O’zbekistonning mustaqillik davri tarixi fanidan o’quv – uslubiy majmua


«Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir



Download 1,31 Mb.
bet41/61
Sana13.05.2022
Hajmi1,31 Mb.
#602964
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
Bog'liq
ўзбекистоннинг мустақллик даври тарихи охирги вариант

«Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir,
Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq o’chdir….» satrlari orqali ifoda etdi.
Shuning uchun har bir deputat o’zini saylab qo’ygan xalq bilan birga bo’lishi, uning og’ir kunida hamdardlik qilishi zarurligini uqtirdi.
Ikkinchidan, ma’ruzada xalq farovonligini oshirish quruq safsatabozlik bilan emas, balki aniq-ravshan, sabotli, samarali, intizomli va foyda keltiradigan ish bilan hal qilinishi lozimligiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, xalqimizning milliy-madaniy talab-ehtiyojlarini to’la-to’kis qondirish uchun “O’zbek tiliga Davlat tili maqomini berish to’g’risida”gi Қonun va an’anaviy xalq bayramlari, urf-odatlari va marosimlarini qayta tiklash to’g’risidagi qarorlar qabul qilinganligi haqida to’xtalib, 21- mart “Navro’z” umumxalq bayrami deb e’lon qilinganiligi alohida ta’kidladi. Davlat rahbari yoshlarni ta’lim-tarbiyasi, aholining sog’ligi bilan bog’liq masalalarga ham alohida e’tibor berib, respublikada 1700 ta maktab vayrona holda ekanligini, respublika sog’liqni saqlash bo’yicha mamlakatda oxirgi o’rinda bo’lganligini, odamlarga ichimlik suvi yetkazib berilmaganligini, bu borada Orol bo’yi aholisining aholini g’oyatda og’irligini bu muammolarning yechimini topish dolzarb masala ekanligini kun tartibiga qo’ydi.
Uchinchidan, rahbarlarning o’z burchi va javobgarligiga mas’uliyatni oshirishlari lozimligini bildirib, siyosiy va ma’naviy burchdan tashqari, eng avvalo otalik burchini o’ylash, farzandlarimizning taqdirini o’z manfaatlari yo’lida qurbon qilayotganlarga befarq bo’lmaslikka chaqirdi. Ma’lumki, qaerda raxbarlar o’z burchi va javobgarligiga loqayd bo’lsa, vaziyatni yaxshi bilmasa o’sha joylarda to’polon bo’ladi. Ma’ruzada Farg’onadagi, Kavkazdagi, Dushanbedagi voqealar misol tariqasida keltiriladi.
To’rtinchidan, Islom Karimov yosh avlod tarbiyasida ziyolilarning o’rni alohida ekanligini gapirib, katta-kichik barcha amaldorlar ko’zlarini kattaroq ochib, ziyoli zotiga e’tibor bilan qarashni o’ziga sharaf deb bilmog’ini uqtirdi. Deputatlar oldiga birinchi galdagi vazifa sifatida yoshlar tarbiyasi milliy siyosatini harakat dasturini ishlab chiqish, bunga xalq maorifi sistemasini tubdan o’zgartirish, bolalar bog’chalari, maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, texnikumlar, oliy o’quv maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maxsus maktab-internatlarini ko’paytirish kabi vazifalar kiritilishini uqtirdi. Ayni choqda, yoshlar bilimi va tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lgan o’qituvchilarni ijtimoiy himoya qilish masalasi davlat siyosati darajasidagi vazifa ekanligini kun tartibiga qo’ydi.
Ma’ruzada iste’dodli yoshlarni eng yaxshi bilim maskanlariga, doktoranturalarga o’qishga yuborish, buning uchun mablag’, hatto, valyutani ham ayamaslik zarurligi, SSSRning uzoq nuqtalarida qurilish batalionlarida xizmat qilayotgan bolalarimizni mamlakat ichkarisida xizmat qilishligini ta’minlash eng dolzarb masala ekanligi aytildi.
Beshinchidan, millatlararo munosabatlarni rivojlantirish, milliy an’analar xalqning eng nozik, eng hurmattalab fazilati ekanligiga e’tibor qaratishga bog’likligi tahlil qilib berildi.
Oltinchidan, jamiyatni g’oyaviy, ma’naviy yangilanishida ijodkorlarning o’rni beqiyos ekanligiga ahamiyat berib, Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligini xalqimiz tarixining eng mo’‘tabar sanalari sifatida katta tantana bilan esda qoladigan qilib nishonlash zarurligini anglatdi.
Yettinchidan, xalq saylagan har bir deputat, o’zining xalqqa bergan va’dalarini bajarishini yuksak insoniy va ijtimoiy burchi deb qarashi, eng muhimi xalqqa vijdon bilan, halol xizmat qilishni asosiy mezon deb bilish lozimligini belgilab berdi.
Ana shu yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni bajargan deputatning ishi o’ngidan keladi, barakali bo’ladi, deya Prezident ma’ruzasini nihoyasiga yetkazdi.
Xullas, Prezidentimizning yuqoridagi ma’ruzalarida kun tartibiga qo’yilgan masalalar xalq irodasi bilan tanlangan yo’lning munavvar bo’lishida strategik dastur bo’ldi.
Prezident Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi mustaqillik tomon odimlar ekan, mamlakatimizda iqtisodiy-siyosiy sohalarda olib borilayotgan ishlar haqida 1991 yilning 29 yanvar kuni “Izvestiya” gazetasi muxbirining savollariga bergan “Hammasiga o’zimiz erishmog’imiz zarur” mavzusidagi javoblarida quyidagilarni bayon qildi:
- barcha huquqlarga ega bo’lgan, ammo shu huquqlardan bir qismini markazga beradigan teng huquqli respublikalar yoki davlatlar ittifoqiga a’zo bo’lib kirish;
- markaz bilan tuzilgan shartnomada O’zbekiston o’z hududidagi barcha tabiiy boyliklarga, hamda respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarga egalik qilishi;
- Shatalin tomonidan tuzilgan dasturda ko’rsatilgan «Shok terapiyasi»ga qo’shilmaslik, bu «Shok terapiya» O’rta Osiyo sharoitiga to’g’ri kelmasligi;
- inson manfaatlarini, huquqlarini kamsitishga asoslangan mustaqillik tarafdori bo’lmaslik;
- xususiy mulkga ega bo’lish uchun odamlarga shart-sharoit yaratib berish;
- Rashidov shaxsiyatini u yashagan va ishlagan davrdan ayri holda ko’rib chiqish mumkin emasligi; - O’zbekistonga zarba bo’lib tushgan eng og’ir tanglik, iqtisoiy emas, balki ma’naviy tanglik ekanligi;
- asrlar mobaynida qaror topgan axloqiy – ma’naviy qadriyatlarni g’oyaviy qarashlarga qurbon qilish, oqibatlarni bartaraf etish;
- begunoh qamalib qamoqdan ozod etilganlarga, oqlanganlarga tovon puli to’lash.
Prezident Islom Karimov 1991 yil 2 fevral kuni «Pravitelstvennыy vestnik” haftanomasiga “Iqtisodiy omillar amal qilsa, “TYeMIR ҚO’LGA” hojat qolmaydi” mavzusida intervyu berdi. Intervyuda quyidagilar yoritildi:
- O’zbekiston uchun «Temir qo’l» qidirmasdan balki, o’ylab qo’yilgan rejalarni qat’iyat va izchillik bilan ado etilganligi;
- taraqqiyotda, ishlab chiqarishda yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzib tashlamasligi;
- aholining moddiy farovonligini oshirish uchun 10 minglab gektar yerni tomorqa sifatida aholiga taqsimlab berilganligi;
- natijada aholi uchun iste’mol poliz mahsulotlarining arzonlashganligi;
- chorvachilikni rivojlantirish uchun aholiga yem-hashak ajratitilayotganligi;
- boshlang’ich sinf o’quvchilariga bepul nonushta, pensionerlar, maktab o’qituvchilari va talabalarga imtiyoz va yordam berilayotganligi;
- Navro’zning milliy bayram sifatida e’lon qilinganligi.
1991 yil 12 fevral kuni «Respublikada Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish haqida» O’zSSR Prezidenti Islom Karimovning Farmoni e’lon qilindi. Farmon yetti banddan iborat bo’lib, 21 mart ya’ni, Navro’z kuni dam olish kuni sifatida belgilandi. Bayram aholining barcha tabaqalari istak va xoxishlariga, har bir joyning o’z sharoitlariga qarab o’tkazilishi maqsadga muvofiqligi ko’rsatildi. Shuningdek, Navro’z umumxalq bayrami an’analariga ko’ra qariyalar, bemorlar, nogironlar, beva – bechoralarga mehr-shafqat ko’rsatishga alohida e’tibor berish ta’kidlandi.
1991 yil 7 mart kuni Prezident Islom Karimov «Bizni kapitalizmdan sakrab o’tishga o’rgatmagan» mavzusida “Komsomolskaya pravda” gazetasining muxbiri savollariga javob berdi. Javobda O’zbekistonning bugungi kundagi iqtisodiy ahvoli va paxta yakka hokimligi natijasida iqtisodiy qaramlikka yuz tutgani haqida fikr bildirdi. Mamlakatning iqtisodiy salohiyatini tanqidiy tahlil qilib, odamlarning ijtimoiy turmush tarzi haqida to’xtaldi hamda ushbu muammolarning yechimlarini ochib berdi, mamlakat iqtisodiyotini ko’tarishda chet-el texnologiyasi va texnikasini jalb etish, odamlar yashaydigan joylarga yaqin korxonalarga ega bo’lishi lozimligini qayd etdi.
Shuningdek, yoshlarni ilg’or mamlakatlarga, zamonaviy texnologiyalarni o’zlashtirish uchun yuborish zarurligini ta’kidladi. Mazkur suhbat davomida O’zbekistonda mulkchilikning barcha ko’rinishlari teng huquqli deb e’lon qilingani haqida so’z bordi. Prezident oppozitsiya va konservatizm, demokratizm masalalari haqida fikr bildirib, “Agar u o’z fikri, tushunishi, istiqboliga ega sog’lom oppozitsiya bo’lganida, men tabriklab, qo’llab- quvvatlardim. Biroq o’zim to’qnash kelgan, bahslashgan odamlar haqida gapiradigan bo’lsa, uzil-kesil xulosa chiqarish mumkin. Ularning aksariyati hokimiyatga intilayapti. Issiq joy bersangiz, tinchib qolishadi, xalq g’amini ham unutib yuborishadi”,(290-291-b)-degan fikrni bildirdi. Shu bilan birga Prezident jamiki g’oyalar, ijtimoiy qatlam va manfaatlar mujassamlangan parlament tarafdori ekanligi haqida to’xtaldi.
Vaziyat qanday bo’lmasin kuch ishlatish yo’li bilan millatlararo munosabatlarni, respublikalar mustaqilligiga daxldor masalalarni hal etishda birorta yaxshilikka erishish mumkin emasligiga ishonchim komil” - deb javob berdi Prezident Islom Karimov “Di Sit” nemis haftanomasi savollariga. Mazkur suhbat jarayonida milliy najot komitetlari Konstitutsiyaga xilof bo’lsa, demokratik normalarga zid kelsa, ularning hammasini inkor qilishini, shu bilan birga Prezident qonuniy hokimiyatni tan olishini bildirdi.
Prezident Karimov o’sha davrdagi ittifoqdosh respublikalar o’rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar haqida o’zining qarashlarini bayon qildi.
RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Қozog’iston Respublikalari o’rtasida tuzilishi rejalashtirilgan ittifoqni tuzish, respublikalar mustaqilligi hali chinakam haqiqatga aylanmagan o’sha davrda xalqaro huquq qoidalari asosida shartnoma tuzish to’g’risida gapirishga hali erta ekanligi, Federatsiya sub’ektlari mustaqil suveren davlat maqomini olmaganligini ta’kidladi. Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi ittifoq shartnomasiga qo’shilsa, ittifoqqa beriladigan vakolatlarni oldindan kelishish lozimligini bildirdi.
Prezident Islom Karimov Germaniya bilan iqtisodiy masalalar bo’yicha hamkorlik qilishi, qo’shma korxonalar tashkil qilinishi, mahsulot ishlab chiqarish yuzasidan yangi liniyalarni, texonologiyalarni olib kirish zaruratini bildirib, bu boradagi dastlabki qadamlar haqida to’xtaldi.
1991 yil 27 mart kuni Respublika qishloq xo’jaligi xodimlari qurultoyida Islom Karimov “Mustaqillik – eng avvalo xalq birligi va hamjihatligidir” mavzusida ma’ruza qildi.
Dehqonchilik sohasidagi muammolar haqida tanqidiy fikr bildirib, ularning yechimi nimalardan iborat bo’lishi va bu sohada e’tiborga olinishi lozim bo’lgan masalalarni qayd etib o’tdi:

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish