O’zbekistondagi xozirgi ekologik vaziyat Jalaquduq tumanining tabiiy geografik tavsifi



Download 0,56 Mb.
bet4/8
Sana06.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#748486
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUNDARIJA - 1

TUMAN AHOLI SONI
(2014 yil 1 yanvar xolatiga)

KFY va Oxunboboev shahri



Yer maydoni (ga).



Xo‘jaliklar soni



Oilalar soni



Jami aholi (kishi)



Shundan:

Erkak

Ayol

Tuman bo‘yicha

36950

31638

38872

171689

86549

85140

Oxunboboev shahar

770

4050

6538

27760

13490

14270

J.Olamushuk ShFY

2757

1190

1714

7338

3525

3813

Yorqishloq QFY

3770

3105

1346

17168

8970

8798

Beshtol QFY

2317

2613

3109

12115

5773

5342

Jalaquduq QFY

2832

2775

3996

15330

8064

7266

Guliston QFY

2188

2470

3030

14521

7390

7131

Abdullabiy QFY

3660

3095

3797

16130

7570

7560

Oyim QFY

4061

4775

5324

23175

10921

10954

Teshiktosh QFY

8769

2672

3102

13988

6747

6241

Qotortol QFY

5826

4484

5916

23269

11999

11270



III BOB JALAQUDUQ TUMANIDA ATROF-MUXITNING
IFLOSLANISH SABABLARI
3.1. Atmosferaning ifloslanishi
Jalaquduq tumani yuqorida ta’kidlanganidek, viloyatning yirik tumanlaridan biri hisoblanadi. Aholisining soni ham salkam 172 ming hafarni tashkil qladi. Aholisining zichligi ham 1 kvadrat kilometr maydonga 422 nafar kishiga to’g’ri keladi. Tumanda bir nechta yirik sanoat korhonalari bilan birga ko’plab o’rta va kichik biznes korxonalari mavjud. Undan tashqari Jalaquduq tumanida 10 mingdan ziyod xususiy yengil avtomashinalar mavjud. Davlat ixtiyoridagi transport vositalarining soni 720 tadan ziyod.
Yoqorida sanab o’tilgan sanoat korxonalari va transport vositalari, yer sharining boshqa yerlarida bo’lgani singari, Jalaquduq tumaning atmosferasiga, atrof-muxitining musaffoligiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatib kelmoqda.
Andijon viloyatida, jumladan, Jalaquduq tumanida respublikamizda bo’lganidek, shunday vaziyat ro’y berdiki, aholi yashash punktlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchilari o’sha xududlarning ekologik xolatini sezilarli yomonlashtirmoqda, ekotizimning barcha komponentlari kimyoviy tarkibining o’zgarishiga sabab bo’lmoqda. Bularning barchasi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekistondagi gigiyena va sog’lomlashtirish bilan shug’ullanadigan olimlarning respublikamizning turli shaharlarida olib borgan tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, atmosfera ifloslanishinig aholining kasallanishi bilan miqdoriy bog’liqlikning borligi aniqlandi. Respublikamizdagi qator shaharlarda, jumladan, Andijon shahrida ham atmosferaning ifloslanishi va shunga mos ravishda aholining kasallanishining nisbatan ko’pligi o’tkir muammolardan hisoblanmoqda. Aholi yashash punktlari atmosfera havosining DSENM xodimlari tomonidan o’tkaziladigan tadqiqotlarining har yillik natijalari shundan dalolat beradiki, shaharlar atmosfera havosinig ifloslanishi aholi salomatligi uchun xavfliligicha qolmoqda. O’rganilgan atmosfera havosining gigiyenik me’yorlarga muvofiq kelmaydigan ulushi Toshkent shahrida, Andijon, Farg’ona, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida respublika bo’yicha o’rtacha ko’rsatgichidan ko’proqni tashkil etdi.
Turli kimyoviy moddalar va changning yuqori konsentrasiyasi inson organizmini himoyalash mexanizmlarining buzilishiga turtki beradi. Bu esa immunitet tanqisligi xolatlarining tarqalishining oshishi, allergiya reaksiyalariga ta’sirchanlik, o’tkir va surunkali kasalliklarning keskin ortishiga sabab bo’ladi.
3.2. Suv xavzalarining ifloslanishi
Insoniyat uchun chuchuk suvning ahamiyati tobora ortib bormoqda va uning dunyo miqyosida tanqis resurslar toifasiga o’tishi kuzatilimoqda. Shubxasis, zamonaviy sharoitda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash respublikada tobora dolzarb tus olmoqda. Ichimlik suvining sifati, uning minerallashuvi, mikrobiologik xolati bo’yicha davlat nazorati o’rnatilgan. Biroq suvning minerallashuvi, umumiy qattiqligi, yani, kimyoviy ko’rsatkichlari bo’yicha davlat standartlaridan chetlanishlar kuzatilmoqda. Mikrobiologik ko’rsatkichlar bo’yicha ham qator viloyatlarda aholini xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlanishi bilab bog’liq xolat jiddiy tashvishlanishga sabab bo’lmoqda.
Jalaquduq tumani Andijon viloyatining shimoliy sharqida joylashgan bo‘lib, viloyatning Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod, Andijon tumanlari bilan hamda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyati tumanlari bilan bilan chegaradosh.
Jalaquduq tumanidan oqib o‘tuvchi soy va daryo hamda kanallar tarkibiga quyidagilar kiradi.
Qoradaryo – uzunligi 22 km bo‘lib suv o‘tkaza olish qobilyati sekundiga 1120 metr kub,
Shahrixonsoy – uzunligi 17 km bo‘lib suv o‘tkaza olish qobilyati sekundiga 240 metr kub,
Andijonsoy – uzunligi 18 km bo‘lib suv o‘tkaza olish qobilyati sekundiga 50 metr kub,
Savay kanali – uzunligi 20 km bo‘lib suv o‘tkaza olish qobilyati sekundiga 30 metr kub,
Akburasoy – uzunligi 16 km bo‘lib suv o‘tkaza olish qobilyati sekundiga 150 metr kubni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda tumanimiz hududidan oqib o‘tuvchi ochiq suv havzalariga yaqin joylashgan sanoat korxonlaridan ALYoRTEKS qo‘shma korxonasining chiqindi suvlarni tozalash (Biologik usulda) inshoati Akburasoy mintaqasi hududiga joylshgan bo‘lib tozalangan suvlarni soyga tashlaydi. ALYoRTEKS qo‘shma korxonasi hozirgi kunda to‘la quvvat bilan ishlamayotganligi sababli soyga tashlanayotgan suv miqdori ham ozayib qolgan.
Shuningdek MIMATAJ qo‘shma korxonasining chiqindi suvlarni tozalash (Biologik usulda) inshoati Qoradaryo mintaqasiga yaqin joylashgan bo‘lib tozalangan suvlarni soyga tashlaydi. MIMATAJ qo‘shma korxonasi hozirgi kunda to‘la quvvat bilan ishlamayotganligi sababli soyga tashlanayotgan suv miqdori ham ozayib qolgan.
Tumanimizdagi tashkilot va korxonalar hamda muassivlarda jami 187 ta yer osti suv quduqlari mavjud bo‘lib, shundan 27 tasi sug‘orish uchun va 22 tasi zax suvlarini qochirish uchun foydalanib kelmoqda. Qolgan yer osti suv hududlari (138 dona) ichimlik uchun [14].
Tuman hududidan oqib o‘tuvchi ochiq suv havzalari o‘rganilib, quyidagilarni ma’lum qiladi. Tuman hududidan asosan quyidagi daryo va ariqlar oqib o‘tadi. Jumladan, qo‘shni O‘sh viloyatining O‘sh shahridan Oq-buyra daryosi oqib kelib, tumanimizning Yorqishloq QFY, Beshtol QFY orqali chiqib ketadi. Oq bo‘yra daryosining tevarak atrofida 10 m, sanitariya mintaqasi tashkil etilgan. Oq-bo‘yra daryosining bo‘yida noqonuniy qurilishlar va axlatxonalar aniqlangan bo‘lmasada, turli chiqindilarni qo‘shni davlatdan oqib o‘tish xolatlari uchramoqda. Oqbo‘yra daryosining bo‘yida joylashgan “Alyorteks” qo’shma korxonasining oqova suv tozalash inshoati monitoring tarzida o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan sanitariya talabnoma berildi.
Shahrixonsoy qo‘shni Qo‘rg‘ontepa tumanidan oqib kelib tumanimizning Guliston QFY hamda Jalaqududq QFY o‘rami orqali oqib o‘tadi. Shahrixonsoy tevarak atrofida 10 m, sanitariya mintaqasi tashkil etilgan. Shahrixonsoy atrofida suvning tumanimiz hududida har xil qattiq va suyuq chiqindilar bilan ifloslanishi xolatlari aniqlanmadi.
Andijon soy suvi qo‘shni Qo‘rg‘ontepa tumanidan oqib kelib tumanimizning Guliston QFY hamda Qotortol QFY o‘rami orqali oqib o‘tadi. Andijon soy tevarak atrofida 10 m sanitariya mintaqasi tashkil etilgan. Andijon soy bo‘yida turli noqonuniy qurilishlar va suyuq chiqindilar bilan ifloslanish xolatlari aniqlanmadi.
Qoradaryo suvi qo‘shni Qo‘rg‘ontepa tumanidan oqib keladi va Oyim, Teshik-tosh QFYlari o‘ramlaridan oqib o‘tadi. Ushbu daryoning atrofida 10m sanitariya mintaqasi tashkil etilgan. Qoradaryo suvining tumanimiz hududida har-xil qattiq va suyuq chiqindilar bilan ifloslanishi holatlari aniqlanmadi.
Yuqoridagi barcha daryolar ikkinchi toifaga kiritilgan. Aholi tomonidan ichimlik suvi sifatida foydalanishga ruxsat berilmagan. Xodimlar tomonidan barcha ochiq suv havzalari qattiq nazorat ostiga olinib, tuman DSENM sanitariya gigiena laboratoriyasiga 4 ta va sanitariya bakteriologiya laboratoriyasiga 41 ta namunalar olindi. Olingan suv namunalari ichida salbiy natijalar aniqlanmadi.
Bundan tashqari viloyat DSENM radiologiya va virusologiya laboratoriyalariga tekshirish uchun namunalar muntazam ravishda olinmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Tumanimizga qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Yorqishloq QFY hududidan oqib o‘tuvchi Oq-bo‘yra soyidan tarmoq oluvchi ariq suvlarida kanalizatsiya chiqindi suvlarini oqib kelish holatlari kuzatilmoqda. Yorqishloq hududiga oqib kelayotgan Oq-bo‘yra soyidan sanitariya gigiena va sanitariya bakteriologiya laboratoriyasiga shu yilning avgust-sentabr oylari davomida jami 98 ta na’muna olingan bo‘lib, bundan 3 ta namuna o‘zining bakteriologik ko‘rsatkichlari, organoleptika ko‘rsatkichlari, ammiak miqdorining me’yoridan yuqoriligi hamda boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida ochiq suv havzalarini muxofazasi bo‘yicha San.QvaM № 0172-04 talabiga to‘g‘ri kelmaganligi aniqlandi. Yorqishloq QFY tasarufidagi joylashgan bir qator vodoprod inshoatlari to‘la quvvat bilan ishlamayotganligi natijasida vodoprod suvining tanqisligi sezilmoqda. Aksariyati aholi vodoprod suvini ma’lum masofadan tashib keltirishga majbur bo‘lmoqda. Qolaversa paxta yig‘im terimi mavsumida qatnashayotgan terimchilarga toza ichimlik suvini yetarli miqdorda tashib berish ishlari tashkil etilmaganligi natijasida ariq suvidan foydalanish xolatlari uchramoqda. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi bo‘yicha chora tadbirlarni hamon bartaraf etilmaganligi, suv ta’minotini jiddiy tarzda buzilishi hozirda virusli gepatit va o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari bo‘yicha tashvishli epidemiologik xolatni vujudga keltirib, kasallikni ommaviy xolda tarqalish xavfini kundan kunga oshib borishiga sabab bo‘lishi extimoldan xoli emas. Viloyat sanitariya bakteriologiya laboratoriyasiga Oq-bo‘yra soyi suvidan bakteriologik tekshiruvlari uchun 6 ta tamponli suv na’munalari yuborildi.
Vodoprovod tarmog‘i yetib bormagan hududlarda yashaydigan aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash maqsadida, mavjud vodoprovod inshoatlarini ta’mirlab ishga tushirish hamda yangi liniyalar tortish ishlari jadal olib borilmoqda.
Viloyatda suvdan foydalanishda Yer usti va yer osti suv manbalaridan foydalaniladi. Yer usti suv manbalariga asosiy suv manbasi Andijon suv omboridan Qoradaryo, Andijon soy, Shahrixon soy, Katta Farg‘ona va Katta Andijon kanali va Janubiy Farg‘ona kanallari orqali tarqatiladi. Ochiq suv havzalarida suvlarni sifatini aniqlash maqsadida Qoradaryo, Andijon soy va Shahrixon soy ochiq suv manbalariga 7 ta suv nazorat postlari o‘rgatilgan. Bu postlardan har bir chorakda viloyat Gidrometriologiya stansiyasi, viloyat DSENM xodimlari va viloyat tabiatni muxofaza qilish qo‘mitasi ANII laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan suv na’munalari olinib muntazam ravishda taxlillar qilib borilmoqda. Yer osti suv manbalaridan foydalanishda. Gidrogeologiya markazining bergan ma’lumotiga ko‘ra viloyat bo‘yicha mavjud jami 3382 ta yer osti suv olish artezian quduqlari mavjud bo‘lib, ulardan 2002 tasi (59.2 %) ishchi xolatda. Foydalanilmayotgan 1380 ta yer osti suv olish quduqlari xizmat muddatlarini o‘taganligi, ishlab chiqarishda suvga bo‘lgan extiyojlari kamligi va ba’zilarida (transformatorlari, nosos agregatlarini yo‘qligi va boshqa sabablarga ko‘ra) foydalanilmay turibdi. Ishga yaroqli yer osti suv olish quduqlaridan kuniga o‘rtacha 1 mln 206.0 ming m3 suv olinmoqda. Shundan xo‘jalik suv ta’minotiga 629.0 ming m3, ishlab chiqarish va texnik suv ta’minotiga 62.6 ming m3, yerlarni sug‘orishga 176.3 ming m3, Yerlarni meliorativ xolatini yaxshilash (zax qochirishga) bo‘yicha 344.82 ming m3 suv olinmoqda [15].
Viloyat jami suvdan foydalanuvchi korxonalardan 36 tasida suvdan aylanma (takroriy) foydalanish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bulardan haqiqiy aylanma suv sarfi sub’ektlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra 16,0 mln m3/yilni tashkil etmoqda. Bu bilan o‘z navbatida 16,0 mln m3/yilga suv tejalib qolinmoqda andijon GGES mutaxassislari tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Viloyatimizda yer osti suvlaridagi sifat ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan.
Viloyatda 25 ta tashkilot va korxonalarda oqova suv tozalash inshootlari mavjud bo‘lib ulardan hozirgi kunda 14 tasi ishlab kelmoqda qolgan 11 ta oqova suv tozalash inshootlari ishalb chiqarish faoliyati to‘xtatilganligi sababli vaqtincha ishlamaydi. Faoliyat ko‘rsatayotgan 14 ta oqova suv tozalash inshootlaridan yiliga 75,0 mln m3/yil oqova suvlar ochiq suv havzalariga tashlanadi. Shundan 42,0 mln m3/yil Andijon, Asaka va Xonobod shahar oqova suv tozalash inshootlaridan hosil bo‘ladi, qolgan 33,0 mln m kub oqova suvlar boshqa korxona tashkilotlarga to‘g‘ri keladi. Suv ob’ektlariga oqindi suvlarni oqizishga suv ob’ekti tarkibidagi ifloslanuvchi moddalarni belgilab qo‘yilgan me’yorlardan ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va belgilangan darajada tozalab tashlash talab etilmoqda. Lekin, Andijon shahridagi oqova suv tozalash inshoatining texnologiyalari xizmat muddatini o‘tab bo‘lganligi sababli kelayotgan oqova suvlarni 20-30% ni tozalash quvvatiga ega, xolos. Buning natijasida tashlanayotgan oqova suvlar Oltinko‘l tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoga to‘liq tozalanmay tashlanmoqda. Bu bilan Qoradaryo suvining ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.
Xonobod shahar oqova suv tozalash inshoati esa bugungi kundagi xolati ancha achinarli xolatda. Sababi shahar kommunal kanalizatsiya tarmog‘iga tashlanayotgan oqova suvlar tozalash inshoatiga kelib tushadi. Lekin tozalash inshoati umuman ishdan chiqqan. Ushbu tozalash inshoatiga kelayotgan oqova suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq suv havzalariga tashlanishini va ochiq suv havzalarini ifloslanishini bartaraf etish uchun Andijon kabel qo‘shma korxonasi tasarrufidagi oqova suv tozalash inshoatiga ulash zarurdir.
Yuqoridagi oqova suv tozalash inshoatidan chiqayotgan oqova suvlarni monitoringini olib borish maqsadda MIZ dasturiga asosan viloyat tabiatni muxofaza qilish qo‘mitasining ANII laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan muntazam ravishda kimyoviy taxlillar olib borilmoqda. Taxlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki Viloyatimizdan oqib o‘tuvchi Qoradaryo suvi tarkibidagi ifloslantiruvchi ingredientlar miqdori ya’ni Nitratlar -2,5: sulfatlar-3,0; XPK -1,5; BPK-2,0 barobariga ortganligi kuzatilmoqda. Bu esa Qoradaryo suvini ifloslanishiga sabab bo‘lib, suv iste’molchilari o‘rtasida o‘tkir yuqumli kasalliklar kelib chiqishiga, ochiq suv havzasidagi biologik organizmlarning yo‘qolib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish