Tayanch tushunchalar: Ta’lim, milliy model, Ta’lim tо‘g‘risidagi qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, davlat ta’lim standartlari, maktab, maktabgacha ta’lim, kasb-hunvr ta’limi, kollej, texnikum, oliy ta’lim, islohotlar.
Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning о‘rni va roli. “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari. Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar.
Ma’lumki, qadimdan bizning avlod-ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz ilm-ma’rifatni yuksaltirishda, yangiliklar yaratishda tinmay izlanishlar olib borganlar. О‘z davrining xukmdorlari ham ilmi-ma’rifat xomiylari, san’at ixlosmandlari bо‘lib kelishgan. Bunga misol tariqasida X-XI asrlarda yashagan xukmdor Ma’mun ibn Ma’mun tuzgan «Ma’mun akademiyasi» bunga misol bо‘la oladi. Akademiyada yuzdan ortiq olimu-fuzalolar, shoirlar, san’atshunoslar bir qancha yо‘nalishlarda ish olib borishgan. Bulardan Abu Ali ibn Sino, Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Farobiy kabilar ilm-fanga kiritgan yangiliklari, kashfiyotlari barchaga ma’lum va mashhurdir.
Temuriylardan esa Ulug‘bek, Navoiy, Bobur kabilar ilm-fanga yuksak darajada hissa qо‘shganlar. Vaqt о‘tishi natijasida ilm-ma’rifatga salmoqli hissa qо‘shgan Jadidlar harakati Turkiston halqini ilmli, savodli, ma’rifatli qilish yо‘lida, yangi usulni qо‘llash ustida ish olib bordilar. Bulardan, Maxmudxо‘ja Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidov kabi ma’rifatparvarlar edilar.
О‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Sobiq ittifoq davridan qolgan о‘qitish va ta’lim berish uslubini о‘zgartirishga katta e’tibor berildi. Vatanimiz kelajagini yaratuvchi, uning gullab-yashnashiga hissa qо‘shadigan kadrlarga ehtiyoj sezildi. Avvalo, nutqda ta’lim mazmuni, «eski shо‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan butunlay xalos bо‘lmagan»ligi, ayniqsa, ijtimoiy gumanitar yо‘nalishdagi fanlar, estetik yо‘nalish predmetlarini о‘qitish, tarbiyaviy-mafkuraviy faoliyat mazmuni va uning dolzarb muammo ekanligi ta’kidlandi.
Bugungi kunda О‘zbekistonning sanoati, ilm-fan va aholisining turmush darajasi yuksak saviyada taraqqiy etgan buyuk davlatga aylantirishni jadallashtirish masalalarini hal etishga harakat qilinayotgan bir jarayonda ushbu taraqqiyot esa mamlakatimizda tarkib topgan ta’lim tizimini ham isloh etilayotgan rivojlanish masalalari tomon burish, ta’lim tizimining kelajakdagi taraqqiyot yо‘lini tanlab olish vazifasini ilgari surdi.
О‘zbekiston Respublikasi davlam mustaqilligini endigina qо‘lga kiritgan paytlarda kadrlar tayyorlashda amalga oshirilayotgan islohotlar qoniqtirmasdi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XX sessiyasida ta’lim tizimida erishilgan muvaffaqiyat va kamchiliklar obyektiv taxlil qilinib, kadrlar tayyorlash «inqilobiy» islohotga ehtiyoj borligini isbotlab berdi. 1992 yilgi «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonun о‘z vaqtida muhim bо‘lgan bо‘lsada, omma ta’lim tizimini isloh qilishning amaliy chora-tadbirlarini, ta’lim-tarbiya va о‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini, bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksizlikni ta’minlash muammolarini yecha olmadi.
О‘quv rejalarida yoshlar ahloq va odob, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy bilimlar asoslarini о‘rgatadigan fanlarga, xorijiy tillarni о‘rganishga yetarli о‘rin berilmadi. Bu boradagi kamchiliklarni tо‘ldirib, tо‘g‘rilash maqsadida ta’lim tizimida о‘zgarishlar kiritish kun tartibiga qо‘yildi va bunga harakat boshlandi. qolaversa, unda 1997 yil О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning ilk chizmalarini kо‘rish mumkin edi. Ta’lim tizimida Oliy ta’limda fanlar asosida о‘qishga qabul qilish ham adolatli tartibda kechishini ta’minlash uchun test tizimiga о‘tildi.
1993 yilda Oliy ta’lim tizimidagi islohotlarga keng e’tibor berildi. Bu masala О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida alohida yig‘inda taxlil etildi. Oliy о‘quv yurtlarining ahvoli va ularni ishlab chiqarish korxonalari bilan munosabatlari takomillashtirish maqsadida test tizimiga о‘tish zarurligi kun tartibiga qо‘yildi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bо‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |