O‘zbekistonning Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bilan hamkorligi



Download 54,41 Kb.
bet5/7
Sana01.07.2022
Hajmi54,41 Kb.
#722003
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma`lumot

O‘zbekiston va AQSh aloqalari
O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo‘lga qo‘yildi. 1992-yil 15—16- fevral kunlari AQSh davlat kotibi Jeyms Beyker O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992-yil 16-mart kuni Toshkentda birinchi bo‘lib, AQShning elchixonasi ochildi. 1993- yil 14- sentabrda AQSh davlat deportamentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Strob Talbot O‘zbekistonda bo‘ldi va O‘zbekiston Prezidenti bilan hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashdi. 1995-yil 6-aprelda AQSh mudofaa vaziri Uilyam Persi O‘zbekistonga keldi, O‘zbekistonning NATO „Tinchlik yo‘lida hamkorlik“ dasturida ishtiroki muhokama qilindi. AQSh armiyasi o‘quv-mashq markazida tinchlikni ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari vzvodi ishtirok etdi. O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasida sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida, ikki yoqlama soliq olmaslik to‘g‘risida shartnomalar tuzilgan. Toshkent — Nyu-York o‘rtasida bevosita havo yo‘li ochildi. O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov 1995- yilda — BMT yubiley sessiyasi kunlarida AQSh vitse-prezidenti Albert Gor bilan uchrashdi. Uchrashuvda jahon va mintaqaviy xavfsizlik masalalari, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida fikr almashindi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarga ko‘mak berish maqsadida Amerika— O‘zbekiston savdo palatasi tuzildi. Palata savdo va investitsiya munosabatlarini rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi.
O‘zbekistonda 1996- yil boshlarigacha amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200 ta „O‘zbekiston— Amerika“ qo‘shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko‘rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntov AQShning Nyumont Mayning Korporatsiyasi bilan hamkorlikda tog‘ jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi „Zarafshon-Nyumont“ qo‘shma korxonasi bor. Bu korxonada 2002- yilgacha 83 tonna oltin tayyorlandi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1996- yil 23—28- iyun kunlarida AQShda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. I.Karimov AQSh Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, tomonlar manfaatiga daxldor bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari muhokama etildi. Bill Klinton AQSh ma’muriyati Markaziy Osiyo mamlakatlarining mustaqilligi, barqarorligi va ravnaqidan manfaatdor ekanini, O‘zbekiston bilan qalin munosabatlar o‘rnatishni istayotganini, O‘zbekistonning tezroq dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi yo‘lida yordam berajagini ta’kidladi. I. Karimov bilan B. Klinton uchrashuvi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga siyosiy zamin hozirladi. 1996- yil 25- iyun kuni O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ochildi, bu marosimda O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov AQSh davlat departamentining MDH davlatlari bo‘yicha vakili J. Kollinz qatnashdi. O‘zbekiston Prezidenti AQShdagi Xorijiy xususiy sarmoyalar korporatsiyasi (OPEK)ning Vashingtondagi qarorgohida o‘tkazgan brifingda, Xyuston shahrida O‘zbekiston gaz va neft sanoatiga bag‘ishlangan, Denver shahrida O‘zbekiston tog‘-kon sanoati imkoniyatlari va boy tabiiy resurslariga bag‘ishlangan konferensiya hamda ko‘rgazmalarda qatnashdi va nutq so‘zlab O‘zbekistonda chet el sarmoyalari va biznesi uchun yaratilgan qulay iqtisodiy, huquqiy, siyosiy sharoitlar to‘g‘risida batafsil axborot berdi. Bu tadbirlarda AQShning 70 dan ortiq moliya, tog‘-kon sanoati, ishlab chiqarish bilan mashg‘ul yetakchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdilar. „O‘zbekneftgaz“ milliy korporatsiyasi bilan „Enron“ korporatsiyasi va OPEK o‘rtasida loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash va sug‘urta qilish to‘g‘risida protokol, O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan „Keys“ korporatsiyasi o‘rtasida lizing kompaniyasi tuzish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash va sug‘urta qilish to‘g‘risidagi protokol bo‘yicha OPIK ajratadigan 400 mln AQSh dollari O‘zbekistonda gaz sanoatini rivojlantirishga xizmat qiladi. 1996- yil birinchi yarmigacha OPIK ishtirokida O‘zbekiston iqtisodiyotiga 200 mln dollarlik AQSh sarmoyasi kiritildi. O‘zbekiston delegatsiyasining Texas shtatining poytaxti Xyustonga safari chog‘ida neft va gaz sanoati bilan bog‘liq bo‘lgan yirik korporatsiya va kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ldi. „O‘zbekneftgaz“ korporatsiyasi va „Teksako“ kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish to‘g‘risida ta’sis shartnoma, „O‘zbekneftgaz“ bilan „Enron Oyl Gaz Interneshnl“ o‘rtasida gaz konlarini izlab topish va ishga tushirish bo‘yicha qo‘shma korxona tuzish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shartnomada Amerikaning moylash materiallari ishlab chiqarish texnologiyalarini O‘zbekistonga keltirish ko‘zda tutiladi. Prezident I. Karimov va Tennessi shtatining gubernatori T. Sandkvest o‘rtasida O‘zbekistonda „Gazomotors“ va „Gazkompressor“ qo‘shma korxonalari tuzish to‘g‘risida hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston delegatsiyasining Kolorado shtatiga safari chog‘ida I. Karimov va Kolorado shtati gubernatori R. Romer o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. 28-iyun kuni I. Karimov „Nyumont Mayning“ korporatsiyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurib, uning prezidenti R. Kembri bilan uchrashdi, muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston davlat geologiya qo‘mitasi bilan „Nyumont Mayning“ o‘rtasida oltin konlarini qidirib topilish borasida qo‘shma korxona tuzish to‘g‘risida bitim hamda O‘zbekiston davlat geologiya qo‘mitasi, „Nyumont Mayning“ va „Mitsui“ korporatsiyalari o‘rtasida oltin konlarini birgalikda ishga tushirish sohasida bitim imzolandi. O‘zbekiston Prezidenti boshliq davlat delegatsiyasining AQShda bo‘lishi chet el sarmoyasi uchun respublikada yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi axborot taqchilligini bartaraf etdi. Safar chog‘ida imzolangan hujjatlar Amerika biznesi va sarmoyalarining O‘zbekistonga erkin kirib kelishi uchun yanada keng yo‘l ochdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish yo‘lidan bormoqda. O‘zbekistonda AQShning 28 ta kompaniya, firma va banki o‘z vakolatxonalarini ochgan. Bular qo‘shma korxonalar barpo etish, savdo-sotiqni kengaytirish ishiga ko‘maklashmoqda.
2001- yilda O‘zbekistonda AQSh bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar soni 70 dan ortdi. AQSh sarmoyasi ishtirokida respublikamizda barpo etilgan 305 ta qo‘shma korxona sanoat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, gaz-kimyo, neft, oltin qazib olish, transport, kommunikatsiya va ta’lim sohalarida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. „Zarafshon-Nyumont“, „O‘z-Teksako“, „O‘zKeysmash“, „O‘z-Keystraktor“, „O‘z-Eksayd“, „BiEyay“ning Xo‘jaobod gaz ombori qurilishi, „ABB Lummus Global“ bilan hamkorlikdagi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi shular jumlasidandir. O‘zbekistonning AQSh bilan savdo aylanmasi 300 mln. AQSh dollaridan oshdi.
Istiqlol yillarida yuzlab o‘zbek yoshlari „Umid“ jamg‘armasi va AQSh hukumati dasturlari bo‘yicha Amerika universitetlarida tahsil olib qaytdilar. 2001—2002- o‘quv yilida AQSh da ta’lim olayotgan yoshlar soni 2 ming kishini tashkil etadi. 2001- yil 11- sentabr kuni xalqaro terroristlar AQShda sodir etgan fojiali voqealar paytida O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib AQSh hukumatining Xalqaro terrorizmga qarshi aksilterror kaolitsiya tuzish haqidagi taklifi tarafdori bo‘lib chiqdi.
O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi 1991- yildan 2001- yil sentabrgacha davlat ahamiyati darajasida 28 ta tashrif qayd etilgan bo‘lsa, 2001-sentabrdan 2002-yil apreligacha esa 20 taga yaqin ana shunday tashriflar amalga oshirildi. 2002- yil 11—14- mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi Prezident Jorj Bush taklifiga binoan rasmiy davlat tashrifi bilan AQShda bo‘ldi. AQSh Prezidenti J. Bush va martabali hukumat vakillari Islom Karimovni Oq uyda obro‘-e’tiborli mehmon sifatida kutib oldi. Tomonlar xalqaro ahvol, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, harbiy va harbiy-texnikaviy, iqtisodiy hamkorlik masalalarida fikr almashdilar. Tashrif yakunida „O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasida o‘zaro sheriklik va hamkorlik asoslari to‘g‘risida deklaratsiya“, ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar, yadroviy materiallar va texnologiyalar tarqalishining oldini olishda hamkorlik, moliya, qishloq xo‘jaligiga oid qator hujjatlar imzolandi. Eng muhimi, AQSh ni sinovli damlarda qo‘llab-quvvatlagani uchun Prezidentimiz Islom Karimov Amerika jamoatchiligi tomonidan „Xalqaro miqyosdagi lider“ mukofoti bilan taqdirlandi. Bu mukofot Amerika xalqining O‘zbekiston xalqiga hurmat-e’tiborining timsolidir.

Download 54,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish