O‘zbekistonning Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bilan hamkorligi



Download 54,41 Kb.
bet1/7
Sana01.07.2022
Hajmi54,41 Kb.
#722003
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma`lumot


O‘zbekistonning Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bilan hamkorligi
O‘zbekiston Respublikasi birinchi navbatda Yaqin va O‘rta Sharq hamda arab mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga kirishdi. Negaki, O‘zbekistonning ruhi, dini, urf-odatlari va an’analari Osiyodagi mamlakatlarga yaqindir. 1991- yil 16—19- dekabr kunlari I. Karimov boshliq O‘zbekiston davlat delegatsiyasi mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakat — Turkiyada bo‘ldi. Turkiya prezidenti Turg‘ut O‘zol, bosh vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar, ishbilarmonlar bilan amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Safar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to‘g‘risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to‘g‘risida protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, axborot ayirboshlash, televideniya va radio eshittirish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida protokollar va boshqa hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda ancha kengaydi. 1992- yil 28- aprel kuni O‘zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada O‘zbekiston elchixonasi ochildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. Hamkorlikning yanada chuqurlashtirishda Turkiya davlati rahbarlari Turg‘ut O‘zol, Sulaymon Demirel, Tansu Chiller, Mesut Yilmazar Ahmet Sezerlarning O‘zbekistonga rasmiy tashriflari chog‘ida imzolangan hujjatlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qo‘shma korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar bermoqda. O‘zbekistonda Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiqroq qo‘shma korxonalar barpo etildi. 1996- yil iyun oyida O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi — „O‘zavtosanoat“ Turkiyaning „KochXolding“ konserni bilan Samarqand shahrida „SamKochavto“ o‘zbek-turk qo‘shma korxonasini barpo etish to‘g‘risida shartnoma tuzdilar. Tez orada bu qo‘shma korxona bunyod etildi va sig‘imi o‘rtacha avtobuslar hamda 8 tonnagacha yuk ko‘taradigan yuk avtomobillar yig‘ish yo‘lga qo‘yildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992- yilda 75 mln AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 1998- yilda 275 mln AQSh dollariga ko‘paydi. 1992-yil 27—28- iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarga asos soldi. Safar kunlarida „O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to‘g‘risida“ shartnoma, iqtisodiy va savdo hamkorligi to‘g‘risida, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlikni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1992- yil 13—14- avgust kunlari Pokistonga rasmiy tashrifi va unda imzolangan hujjatlar yanada yangi pog‘onaga ko‘tardi. Ikki davlat o‘rtasida suv resurslari, elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida, pochta va telekommunikatsiya sohasida, davlat banklari va milliy banklar o‘rtasida vakolatxonalar ayirboshlash to‘g‘risida, investitsiyalar va sarmoyalarni himoya qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Benazir Bxutto 1995- yil may va noyabr oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va Markaziy Osiyo xavfsizligi, Afg‘onistonda birodarkushlik urushini to‘xtatish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, sayyohlikni rivojlantirish haqida bitimlar imzolandi.
O‘zbekistonda Pokiston sarmoyalari ishtirokida 120 qo‘shma korxona tuzilgan. Tabani, Merkuriy, Metro, Laksan Taraka kabi 19 ta yirik firma va kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. 1994- yilda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 4,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston Pokistonga charm xomashyosi, pilla, shoyi matolar, shisha, billur, yengil sanoat uchun mashina va uskunalar eksport qilmoqda. Pokistondan esa xalq iste’moli mollari, xususan, tayyor kiyimlar, poyabzal, charm buyumlar, kakao va shakar keltirilmoqda.
1992- yil 24—25- noyabr kunlari respublikamiz Prezidenti I. Karimovning Eron Islom Jumhuriyatiga rasmiy davlat tashrifi O‘zbekiston va Eron o‘rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Safar chog‘ida „O‘zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Jumhuriyati o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to‘g‘risida“ deklaratsiya, havo transporti sohasidagi hamjihatlik to‘g‘risida memorandum, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi hamjihatlik to‘g‘risida memorandum, pochta, telefon va telegraf sohasidagi hamjihatlik to‘g‘risida memorandum, davlat Markaziy banklari o‘rtasida bitim imzolandi. 1993- yil 18- oktabrda Eron prezidenti Ali Akbar Xoshimiy Rafsanjoniyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi bilan kelishi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengayishiga ko‘maklashdi. Safar chog‘ida tranzit aloqalarni tartibga solish to‘g‘risida hamda xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar transport sohasida keng rivojlandi. 1996-yilda O‘zbekiston Eron hududi orqali 34 ming tonna yuk tashigan bo‘lsa, 2001-yili bu ko‘rsatkich 487 ming tonnani tashkil etdi. 2001-yili O‘zbekiston hududi orqali Eronning 750 ming tonna tranzit yuki olib o‘tildi. O‘zbekiston yuklari, asosan, Eronning Bander Abbos va Chobahor portlari orqali Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasiga chiqarilmoqda. 2002- yil boshlarigacha Eron tadbirkorlari sarmoyalari ishtirokida mamlakatimizda 50 ga yaqin O‘zbekiston— Eron qo‘shma korxonasi barpo etildi va ular, asosan, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda.
2002- yil 26- aprel kuni Eron prezidenti Sayyid Muhammad Hotamiyning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi paytida O‘zbekiston va Eron o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama soliqqa tortilishga yo‘l qo‘ymaslik, daromad va sarmoya soliqlariga taalluqli ma’lumotlarni almashish, transport vositalari haydovchilari uchun viza masalalarini yengillashtirish, O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlar palatasi bilan Eronning savdo, sanoat va tog‘-kon sanoati palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida hujjatlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini yanada boyitdi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrifi bilan Saudiya Arabistoni, Misrda bo‘ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari to‘g‘risida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari imzolandi. Saudiya Arabistoni, Misr davlat va hukumat vakillarining O‘zbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar esa davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonlik yoshlar Qohira universitetida, „Al-Azxor“ va „Ayn Shams“ universitetlarida, misrliklar Toshkent texnika va agrar universitetlarida tahsil ko‘rmoqdalar. Toshkentda Misr Respublikasining fan va ta’lim markazi faol ishlab turibdi. 1992- yilda O‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga a’zo bo‘lib kirdi. 1992- yil 10- mayda Ashgabatda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda Transosiyo temiryo‘lini vujudga keltirish maqsadida Tajan—Seraxs—Mashxad temiryo‘li qurish haqida bitimni, bojxona xizmatini tashkil etish, shu soha uchun mutaxassislar tayyorlash haqida hujjatlarni imzoladilar.
1992—1996-yillarda uzunligi 295 km bo‘lgan MashxadSeraxs—Tajan temiryo‘li qurildi. 1996-yil 12-may kuni mazkur temiryo‘lning ochilishiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi, unda EKO a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning rahbarlari, Rossiya, Ukraina, Belorus hukumatlarining vakillari, jami 50 mamlakat vakillari qatnashdi. Istanbul— Pekin Transosiyo temiryo‘lining tarkibiy qismi bo‘lgan Mashxad—Seraxs—Tajan temiryo‘li Osiyo va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida yuk tashish muddatini bir haftaga qisqartirdi. Bu temiryo‘lning 132 kilometri Turkmaniston hududida qurildi, uni qurishda o‘zbekistonlik yo‘lsozlar faol qatnashdilar, qurilish ishlariga 45 mln. AQSh dollari sarflandi. Ana shu yo‘l orqali O‘zbekiston o‘z mahsulotini Anqaragacha yoki Fors ko‘rfazigacha, keyin dunyoning istalgan burchagiga yetkazishi mumkin bo‘lib qoldi. O‘zbekistonning yirik mamlakat — Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993- yil 23—25- may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Safar kunlarida „O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to‘g‘risida“ shartnoma, foyda va mulkka ikki yoqlama soliq solmaslik to‘g‘risida, havo yo‘llari to‘g‘risida va savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1993- yil 17—19- avgust kunlari Hindistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolandi. O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. 1995- yil 25- avgust kuni Toshkent shahrida Hindistonning „TATA Projekte LTD“ firmasi tomonidan qurib bitkazilgan 600 o‘rinli salomatlik zali, majlislar xonasi, servis xizmati, yer osti garaji, sauna, barlari, katta restoranlari bo‘lgan zamonaviy mehmonxonaning ochilishi fikrimizning dalilidir. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini Islom Karimovning 2000- yil 1—3- may kunlari Hindistonga qilgan safari yanada yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Safar paytida O‘zbekiston Prezidenti Hindiston prezidenti va Bosh vaziri bilan muzokaralar olib borib, uning yakunida 10 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida xalqaro jinoyatchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashga qaratilgan O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Qo‘shma bayonot, jinoyat qidiruv ishlarida huquqiy yordam va ekstraditsiya to‘g‘risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega. Shuningdek iqtisodiy, madaniy, ta’lim, axborot, bojxona sohalari bo‘yicha hamkorlik qilish haqidagi hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga yaqin hujjatlar qabul qilingan. O‘zbekistonda 2000-yilda Hindiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan 30 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Download 54,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish