxshilash, shu orqali xalq ta’li
mi tizim ini yanada takomillashtirish, o‘quv-tarbiya
jarayoniga
boshqaruvning yangi mexanizmlarini va sifat standartlarini joriy
etish, jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirishga alohida
ahamiyat qaratilgan.
M azkur qarorda ushbu sohadagi dolzarb vazifalarni bajarish
uchun umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat ji
hatidan yangi darajaga ko‘tarish, har tomonlama kamol topgan
avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellek
tual rivojlanishini ta’minlash, ushbu
sohada yagona davlat siyo-
satini amalga oshirishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli va mas’uliyatini kuchay
tirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlarining mazkur yo‘nalishdagi
vazifalari, funk-
siyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish kabilar
xalq ta’limi tizim ini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari sifatida
belgilangan.
Shu bilan birga, qarorda xalq ta’limi
muassasalari xodim-
larini moddiy rag‘batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni
yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoit-
larni yaratish, zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sha-
roitlarni yaratish yo‘li bilan umumiy o‘rta va maktabdan tashqa
ri ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‘rsatishga
oid faoliyat
bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi o'rinlarda — no
davlat umumta’lim tashkilotlari) tarmog‘ini yanada rivojlantirish,
ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini sa
marali joriy etish bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar ham belgilab
174
berilgan. Xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv-tar-
biya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jum -
ladan, ta’lim berishning innovatsion
usullarini joriy etish, o'quv
va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, funda
mental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish ham Qaror
da ko‘zda tutilgan ustuvor yo‘nalishlar qatoriga kiradi1.
Mamlakatimizda keyingi yillarda kasb-hunar ta’lim ini rivoj
lantirish, ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va mazmunini
yangilashni ta’minlash maqsadida qator tizimli chora-tadbirlar
ko‘rildi. Bularni qayd etish bilan birga, 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’li
mi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»-
gi Farmoniga sharhda yana bir bor ta’kidlanganidek islohotlar
amalga oshirilgan yillarda umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta max
sus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, 12-yillik majburiy ta’lim-
ga o‘tish natijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi bugungi kun talablariga javob
bermasligini va tubdan isloh qilishga muhtoj ekanligini ko‘rsatdi2.
Ushbu sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal etish,
ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida kasb-hunar ta’li
mi tizimini tubdan takomillashtirish
va rivojlantirish, mavjud
kasb-hunar kollejlarining moddiy bazasidan oqilona va maqsad-
li foydalanishni ta’minlash, shuningdek, tegishli vazirliklar,
idoralar, xo‘jalik
birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxo-
nalarga idoraviy bo‘ysunuvchi kasb-hunar kollejlarida malakali va
mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash
Do'stlaringiz bilan baham: