O‘zbekistonning Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bilan hamkorligi


Mustaqil tashqi siyosat zaminining yaratilishi



Download 54,41 Kb.
bet7/7
Sana01.07.2022
Hajmi54,41 Kb.
#722003
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma`lumot

Mustaqil tashqi siyosat zaminining yaratilishi
Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo‘lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiytexnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. Negaki, davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko‘p jihatdan ana shu vazifalarning oqilona hal etilishiga bog‘liq bo‘lib qolgan edi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emas edi. Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, sobiq Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jumladan, O‘zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat edi. Shu bois davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlariga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham o‘quv yurti yo‘q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab qilmoqda edi. O‘zbekiston rahbariyatiga bu sohadagi ko‘p qirrali ishlarni boshidan boshlashga to‘g‘ri keldi. Prezident Islom Karimov o‘zining „O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17- moddasida mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilandi va qonunlashtirildi. Respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. „O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“gi, „Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida“gi, „Òashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida“gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko‘lamli hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi. Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o‘z ifodasini topdi. Birinchidan, respublika qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda. Ikkinchidan, mamlakatimiz xalqaro normalarning bajarilishini kafolatlaydigan hamma majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. Òashqi aloqalarni ta’minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Òashqi ishlar vazirligi, Òashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (agentligi), Òashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Download 54,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish