O‘zbekistonliklar nega qozoq unini ma’qul ko‘rmoqda? Don masalasiga mas’ullar bu yil O‘zbekistonda har yilgidanda ko‘proq g‘alla hosili kutilayotganini aytishadi. Ammo nega o‘zbekistonliklar non va turli pishiriqlar uchun qozoq unini ko‘proq ma’qul


Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida 2-iyul kuni elektr energiyasi vaqtincha to‘xtatiladi



Download 56,3 Kb.
bet12/13
Sana23.07.2022
Hajmi56,3 Kb.
#843100
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
data set

Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida 2-iyul kuni elektr energiyasi vaqtincha to‘xtatiladi


Toshkent shahri Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida 2-iyul kuni elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni hududlardagi “Beshqo‘rg‘on” va “Zenit” podstansiyalarining yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Ushbu ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida Olmazor tumanidagi:

  • 21-sonli oilaviy poliklinika, ATS-248, Ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Teri–dermatovenerologiya dispanseri, maktab, tadbirkorlik subyektlari, xususiy sex;

  • “Ibrohim ota”, “Taraqqiyot”, “Mirpo‘latova”, “Qorasaroy”, “O.Hotamova”, “Hasanboy” mahallalari;

  • Ibragimova, Qorasaroy, Chuqursoy, Shifokorlar shaharchasi, Ohunboboyev mavze va dahalarida joylashgan aholi xonadonlari;

  • 23 ta tadbirkorlik subyektida

Yunusobod tumanidagi:

  • 6, 7, 8 va 9-dahalar, Sh.Kazakbayeva, Xolis, Beruniy, Hamkorobod, X.Rasulova, Hasanboy ko‘chalari;

  • 6 ta tadbirkorlik subyekti;

  • “Shodlik”, “Sh.Kazakbayeva“, “Beruniy”, “Kattasoy”, “Xolis”, “Hamkorobod”, “Ahrorobod” mahallalarida;

  • “Hasanboy” mavzesida hamda “Korzinka” savdo kompleksida elektr energiyasi soat 05:00 dan 08:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

“Ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli tumandagi ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Namanganda 150 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘i talon-toroj qilgani aniqlandi
Namangan viloyatining Karmana tumanida issiqxona qurish maqsadida ajratilgan 150 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘i talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ATB “Mikrokreditbank” Karmana filialining murojaatiga asosan departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, “K.Y.” ishlab chiqarish korxonasi rahbari N.J. va “K.D.” MCHJ mas’ul shaxslari bankdan zamonaviy issiqxona qurish maqsadida ajratilgan 150 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini “K.D.” MCHJ hisob-raqamiga o‘tkazish orqali naqdlashtirib, talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Uydagi oxirgi molni sotib, kompyuter olib bergan dadamga mashina sovg‘a qildim”

“Otam og‘ilxonadagi oxirgi sigirni sotib dasturlashni o‘rganishim uchun kompyuter olib bergan edi, men esa o‘z biznesimni yo‘lga qo‘yib, sigir o‘rniga mashina olib berdim”, deydi 20 yoshli tadbirkor Nilufar Omonova. Kun.uz “Mikrofon – qizlarda” ruknida ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi bilan hayotda o‘z yo‘lini topgan shijoatli qizlar bilan tanishtirishda davom etadi.


Nilufar Omonova – 20 yoshda, Samarqand shahrida IT'ga ixtisoslashgan o‘quv markazi ochgan, parallel ravishda SamDU talabasi. Hali juda yosh bo‘lishiga qaramay allaqachon biznes boshlab, daromad ko‘rayotgan tadbirkor qiz o‘zining ta’limiga rag‘bat bergan ota-onasi uchun yaxshi sharoitlar qilib beryapti. Dadasiga mashina sovg‘a qilgan, Jomboy tumanida qishloq sharoitida yashayotgan oilasini shahardan uy olib, ko‘chirib kelmoqchi.
“Mikrofon – qizlarda” ruknining bu sonida Nilufar Omonovaning dasturlashni o‘rganishi va bu yo‘nalishda o‘z biznesini boshlashigacha bo‘lgan hikoyasini taqdim etamiz.
Qo‘y-mol boqib katta bo‘lganman, o‘shanda birinchi marta pul topganman”
Oilada 3 farzandmiz: men to‘ng‘ichiman. Maktab vaqtlari darsdan so‘ng oilamga yordam bo‘lishi uchun mol boqishga chiqardim. Parallel universitetga kirish uchun mol boqish jarayonida kitob ham o‘qirdim. Bir-ikki marta mollarim dalaga tushib ketganida, men bilan birga mol boqadiganlar “O‘qib kim ham bo‘larding”, deb ustimdan kulishgan. O‘shanda xafa bo‘lib, dadamga boshqa mol boqmayman, deb aytganman.
Dadam esa menga “Agar mollarni boqsang, sut-qatig‘ini sotgan puling o‘zingga bo‘ladi”, degandi. Shundan so‘ng qiziqib, mollarimni daladan to‘ydirib keladigan bo‘ldim. Oldinlari molning sut, qatiq, suzmasini yaqindagi do‘kon, oshxonalarga sotib kelib, pulini onamga berardim. Endi esa o‘zimda qoladigan bo‘ldi. O‘shanda 8-9-sinflarda o‘qirdim, birinchi marta 50 ming so‘mcha birinchi mablag‘imni ishlab topganman. Maktabda eng boy o‘quvchilardan edim. Biror kitob kerak bo‘lsa, qo‘shimcha darslarga o‘zimning pulim bo‘lardi.
Vaqt o‘tib bu yo‘nalishda ham raqobat paydo bo‘ldi. Men sut-qatiq, suzmani sotayotganimni ko‘rgan mahalla qizlari ham men olib boradigan do‘kon, oshxonalarga mahsulotlarini olib bora boshladi. O‘shanda xaridorlarda tanlov yuzaga kelib, menikini olmay qo‘ygan paytlar ham bo‘ldi.
O‘shanda men qanday qilib mahsulotimni sota olishim haqida internetdan ma’lumotlar izlay boshladim. Va hammadan farqli – olib boradigan suzmamni sellofan paket bilan o‘raydigan bo‘ldim va bu foyda berdi. Bu mening marketing bo‘yicha egallagan birinchi bilimim edi.
Talabalikda do‘konda ishladim”O‘qishga kirguncha shu tarzda o‘qib uydagilarga yordam berdim va maktabni bitirib, O‘zbekiston Milliy universitetiga kontrakt asosida o‘qishga kirdim. O‘shanda birinchi marta Toshkentga keldim. Dastlab, moslashishim qiyin bo‘lgan: katta shahar, uydan uzoqlashmaganman.
Lekin yana harakat qilishim kerakligini bilib, dasturlashni o‘rganishga qaror qilganman. Biroq oilaviy sharoit tufayli uydagilardan kurs uchun pul so‘ray olmas edim. Shuning uchun o‘qishga pulni do‘konda sotuvchilik qilib to‘pladim va onlayn tarzda dasturlashni o‘rgandim.

Download 56,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish