O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi


Ettinchi davr – XVII – XIX asr boshi. O‘zbek xonliklari madaniyati va



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/49
Sana03.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#735143
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
Mansurov U. O`zbekistonning madaniyati va san`ati tarixi

Ettinchi davr – XVII – XIX asr boshi. O‘zbek xonliklari madaniyati va 
san’ati. 
O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixida bu davr barqaror bo‘lgan, ammo 
biron muhim va yorqin yutuq ham ko‘zga tashlanmagan. Movarounnahr 
hududlarida Xiva, Buxoro, Qo‘qon xonliklari yuzaga keladi, lekin ularning san’ati 
oldinga davrlardan yuksaklikka ko‘tarilmagan. Ularning o‘zaro ayrib qolishi badiiy 
jarayonlarning hududiy tangligiga olib keldi. Faqat amaliy san’atgina nisbatan 
barqaror rivojlanadi, an’anaviy uslub va texnologiyalarga asoslangan usta 
hunarmandlar bu davrda sopol, suyak, toshdan noyob buyumlar yaratishadi. 
Buxoro, Xiva, Samarqand, Farg‘ona vodiysi shaharlari va O‘zbekiston janubining 
bozorlariga turmushda keng qo‘llaniladigan xalq hunarmandlarining rango-rang 
mahsulotlari chiqarilgan. Ustalarning buyumlarida Xitoy, Eron va Rossiya badiiy 
an’analari izlarini payqash mumkin. Bu vaqtda badiiy hunarmandchilikning asosiy 
maktablari va markazlari yuzaga keladi, ular o‘z ahamiyatini saqlab, XX asr 
san’atining umummilliy uslubiga asos solgan. 
Sakkizinchi davr – XIX oxiri va XX asr Turkistonning Rossiya davlati 
tomonidan mustamlakaga aylantirilgan va totalitar davlat davri madaniyati 
va san’ati 
XIX asr keyingi asr estetika va san’atini tubdan o‘zgarishiga zamin yaratdi. 
XX asr san’ati umumiy ko‘p asrlik O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixining 
uzviy bo‘g’inlaridan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda bu davr badiiy madaniyati 
oldinga bosqichlar san’atidan keskin farq qiladi. Teatr, rangtasvir, haykaltaroshlik, 
opera va balet, simfonik musiqa va kompozitorlik, kinematografiya va televidenie 
singari san’atning yangi noan’anaviy Evropacha shakllari yuzaga keladi va 


10 
rivojlanadi. O‘tgan asrda O‘zbekistondagi badiiy jarayon murakkab va xilma-xil 
bo‘lib, ichki jo‘shqinlikka, davriy xususiyatlarga boy edi. 
Bir tomondan bu vaqtda shafqatsiz stalincha qatag‘onlar, sotsialistik realizm 
aqidalarining singdirilishida qoralangan siyosatning san’atga keskin salbiy ta’siri 
kuzatiladi. Milliy-tarixiy o‘z-o‘zini anglashning tabiiy ko‘rinishlari bilan kurash 
davom etadi, unga hokimiyat o‘tmishni adovatli ilohiylashtirish deb qaradi. Shu 
bilan birga chindanam mashhur me’morlarimiz, rassomlarimiz, aktyorlarimiz, 
rejissyorlarimiz, bastakorlarimizning daholari yorqin o‘z ifodasini topdi, ular 
nafaqat milliy, balki butunjahon san’ati tarixiga kirdilar. Bu davr ijtimoiy davlat 
xarakteridagi o‘zgarishlar me’morchilik va shaharsozlikda o‘zining eng yorqin 
tajassumini topdi. XIX asr oxirida Turkistonda mustamlaka me’morchiliga deb 
nom olgan uslub tadbiq etiladi, u mintaqa shaharlari qiyofasini shahar 
madaniyatini evropalashtirilishiga asos soldi. XX asrda bu jarayon sovet 
hokimiyatining totalitar tuzumi o‘rnatilishi oqibatida faollashdi-me’morchilikning 
ijtimoiy-funksional va badiiy obraz yo‘nalishi o‘zgaradi. Sanoat-ishlab chiqarish, 
ma’muriy, madaniy-ma’rifiy va turarjoy binolarining yangi namunalari paydo 
bo‘ladi, ularning mafkuraviy konsepsiyasida ijtimoiy tenglik g‘oyasi yotadi, u 
aksar hollarda buzib talqin etilgan va ko‘pincha nursiz me’morchilik namunalari 
yaratilishiga sabab bo‘lgan. Bu davrning ijobiy tajribasidan ham ko‘z yumib 
bo‘lmaydi. 
Sovet imperiyasining mudhish ko‘rinishlariga qaramasdan bu davrda, ya’ni 
1924 yilda respublikamizning tashkil etilishi eng muhim voqea bo‘lgandi, natijada 
O‘zbekistonning hozirga davlat-hududiy tuzilishiga asos solindi. Bu davr 
madaniyati va san’ati tarixiy jihatdan shakllantirilgan, o‘z davlatchiligiga hamda 
asr oxirida o‘zining to‘la mustaqilligiga erishgan o‘zbek millatining estetik 
g‘oyalari va badiiy intilishlarini aks etgiradi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish