O'zbekistonni rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi muhokama uchun e'lon qilindi



Download 24,72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.08.2021
Hajmi24,72 Kb.
#149909


O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

O'zbekiston yangiliklari



O'zbekistonni rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi

muhokama uchun e'lon qilindi

"O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish

bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi

Prezident farmoni loyihasi (o'zbek va rus tillarida)

muhokama uchun normativ-huquqiy

aktlar muhokamasi portaliga 

joylashtirildi

.

2017?2021-yillarga mo'ljallangan strategiyadan

ko'zlangan maqsad — olib borilayotgan islohotlar

samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko'tarish,

hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish

bo'yicha eng muhim ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirishdan iborat.

Hujjatda qayd etilishicha, mamlakat bosib o'tgan taraqqiyot yo'lining chuqur tahlili

bugungi kunda jahon bozorida kon'yunktura o'zgarib, raqobat tobora kuchayib

borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatni yanada barqaror va

jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va

tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Strategiya quyidagi beshta ustuvor yo'nalishni o'z ichiga oladi:

demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatimizni modernizatsiya qilishda

parlamentning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi va davlat xizmatining

tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish

borasidagi funksiyalarini qisqartirish, "yagona oyna" tamoyili bo'yicha davlat xizmatlarini

ko'rsatish tizimini keng joriy etish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq

etish va fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish

yo'lida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;

sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli

himoya qilish kafolatlarini ta'minlash, yurtdoshlarimiz tomonidan odil sudlovga erishish

darajasini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish

tizimini takomillashtirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to'laqonli joriy etish, yuridik

yordam va xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta'minlash va

sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga e'tiborni yanada kuchaytirish;

iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirish,

makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish,

yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish,

                               1 / 2



O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

O'zbekiston yangiliklari

moliya-bank sohasini tubdan isloh etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama

himoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol

jalb etish, turizm tarmog'ini samarali rivojlantirish, qishloq xo'jaligida tarkibiy

o'zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va

liberallashtirish;

ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, aholi bandligini

ta'minlash masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon uy-joylar bilan

ta'minlash, uy-joy va kommunal xo'jaligini, sotsial infratuzilma ob'ektlarini modernizatsiya

qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog'liqni saqlash, ilm-fan, ta'lim-tarbiya tizimini,

yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish yo'lida ijtimoiy sohani rivojlantirish;

davlatning mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mintaqamizda xavfsizlik,

barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini vujudga keltirish, jahon hamjamiyatida

mamlakatimizning ijobiy xalqaro nufuzini mustahkamlash yo'lida xavfsizlik, diniy

bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirish hamda chuqur o'ylangan,

o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritish.

Loyihada 2017?2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi

bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Milliy komissiya hamda

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O'zbekistonni rivojlantirishning ustuvor

yo'nalishlarini amalga oshirish bo'yicha komissiyalarni tuzish taklif qilingan.

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, kelgusi besh yilda mamlakatda yillarga

beriladigan nomlardan kelib chiqqan, har bir yil bo'yicha davlat dasturlari qabul qilinishini

nazarda tutgan holda, amalga oshiriladi.



                               2 / 2

Download 24,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish