О’zbekistonning eng yangi tarixi


Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e'lon qilinishi va uning ahamiyati



Download 0,98 Mb.
bet35/59
Sana20.02.2022
Hajmi0,98 Mb.
#460622
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
Bog'liq
2 5291800386171046476 (0)

3. Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e'lon qilinishi va uning ahamiyati.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o‘zgarib, davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga alohida e'tibor qaratildi. O‘zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan, islom dini ham xalqning dunyoqarashi va ma'naviy olamining mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi I. Karimov, - o‘z millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o‘zligimizni yo‘qotamiz”. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski masjid va madrasalarning ta'mirlanishi, yangilarining barpo etilishi, diniy adabiyotlarning nashr etilishi, musulmonlarning Haj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda vijdon erkinligini ta'minlamoqda. Mustaqillik sharofati bilan mo‘tabar Qur’oni Karim va Hadislarni chop etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Jumladan, 1991-yilda Qur’oni Karim ilk bor o‘zbek tilida Alouddin Mansur tarjimasi vaImom al-Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” – 4 jildlik hadislar to‘plami o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. 1991-yil 14-iyulda O‘zbekiston huquqiy tajribasida birinchi bor “Vijdon er­kinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingach, vijdon er­kinligi, davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar konstitutsion tamoyillar asosida tartibga solindi. 1998-yil 1-may kuni ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Qur'oni Karimning va Hadislar to‘plamining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr etilishi ma'naviy hayotimizda katta voqea bo‘ldi.
Islom ta'limoti va falsafasini keng o‘rganish, o‘zbek xalqining diniy va madaniy merosini chuqur tadqiq etish maqsadida Prezidentimizning 1992-yil 7-martdagi Farmoni bilan islom dini omilidan, uning ma’naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro islom instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba-yoshlar ta’lim olmoqda. 1995-yilda Toshkentda Xalqaro islom tadqiqot markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish instituti maqomi berildi. Diqqatga sazovor tomoni, davlatimiz rahbari tashabbus bilan islom ta’limotini keng o‘rganish, o‘zbek xalqining diniy va tarixiy-madaniy merosini tadqiq etish, yuqori malakali dinshunos va iqtisodchilarni tayyorlash maqsadida 1999-yil 7-aprelda Toshkent islom universiteti tashkil etildi.. Mustaqillik yillarida 32 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo‘ldilar. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi. “Islom nuri” gazetasi va “Hidoyat” jurnali nashr etilmoqda.
Istiqlol sharofati bilan ulug‘ qadamjolardan biri bo‘lmish buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriy hazratlari ziyoratgohi qayta tiklandi. Prezidentimiz qaroriga muvofiq, 1998-yilda Samarqandda hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlari sharafiga yodgorlik majmuasi barpo etildi, 2008-yilda majmua qoshida Imom Buxoriy xalqaro markazi tashkil etildi. Mazkur markazda diniy xodimlarning kasb malakasi oshirilishi bilan bir qatorda, yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar hayoti va ularning boy ilmiy-ma’naviy, diniy merosi chuqur o‘rganilib, xalqimizga yetkazilmoqda, ular merosini nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
2007 yil – Islom konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasasi – AYSESKO (ISESSO) tomonidan Toshkent shahri Islom madaniyatining 2007-yildagi poytaxti deb e’lon qilindi. 2007-yil 14-15-avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishiga bag‘ishlangan “O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilib, unda 30 dan ortiq davlatlardan kelgan olimlar qatnashdi.
Bugungi kunda respublikamizda 17 ta diniy konfessiya ro‘yxatga olingan va rasman faoliyat ko‘rsatmoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi. Shuningdek, 1,7 mingdan ortiq masjidlar, xristian ibodatxonalari va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi. Umuman olganda, turli dinlarga e'tiqod qiluvchilar o‘zaro tinch-totuv yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat: 1) dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish; 2) diniy e'tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining hususiy ishi deb tan olish; 3) diniy qarashlarga amal qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta'qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; 4) dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik; 5) diniy tashkilotlarni hokimiyat uchun kurashiga, siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo‘l qo‘ymaslik; 6) ma'naviy tiklanish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar bilan hamkorlik qilish.
Lekin, shuni ham e'tirof etishimiz kerakki, so‘nggi paytlarda dinimizdan g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanuvchilar paydo bo‘la boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil buzg‘unchi oqimlar, din niqobi ostida o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlovchi kimsalardir. Bizning fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimiz “haqiqiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. O‘zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchi deb hisoblaydigan vahhobiylar, xizbut tahrirchilar, diniy ekstremistik guruhlar xalqimizga mudhish tasavvurlarni qabul qilishni istaydigan terrorchilikni, jangarilikni yoqlashga urinadilar. Ba'zi ekstremistik guruhlarning jinoiy harakatlarini 1999-2004-yillarda Toshkentda, Surxandaryo, Buxoro viloyatlarida ro’y bergan voqealar misolida ko‘rish mumkin. Aqidaparastlarning tinch hayotimizga rahna solishi mumkin bo‘lgan tahdidlarining oldini olish uchun mafkuraviy, madaniy, ma'rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Din siyosat emas, balki imon, e'tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy-axloqiy qadriyatlardan, islom dinida mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona ijodiy foydalanish, turli madaniyatlarnig yonma-yon tinch yashashi, ekstremizm, fundamentalizm xavfining oldini olish uchun respublikamizda zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ma’rifatparvar allomalar Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Mahmud Zamaxshariy, Abu Mansur Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Nasafiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Mahdumi A’zam va boshqa bobokalonlarimizning boy ma’naviy meroslari, ma’rifat va madaniyat ravnaqi borasidagi dunyoqarashi, nazariy qarashlari, jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari hozirda mustaqil O‘zbekistonimizda yashayotgan millat va elat vakillarini ezgu orzular sari yetaklamoqda, xalqlar o‘rtasida birodarlik va hamjihatlik ruhini kuchaytirmoqda. Shu bois, buyuk ma’rifatparvar allomalarimizning ijodiy meroslarini tadqiq etish va hozirgi zamon o‘zbek tiliga ko‘chirish muhum ahamiat kasb etmoqda. Zero, buyuk vatandoshlarimiz bo‘lmish olimu fuzalo va mutafakkirlarning boy madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishni yo‘lga qo‘yish hozirgi jamiyatimiz uchun g‘oyaviy jihatdan yetuk, ilmli, barkamol milliy kadrlarni yetishtirishni ta’minlashga ko‘mak berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Bunga tarixdan ko‘plab misollar topiladi. Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o‘sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Binobarin, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida katta ma’naviy yo‘qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. Eng yomoni, bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd bo‘lgan shaxsga aylantirishga qaratilganida namoyon bo‘lmoqda. Bunday tajovuzkorona harakatlar bizlar uchun mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni, avvalo, beg‘ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan xatarlidir.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish